D-1 diagnostikalash
mexanizm va tizimlardagi nosozligini aniqlash,
avtomobillarning xafsizligini taminlashni aniqlashga mo‘ljallangan (2-
ilova), bundan tashqari buzilish extimoli kam bo‘lgan brikmalarni sozlash
imkoniyatlari aniqlashga mo‘ljallangan. Bu tadbirlar ko‘rsatilgan
elementlar bo‘yicha bajarilgan ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish ishlarining
sifati, murakkab bo‘lmagan sozlash ishlarini zamonaviy diagnostikalash
vositalarini va avtomobillarni saralab, harakatlanish xafsizligi yuqori
bo‘lmagan mashinalar tekshiriladi.
D-1 diagnostikalashni rejaviy bajarilganda tormozning sozligi, rul
boshqaruvi, shinalar, tashqi yoritish va habarchi qurilmalar, hamda oldingi
g‘ildiraklarning o‘rnatilganligi tekshiriladi. Agarda D-1 diagnostikasini
bajarish natijasida avtomobilni yo‘lga chiqish imkoni bo‘lmasa va sozlash
imkonlari D-1 postlarida bo‘lmasa, bunday hollarda avtomobil navbatdagi
tekshiruvga yuboriladi.
Avtomobillarni D-1 diagnostikalash tez harakatlanuvchan vositalar
yordamida, harakatn xafsizligini ta’minlovchi vositalar (2.14-rasm)
yordamida bajarilishi mumkin. Ularni qishloq xo‘jaligi korhonalarining
avtoxo‘jaliklarida, markaziy TXK shaxobchalarida, D-1 bajarish uchun
etarli darajada ish hajmi mavjud bo‘lsa, ishlatiladigan jihozlarni samarali
qo‘llash imkoni mavjud bo‘lsa qo‘llaniladi.
84
2.14-rasm. Avtomobillarni D-1 diagnostikalash jihozlari:
а
- CTC-10 tormozlarni diagnostikalash stendi;
б
- “Эффект-02“ tormozni diagnostikalash
qurilmasi;
в
- ОП tashqi yoritish qurilmalarini tekshirish qirilmasi;
г
- ИСЛ-М rul boshqaruv
tizimining tirqishini (luftini) tekshirish qurilmasi
Rejalashtirilgan D-1 diagnostikalashni bajarish, odatda navbatdagi 1-
TXK bilan amalga oshiriladi. Bundan maqsad har tomonlama sozlangan va
xarakatlanish uchun xafsiz bo‘lgan avtomobilni ishga chiqishi uchun
tayyorlaydi. Avtomobillarda D-1 diagnostikasi texnik-nazorat punktlarida
va joriy ta’mirlash ishlari bajarilganidan so‘ng, xafsiz xarakatlanishni
taminlash bilan amalga oshiriladi.
D-2 diagnostikalash avtomobillarning umumiy texnik holatini,
hamda aniq nosozliklarni, nosozlik joyi, hsusiyatlari, sabablari va ularni
turli diagnostikalash stendlari va qurilmari (2.15, 2.16 – rasm) yordamida
aniqlash va bartaraf etishga mo‘ljallangan.
85
2.15-rasm. Avtomobillarni D-2 diagnostikalashda qo‘llaniladigan stendlar:
а –
КИ-4856
tortish ko‘rsatkichlarini aniqlovchi stend
; б-
ДД-10-01 yuqori bosimli yonilg‘I
nasoslarini tekshirish stendi
; в –
К -465М rul boshqaruv tizimining gidravlik tizimini tekshirish
stendi
; г –
Э-242 – Elektra jixozlarni tekshirish va sinash stendi
; д –
БМ-200 - g‘ildiraklarni
balansirovkalovchi stend
; е –
СКО-1М g‘ildiraklarning o‘rnatish burchagini tekshirish va sozlash
optik stendi
86
2.16 – rasm. Avtomobillarni D-2 diagnostikalashda qo‘llaniladigan
qurilmalar:
а –
КАД-400 avtodiagnostikalash komplekti;
б-
АДТ -1 dvigatellarni texnik holatini nazorat
qiluvchi avtodizel-testor;
в –
МЗ-2 motor- testor;
г –
МТ – 5 motor-testor;
д -
ППК
karbyuratorlarni tekshirish qurilmasi;
е –
М–106Э dizel forsunkalarini tekshirish va sinash
qurilmasi;
ж
– Э203-О o‘t oldirish shamlarini tozalash qurilmasi va Э-203-П o‘t oldirish uchqunli
shamlarini tekshirish qurilmasi;
з –
К-235М tormoz tizimining pnevmatik qurilmalarini tekshirish
qurilmasi;
и –
«Инфракар» gazaanalizatori
Rejalangan D-2 diagnostikalashni o‘tkazishda avtomobillarning
ishlash hsusiyatiga, uzoq muddat ishlashiga va xafsiz ishlashiga ta’sir
ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar: tortish kuchi bo‘yicha ishchi jarayonlarning
87
samaradorligi, yonilg‘i sarfi, mexanik yo‘qotishlar, siljib yo‘qolishlar,
tebranishlar, shovqin darajasi, ishlab bo‘lgan gazning tarkibi va bo‘shqa
ko‘rsatkichlar (1-ilovaga qarang) aniqlanadi. Bunda asosan dvigatel va
uning tizimlari, transmissiya agregatlari va yurish qismi, yuk
mashinalarining
to‘kish
mexanizmi,
elektrajixozlar;
faralarning
o‘rnatilganligi, nazorat-o‘lchash qurilmalari va boshqalar tekshiriladi.
Avtomobillarni D-2 diagnostikalashda, ta’mirlash uchun ma’lum
miqdirda mexnat talab qiladigan nosozliklarni aniqlashga yordam beradi.
Ta’mirlashning qulay texnologik talablari bo‘yicha joriy ta’mirlash postida
2-TXK dan avval bajariladi.
Bulardan tashqari D-2 diagnostikalashda, avtomobilning xafsiz
ishlashini taminlovchi har bir elementni, masalan rul boshqaruviga ta’sir
kuchi, shkvorinli brikmalar, kardan uzatmalarni tekshirishga imkon beradi.
Diagnostikalashning D-2 turini bajarishdan avval tayyorgarlik
ishlarining sifati bajarilganligi, bularga shinalarning tekshirish va bosimi
etarligi, avtomobilni strndga qo‘yish, datchikli qurilmalarga ulash,
dvigatelni va boshqa agregatlarni qizdirish va shularga o‘xshash choralar
kiradi.
D-2 diagnostikalash ishlarini bajarishdagi texnologik jarayonning
birlamchi vazifalariga ishlab chiqarishda bajarilishi lozim bo‘lgan, boshqa
xizmat
ko‘rsatishlarda
bajarilmaydigan
ishlarning
turi,
ularning
qaytarilivchanligi aniqlanadi, bu avtomobillarni joriy ta’mirlashda va TXK
da rejalash va boshqarish ishlari uchun kerakdir.
Avtomobillarga TXK stansiyalarida bajariladigan D-1 va D-2
diagnostikalash ishlarining tarkibi keltiriladi.
Odatda
tekshirish diagnostikalash
D
n
, avtomobillarga TXK dan
so‘ng bajariladigan jarayondir, bundan tashqari bu joriy ta’mirlashdan
so‘ng esa tizimlarni ishi va xarakatlarni xafsizligini tekshirish tadbirlari
bajariladi. Bu jarayonning mo‘ljallanganligi va texnologik ishlarning
bajarilishi, avtoxo‘jaliklarda bajariladigan D-1 diagnostikalashiga ancha
o‘xshash bo‘ladi.
Talab bo‘yicha
diagnostikalash D
t
mijozning buyurtmasi bo‘yicha
amalga oshiriladi. Bunday turdagi diagnostikalashni bajarish, to‘liq D-2
diagnostikalashda bajariladigan texnologiya bo‘yicha bajariladi. Ishlarni
bajarishda albatta buyurtmachining hohishlari ham inobatga olinadi va
jarayonda bazi o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
88
Avtomobillarni TXK stansiyalariga qabul qilishda va bajarilgan
ishlardan so‘ng chiqarishda buyurtmachining talabi bo‘yicha dastlabki
yoki yakuniy D
n
va D
t
bajarilishi mumkin.
Davlat tomonidan o‘tkaziladigan texnik ko‘rik, odatda bir yilda bir
marotaba bajariladi, unda kerakli texnik holati, ekologikligi va
avtomobillarning xarakatdagi xafsizligi tekshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIB ning yo‘l xarakatini nazorat qilish
organlari tomonidan o‘tkaziladigan texnik ko‘ruvda D-1 diagnostikalashda
bajariladigan (2-ilova) xarakat xafsizligi bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi
va D-2 diagnostikalash bo‘yicha yonilg‘i sarfi, ishlab bo‘lgan gazning
tarkibi, transmissiyada quvvatni yo‘qolishi, kardan uzatmada, oldingi
ko‘prik va osma mexanizmlar, gidravlik va pnevmatik qurilmalarning
holati va b. nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |