O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev


Asboblar yordamida. Ushbu usulda mashinalarni diagnostikalab



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/117
Sana13.06.2022
Hajmi4,57 Mb.
#660873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   117
Bog'liq
fayl 1539 20210820

Asboblar yordamida. Ushbu usulda mashinalarni diagnostikalab 
texnik ko
ʻrsatkichlarni aniqlash maxsus texnik diagnostikalash asboblari 
yordamida oʻlchash ishlari olib borilib bajariladi.
Asboblar usulida diagnostikalashning fizikaviy prinsiplari va ishlash 
jarayoni boʻyicha; energetic, pnevmogidravlik, issiqlik, vibroakustik, 
spektografik, optic va shularga oʻxshash usullarga boʻlinishi mumkin.
Har bir usul yordamida ma’lum fizikaviy jarayonning koʻrsatkichlari 
aniqlanadi. Fizikaviy jarayoni qoʻllab diagnostikalash natijasida ob’ekt 
toʻgʻrisida toʻlaroq ma’lumot olshga imkoniyat yaratiladi. Ma’lum vaqt 
mobaynida ob’ektda roʻy berayotgan fizikaviy kattaliklardagi oʻzgarishlar 
kuzatilinadi; ular e n e r g e t i k yondoshish asosida – kuch, quvvat 
singari fizikaviy kattaliklar; p n e v m o g i d r a v l i k da – bosim; i s s i q 
l i k da – harorat; v i b r o a k u s t i k da – ma’lum chastotalardagi 
tebranish ampletudalari va boshqalar aniqlanadi. 
Aniqlanadigan oʻlchamlarning hsusiyatlariga koʻra koʻrsatkichlar 
toʻgʻridan-toʻgʻri asboblar yordamida oʻlchab yoki yoʻldosh koʻrsatkichlar 
boʻyicha diagnostikalab aniqlanishi mumkin. 
Asboblar yordamida diagnostikalashda mashinaning tuzilishidagi 
nosozliklar 
toʻgʻridan-toʻgʻri
oʻlchanib: podshipnikdagi tirqishlar, tasmali 
va zanjirli uzatmalardagi salqib qolish va detalning oʻlchamlarini 
oʻzgarishi va shularga oʻxshash koʻrsatkichlar aniqlanadi.


12 
Yoʻldosh koʻrsatkichlarni
diagnostikalashda mashina agregatlarining 
texnik holati diagnostikalanib (yoʻldosh) koʻrsatkichlar boʻyicha nazorat 
olib boriladi. Yoʻldosh koʻrsatkichlar fizikaviy, mexanizm, tizim va 
agregatlar, bosimni oʻzgarishini, harorat, tizimdagi harorat oʻzgarishi, gaz, 
yonilgʻi – moylash materiallarining sarfi, mashina qismlarining silkinish 
darajasi, dvigatel oʻt oldirilganidan soʻng tezlanishi va boshqalarni 
aniqlashga asoslangan.
Kinematik 
usul
diagnostikalanayotgan 
detallarning 
holatini 
oʻzgarishi, ularning nisbiy joylashishi, detallarning mikrogeometriyasini 
oʻrganib diagnostikalashga asoslangan. Bu usulda brikmalardagi 
tirqishlarni, kinematic zanjirlardagi tirqishlarning umumiy yigʻindisi, 
mexanizmdagi vallarning radial, yon tomon yoki burchakli surilishi, 
oʻqdoshligi va paralelligi nazorat qilinib diagnostikalanadi. 
Kinematik usul yordamida podshipnikli uzatmalarining tirqishlari, 
tishli va shlitsali brikmalarni, ichki yonuv dvigatellarning gaz taqsimlash 
mexanizmi, krivoship-shatun mexanizmi, rul boshqaruvi, ilashish muftasi 
va tormoz tizimi detallarini, zanjir uzatmalarini va shularga oʻxshash 
mexanizmlarni nazorat qilish mumkin. Bunday nazoratlar ishlamayotgan 
ob’ektlarda va mashinalarni qismlarga ajratmasdan amalga oshiriladi. Bu 
usul ancha soda boʻlib, amalga oshirish qulaydir. 
Mexanizmning kinematic zanjiridagi umumiy tirqishi ishlash 
muddatiga qarab moslashish, normal va jadal (avariyali) eyilish turlariga 
boʻlinishi mumkin. Umumiy tirqishning oʻlchamlari mexanizmning barcha 
nazorat qilinayotgan kinematic tizim brikmalarining eyilganlik holatiga 
bogʻliq boʻladi va umumiy diagnostikalash turkumiga kiradi.
Kinematik usulni texnik joriy qilish murakkab emas. Odatda keng 
qoʻllaniladigan chiziqli va burchakli oʻlchash asboblari (soat simon 
indikatorlar, burchak oʻlchagichlar, schuplar) qoʻllaniladi. Olinayotgan 
ma’lumotlarni yuqori aniqligini taminlash maqsadida, oʻlchash asboblari 
asosga (qoʻzgʻalmas) oʻrnatiladi, koʻp holatda mexanizm korpusiga.
Oʻlchash ishlari amalga oshirilayotganda qoʻaluvchi detallar 
(masalan, val) kuch ta’sirida harakatlanganda, bu kuch uning 
deformatsiyalanishiga sabab boʻlmasligi kerak. Oʻlchashlar (bir necha 
marotaba) qaytarilganida, detalga ta’sir koʻrsatilayotgan kuchning qiymati 
bir hil boʻlishi lozim.
Kinematik usul bilan detallarning nuqsonlarini baholash, ya’ni 
eyilish va deformatsiyalanish, brikmalarni yigʻish va oʻrnatishdagi 
noaniqliklarni yuzaga kelishiga sababchi boʻladigan koʻrsatkichlarni 


13 
aniqlashga qoʻllaniladi. Bunday nosozliklar asosan mexanik brikmalarda 
koʻp uchraydi. Shu sababli kinematic usul mexanik brikmalarni 
diagnostikalashda asosiy usullardan biri hisoblanadi.
Bu usulni texnik qoʻllash ancha qulay. Lekin diagnostikalanayotgan 
koʻrsatkichlarning ruxsat etilgan va chegaraviy qiymatlarni asoslash, 
masalan, kinematic tizim tarkibidagi detalning umumiy eyilganlik 
miqdorini, ba’zi brikmalarning eyilish tezligiga bogʻliq boʻlib, ishlash 
sharoitiga qarab turlicha boʻlishi mumkin. Bularni aniqlash uchun 
brikmalarning oʻzgarishi va uning qonuniyatlari toʻgʻrisida imkon 
beruvchi statistic ma’lumotlar toʻplash talab etiladi.
Vibroakustik usulda
diagnostikalash mexanizm va uning detallarini 
ishlashi davomida oʻz oro urilishi natijasida undan tarqalayotgan elastic 
tebranish toʻlqinlarini aniqlash natijasida amalga oshiriladi. Elastik 
tebranish – tuzilishdagi shovqin boʻlib, havoda tarqaladigan shovqinga 
nisbatan asosan mexanizmning korpusida tarqaladi. Diagnostikalashda ular 
datchiklar yordamida aniqlanadi, mexanik tebranishlar elaktr toʻlqinlar 
(signallar) koʻrinishida namoyon boʻladi. Odatda bunday hodisa, 
pezoelektrik tezlanishlar deb nomlanadi. Bularni aniqlaydigan datchiklar 
mexanizm korpusiga oʻrnatiladi.
Urilish ampletudasi, va urilish natijasida hosil boʻlgan tebranish 
impulslar ampletudasi, oʻz oro urilayotgan brikmalar oraligʻidagi tirqish 
oʻlchamlariga bogʻliq boʻladi. Tirqish ortishi urilish tezligi va momentini 
ortishiga sabab boʻladi. Habar (signal) larning kattaligi, yuzaga kelish 
momenti (fazasi) va chastotasi yoʻldosh yondashuv tirqishining oʻ 
aniqlaydi, ya’ni diagnostikalash diagnostikalash koʻrsatkichi sifatida, 
datchiklar tomonidan aniqlangan tebranishlarning fazali-ampletuda 
koʻrsatkichlaridan 
foydalaniladi. 
Elektro 
habarlarga 
(signallarga) 
kuchaytiruvchi, oʻlchash va taxlil qiluvchi qurilmalar yordamida ishlov 
beriladi, hamda taxlil qilinadi.
Ushbu usul ancha hammabop (universal) boʻlib, turli urilishlar sodir 
boʻladigan mexanizm va brikma detallarining (dumalash va sirpanish 
podshipniklari, tishli uzatmalar, shlitsali brikmalar, krivoship-podshipnik 
mexanizmi, kulachokli mexanizmlar, dizellarning forsunkalari va 
boshqalar) diagnostikalashda qoʻllash mumkin. 
Lekin, har bir urilish umumiy holatda tebranishni kelib chiqishiga 
sabab boʻladi, shu sababli amalda barcha mexanizmlardan bir vaqtda 
bunday 
habarlar 
tarqala 
boshlaydi. 
Shu 
sababli 
vibroakustik 
diagnostikalashda 
tarqalayotgan 
tebranish 
qaysi 
manbadan 


14 
tarqalayotganini aniqlash bir qancha murakkabliklar yuzaga kelishiga 
sababchi boʻladi. Odatda tarqalayotgan tebranishlarni aniqlashda, ya’ni 
habarlarni ajratishda: chastotalar, vaqtinchalik va ampletudalar boʻyicha 
izlanishlar olib boriladi. 
Aniqlashning koʻpgina usullarida mexanik kattaliklar elektr 
qiymatlarga, electron qurilmalar va priborlar yordamida aylantiriladi. 
Mashinalarni ishlatishda, TXK va ta’mirlash jarayonida diagnostikalash 
oʻziga yarasha xsusiyatlarga egadir. Mashinalarni ishlatish jarayonida 
agregatlarda roʻy berayotgan oʻzgarishlar unga oʻrnatilgan priborlar 
yordamida kerakli ma’lumotlar (masalan, moylash tizimidagi moyning 
bosimi, sovitish tizimidagi suyuqlik harorati) aniqlanadi. 
Insonning sezish organlari
yordamida aniqlanadigan boshqa 
koʻrsatkichlar: birinchi navbatda taqillashlar, shovqin, mashina va 
mexanizmlardan tarqalayotgan boshqa tovushlar, dvigatelning quvvati, ish 
unumdorligi, dvigatelni ishga tushirishdagi muammolar, chiqib ketayotgan 
gazning rangini oʻzgarishi va boshqa shularga oʻxshash koʻrsatkichlar 
aniqlanadi. 
Pnevmatik usullar 
turli berk boʻlgan idish-hajmlarni: yonilgʻi 
baklarini, radiator oʻzaklarini, quvurlarning ulanish yuzalarini, ichki yonuv 
dvigatellarining yonish kameralari va silindrporshen gruhi detallarini, 
transmissiya 
va 
yurish 
qismi 
qurilmalarini 
toʻliq 
berkligini 
diagnostikalashga qaratilgan.
Pnevmatik usullar ancha soda va qoʻllashga qulay boʻlib, murakkab 
boʻlmagan texnik vositalar (manometer, vakkummetr, differensial 
manometrlar, pnevmatik va pnevmovakkumli kalibrlar, germetik 
indikatorlar) yordamida amalga oshiriladi.
Bu usulda diagnostikalashning quydagi koʻrsatkichlari aniqlanadi: 
ruxsat etilgan vaqt mobaynida havo bosimining oʻzgarishi; nisbiy zichlik 
(%); absalyut zichlik (oʻtish yoʻlaklaridagi har mm
2
ga tushayotgan kuch).


15 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish