O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/117
Sana13.06.2022
Hajmi4,57 Mb.
#660873
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   117
Bog'liq
fayl 1539 20210820

 
6.1 rasm. 
25 avtomobilga mo‘ljallangan garajning rejasi va asosiy 
jihozlari: 
1- Saqlash chegarasi; 2 – avtomobil agregatlarini tashish aravachasi; 3 – 
gaykaburagich; 4 - Ko‘char yuvish vannasi; 5 – ОРГ-1468-01-060А chilangarlik 
verstagi; 6 - ОКС-1671М gidravlik press; 7 – friksion qo‘yilmalarni, tormoz 
qo‘yilmalarini va ilashish mufti disklarini preslash pnevmatik presi; 8 – 2M112 stolga 
o‘rnatiladigan parmalash dastgohi; 9 – 3Б634 jilvirlab-shilish dastgohi; 10 – 
avtomobillarning kamerasini tekshirish vannasi; 11 – kameralarni ta’mirlash apparati; 
12 - ОПР-689 avtomobillarning orqa va oldi ko‘priklarini echish va yig‘ish stendi; 13 
– Shinalarni ta’mirlash chilangarlik stendi; 14 - Ш-515 yuk avtomobillarining 
shinalarini echish stendi; 15 - ОПР-989 dvigatellarni yig‘ish universal stendi; 16 - 
ko‘char ko‘tarish qurilmasi; 17 – garaj gidravlik domkrati; 18 – 3161 transmissiya 


206 
agregatlariga moy quyish qurilmasi; 19 – osma kran; 20 – karburatorlarni ta’mirlash 
verstagi; 21 – chilangarlik verstagi; 22 – akkumuliyatorshik verstagi; 23 – 
akkumliyatorlarni zariyadlash shkafi; 24 – disteliyator; 25 – qishloq xo‘jaligi 
mashinalarini yuvish mashinasi; 26 – compressor; 27 - ВСА-5М akkumuliyatorlarni 
zariyatlagich; I – TXK bo‘limi; II-mashinalarni tashqi yuzasini yuvish bo‘limi; III- 
hojathona; IV – omborxona; V – nozimxona; VI – ta’minot va elektrajihozlarga TXK 
bo‘limi; VII – akkumuliyator batareyalarini zariyadkalash va TXK bo‘limi; VIII – 
compressor xonasi; IX – avtomobillarni berk saqlash maydoni. 
Yol harakati xafsizligi, ovqatlanish honasi, kiyim almashtirish va 
yuvinish honalari odatda ikkinchi qavatda rejalashtiriladi. 
Xizmat ko‘rsatish hdudi bilan garaj qurilishi, MTU da bajariladigan 
JT ishlarining turlari ma’lum bo‘lganidan so‘ng bajarish kerak. Chunki bu 
ko‘rsatkich garajning texnologik va ishlab chiqarim imkoniyatlarini 
belgilab beradi: avtomobillarga JT bajarish uchun maxsus postlari va 
jihozlarining zarur emasligi: TXK va JT bo‘limlarini to‘liq 
jihozlanmasligi; payvandlash, tunkachilik, duradigorlik va boshqa ishlarni 
texnologik bajarishni MTP va MTU larga rejalashtiriladi. 
MTU traktor, kombayin va boshqa qishloq xo‘jaligi mashinalariga 
xizmat ko‘rsatish bilan birga avtoxo‘jalik mashinalari uchun ta’mirlash va 
xizmat ko‘rsatish ishlari bajariladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining MTP 
larida TXK va T ishlarini bajarishning hsusiyatlarini hisobga olgan holda, 
avtomobillarga TXK va T hdudlari MTU bilan bir binoda qurish tafsiya 
etiladi. Bunday kompleks bazalarni qurish 30…40 % qurilish manbalarini 
tejashga, tejalgan mablag‘ga texnologik jihozlarni sotib olishga, ishlab 
chiqarish 
binolarini 
samarali 
ishlatishga, 
mashinalarni 
ishlatish 
jarayonlarini tashkil qilish va boshqarishni rivojlantirishga yordam beradi. 
MTU larida avtomobillarga TXK va JT ishlarini bajarish uchun, 
traktor va kombayinlarga huddi shunday ishlarni bajaruvchi bo‘limlardan 
ajralgan bo‘limlar tashkil qilinadi, ular nazorat kanallari yoki domkratlar 
va kerakli texnologik jihozlar bilan jihozlanadi. Avtomobillardan, 
traktorlardan va kombayinlardan echib olingan agregatlarga, qismlarga, 
priborlarga va jihozlarga JT maxsus, barcha mashinalarga mo‘ljallangan 
bo‘limlarda amalga oshiriladi.
Avtoxo‘jalikni umumiy va ma’lum binolarini rejalashda, ularni bir-
biri bilan texnologik bog‘liqligi hisobga olinadi va barcha bo‘limlarni 
texnologik bog‘lanish imkoniyati yaratiladi. Agarda biron bino asosiy 
binodan tashqarida qurilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, u holda ham ishlab 
chiqarish aloqalari, bir turdagi bajariladigan ishlar hisobga olinib, bu 


207 
ko‘rsatkichlar qurilishda, sanitariya normalarida va yong‘in xafsizligini 
taminlashda hisobga olinadi.
Odatda, 1-TXK, 2-TXK va 3-TXK postlari bir binoda joylashadi. 
Bunday holatlarda 1-TXK va 2-TXK ishlarini bir ish joyida, faqatgina 
boshqa ish vaqtlarida (smenalarda) bajarish tafsiya etiladi, chunki bu ish 
o‘rinlarini qisqartirish va jihozlardan to‘laroq foydalanish imkonini beradi. 
Avtomobillarga TXK va JT ishlarini bajarish hdudlari yonma-yon 
joylashtiriladi. 
Agarda avtoxo‘jaliklarda xizmat ko‘rsatish hdudlari boshqa binoga 
joylashtirilishi zarur bo‘lsa, unday holda imkon boricha qisqa aloqa 
yo‘llari rejalashtirilishi kerak, bu qism, agregat va ishlatiladigan 
materiallarni bo‘limlar oralig‘ida etkazib berish jarayonini tezlashtirishga 
yordam beradi. 
Avtomobillarga TXK va T postlari nazorat chuqurlari, domkratlar, 
estakadaalar va yarim estakadalar bilan jihozlanadi. 
Har bir post loyihalanayotganida, avtomobilning tuzilishi va ishlatish 
sharoiti, o‘lchamlari va avtoxo‘jalikda joylashish va sh.o‘x. ko‘rsatkichlar 
hisobga olinadi. 
Barch TXK va JT postlarida avtomobillarning g‘ildiraklari osilgan 
holda bo‘lishi; bir postga turli rusumdagi avtomobillarni qo‘yish 
imkoniyati; bir vaqtning o‘zida yuqoridan va ostidan yig‘ish, echish 
ishlarini, ishchiga noqulaylik yaratmasdan bajarish imkoniyati berilishi 
lozim; ish unumdorligi yuqori bo‘lishi; avtomobil mustaxkam turishi; 
ishlashda xafsizlik taminlanganligi, bir ish joyida bir qancha turdagi 
ishlarni bajarish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak. 
Nazorat ariqlari
turli rusumdagi avtomobillarga, avto pritseplarga 
TXK va T ishlarini bajarish, avtomobillarning ostidan, yonidan va ustida 
ishlarni bajarish imkonini beradi, postga qiyinchiliksiz avtomobilni 
qo‘yish va chiqarib olish imkoni mavjud; bunday nazorat ariqlari 
yordamida, tinimsiz mashinalarni bir tomondan kiritib, xizmat ko‘rsatib, 
ikkinchi tomondan chiqarib olish imkoni mavjud bo‘ladi. Bunday ariqlarni 
kichik xo‘jaliklarda ham tayyorlash imkoniyati mavjuddir. Lekin 
avtomobilning ostida harakat chegaralangan, qismlar g‘ldiraklarga juda 
yaqin joylashganligi sababli, xizmat ko‘rsatishda noqulaylik yuzaga 
keladi, yaxshi yoritilmaydi va sizot suvlarini siljib o‘tish imkoni yuqori. 
Ko‘targichlar
avtomobillarni 1300…1500 mm balandlikka ko‘tarish 
imkonini beradi, qism va detallarga har tomondan yondoshish imkoni 
mavjud, avtomobilning ostidan bemalol bo‘yash ishlarini ham bajarsa 


208 
bo‘ladi, katta maydonni band etmaydi, o‘rnatish ancha qulay. Lekin 
ko‘targichga ornatilgan avtomobilning yuqori, yon qismlarida hech qanday 
ishlarni bajarib bo‘lmaydi, o‘rnatish uchun honaning balandligini ancha 
oshirish talab etiladi, pritsepli avtmobillarga xizmat ko‘rsatish imkoni 
yo‘q. 
Estakada va yarimestakadalar tuzilishi bo‘yicha ancha oddiy va 
tannarxi yuqori emas, lekin katta maydonni band etadi, ayniqsa 
pritseplarga xizmat ko‘rsatadigan bo‘lsa. 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish