107
4-bob. ZAMONAVIY MASHINALARGA TEXNIK XIZMAT
KO‘RSATISH VA DIAGNOSTIKALASH
4.1. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinalarini jixozlash va ularni
O‘ZBEKISTON sharoitida ishlatish hsusiyatlari
Qishloq xo‘jaligi sanoatini zamonaviy texnika bilan jixozlash.
O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligini texnik jixozlash horijiy
davlatlarning John Deere, Case, New Holland, Class, Same-Deutz
firmalari ishlab chiqarilayotgan
texnikalar tashkil topib, ularning hissasi
deyarli 70% dan yuqorilab ketdi. Bu mashinalar tarkibiga horijiy
kombayinlar, traktorlar va bir qancha qishloq xo‘jaligi mashinalar kiradi.
Hozirgi kunda horijiy davlatlarning turli firmalari tomonidan tafsiya
etilayotgan traktorlarning rusmi deyarli 720 hildan orti, ularning quvvati
12…330 kVt ni tashkil etadi. Ularning ko‘p qismini 38…75 kVt – 53,5 %,
quvvatlari 76…110 kVt – 18,6% tashkil etadi. Horijiy traktorlarda
zamonaviy konstruksiyalar to‘liq jamlangan bo‘lib,
ularni mobil energa
manbalari sifatida qo‘llash imkoniyatlari mavjuddir. Bunday horijiy
traktorlarning ananaviy traktorlardan farqi shundan iboratki, 1,4 va 3,0
tonna tortish kuchiga ega traktorlar blokli konstruksion sxemadan voz
kechilgan, yarim ramalar orqa ko‘prikka ulangan, dvigatel elastic
tayanchlarga o‘rnatilgan, uzatmalar qutisi orqa ko‘prik bilan briktirilgan.
Traktorlarning bunday sxemasi kelgusida traktorni takkomillashtirishga
yuqori
imkoniyatlar yaratadi, takomillashtirish kuch qurilmalari va
uzatmalar qutisini modernizatsiya qilish bilan erishish imkonini beradi.
Bundan tashqari dvigatel va uzatmalar qutisini ta’mirlashda mexnat sarfini
kamayishiga yordam beradi. Huddi shunday konstruksiya traktorning
foydali vertical yuklanishini osishiga, hsusan John Deere firmasining 6300
(66 kVt) seriyadagi traktorining quvvati 63,5% dan yuqori bo‘lishi
mumkin, huddi shunday 2850 (67 kVt) seriyali traktorda esa bu
ko‘rsatkich ancha pastdir.
Bunday bir necha traktorlar kata diapazondagi ishchi va transport
tezliklariga ega, dvigatelga o‘rnatilgan elektron boshqaruv tizimi optimal
sharoit yaratishi yuklanish vaqtida qo‘shilishga imkon beradi.
Yuqorida keltirilgan har bir firma bir-necha
turdagi kombayinlarni
ishlab chiqaradi, ular bir-biridan maydalash-separator qurilmasi bilan,
dvigatelning quvvati, jatkaning kengligi, boshqa ko‘rsatkichlar va
yig‘iladigan donli ekinlarning turlari va hosildorligi (30…120 sent./ga)
108
bilan farqlanadi. Jami 150 dan ortiq rusumdagi kombayin turlari ishlab
chiqariladi. Ularning quvvati bo‘yicha nisbati quyidagicha: 125 kVt – 20
%; 126…184 kVt – 38 %; 185…214 kVt – 20 % tashkil etadi. Kombayin
dvigatellarini quvvatini oshirish, bunkerning hajmini (10 m
3
va
undan
ko‘p) kattalashtirish va bunkerni bo‘shatish tezligini (0,1 m
3
/s) oshirish
rejalari tuzilmoqda. O‘zbekistonda ishlatilayotgan horijiy don o‘rish
kombayinlarining quvvati 125…200 kVt ni tashkil qiladi, lekin
O‘zbekiston sharoitida etishtirilayotgan don mahsulotlarining hosildorligi
rivojlangan boshqa (Evropa va AQSH) davlatlarga nisbatan ancha past
bo‘lganligi sababli, bu ko‘rsatkich o‘zini oqlamaydi.
XXI asr boshida O‘zbekiston Respublikasiga
bir qancha horijiy
qishloq xo‘jaligi mashinalarini olib kelish bilan birgalikda, O‘zbekiston
hdudida qishloq xo‘jaligini ishlab chiqaruvchi horojiy firmalar bilan
birgalikda qo‘shma korxonalar tashkil qilindiki, ular ishtirokida
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining qayta jihozlash ishlari jadal suratlar
bilan amalga oshirilmoqda.
Amaldagi barcha mashinalarning modellari
electron boshqarish
tizimi bilan jihozlangan. Elektron boshqarish tizimi yordamida - dvigatel,
transmissiya, ishchi organlar, mashinani o‘ziga o‘rnatilgan diagnostikalash
va bajarilayotgan ishlarning sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tizimlari
bilan jixozlangan. Hatto John Deere firmasining yangi traktorlariga
sputniklar yordamida nazorat qilish tizimlari ham o‘rnatilmoqda, bu tizim
yordamida ishlov berilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinining turiga qarab
bajarilayotgan texnologik opertsiyaning sifat ko‘rsatkichlari nazorat
qilinishi mumkin.
O‘zbekistonning barcha hududlari zamonaviy qishloq xo‘jaligi
mashinalari bilan taminlangan. Qishloq xo‘jaligi
mashinalarining turlari
juda ko‘p bo‘lsada, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining etishtirish turlari
bo‘yicha ularga ishlov beradigan mashinalar ham jamlanadi. Ularning
turlari ham juda ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: