Mexanizm va agregatlarni diagnostikalash
. Murakkab texnik
maxsulotlar (masalan, dvigatel yoki uning mexanizmi) birqancha
qismlardan tashkil tipgan bo‘lib, har biri turli holatga va o‘ziga yarasha
nosozlikka ega bo‘lishi mumkin va avvaldan aniqlashning imkoni
bo‘lmaydi. Shu sababli diagnostikalash jarayonida shu nosozlikni tezlikda
aniqlash va qisqa vaqtda hamda kam mexnat sarflab uni bartaraf etish
tadbirlarini ishlab chiqish talab etiladi.
Bunday masalalarni hal etish maqsadida, tekshirish holatlarida
yuzaga kelishi mumkin bo‘gan vaziyatlarni hisobga oluvchi
universal
texnologik
jarayon
lar
ishlab
chiqiladi.
Texnologik
jarayonlarda
bajariladigan ishlarning barchasi bir-biriga bog‘liq bo‘lishi talab etiladi.
Masalan, dastlabki tekshirishda moylash tizimida moyning bosimi
kamayib ketayotgan bo‘lsa, keying bosqichda dvigatelning klapanlarining
sozlanganligi tekshiriladi, lozim bo‘lsa tirsakli valning podshipniklarining
yeilganlik darajasi va moy nasosining holati o‘rganiladi. Odatda, asosiy
moy kanalida moyning bosimi etarli bo‘lsa, odatda bunday tekshirishlarga
extiyoj qolmaydi.
Texnologik jarayonning ketma-ketlik bosqichlari quyidagilardan
tashkil tipadi: tekshirilayotgan tizimning tuzilishini o‘rganish, uni asosiy
tashkil tipuvchilarga ajratish; uning ishga qobiliyatli xsusiyatlarini
belgilovchi
tuzilish
ko‘rsatkichlarini
aniqlash;
diagnostikalash
36
ko‘rsatkichlarini nanlash va asoslash, ularning tarkibidagi umumlashgan
va hsusiy ko‘rsatkichlar aniqlanadi; umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar
bo‘yicha maxsulotning diagnostikalash ketma-ketligi asoslanadi va
texnologik
jarayonning
bajarish
ketma-ketligi
tuziladi;
so‘ngra
umumlashgan texnologik jarayonning bajarish ketma-ketligi tuzib
chiqiladi.
Tekshirilayotgan tizimning tuzilishini o‘rganish natijasi bo‘yicha har
tashkil topuvchini elementni mustaqil faoliyat yuritishiga tasiri o‘rganiladi.
Maxsulotni butunlay bo‘laklab yoki ma’lum qismlar bo‘yicha
diagnostikalash ham qo‘llaniladi. Qishloq xo‘jaligi mashinalarini
diagnostikalashda yig‘ma birliklarga ajratib diagnostikalash etarli
hisoblanadi.
Har bir tashkil topuvchiga biron ko‘rsatkich belgilanadi, bu uning
uzoq muddat ishlovchanligini (resursini) va ishga yaroqliligini (faoliyat
yuritishini) bildiradi. Ularga asos bo‘lib, islashning samaradorligi va
buzilmasdan ishlashi, yani texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar xizmat qiladi.
Tanlangan barcha diagnostikalash ko‘rsatkichlarining ichida, avvalo
tekshirilayotgan obektning holatiga bog‘liq ko‘rsatkichlar tanlanadi.
Mexanizm (agregat) uchun tanlangan umumlashgan yoki hsusiy
ko‘rsatkichlarni tanlash tartibi, huddi mustaqil element uchun tanlngandek
olib boriladi. Agarda element uchun umumlashgan ko‘rsatkichning
qiymati yuqori bo‘lmay bir necha sonni tashkil qilsa ham, mexanizm
(agregat) uchun esa uning qiymati bir necha o‘nni tashkil etishi mumkin.
Diagnostikalashda bajariladigan ishlarning ketma-ketligi imkon
boricha diagnostikalash tannarxini kamaytirishni hisobga olgan holda tuzib
chiqiladi. Maxsulotni dastlabki holati hisobga (dvigatel ishlaydimi yoki
yo‘qmi, detallari qizib ketmaganmi va boshqalar) olinadi, diagnostikalash
turi (3-TXK tarkibida rejadagimi, talab bo‘yichami, ta’mirlashdan avvalgi
yoki ta’mirlangandan so‘ngimi) va boshqa ko‘rsatkichlar inobatga olinadi.
So‘ngra asosiy diagnostikalashning harakatlanish texnologiyasi tuzib
chiqiladi.
Amaliyotda bir qancha vaziyatlar uchrashi mumkin: masalan, olingan
ko‘rsatkichlar o‘zgarishi ruhsat etilgan qiymatlardan ortishi yoki olingan
ko‘rsatkich buzilish boshlanishi haqida ma’lumot berishi mumkin. Har bir
holat mustaqil o‘rganiladi va asosiy texnologik jarayondagi etishmayotgan
zanjir aniqlanadib uni to‘ldirish choralari ko‘riladi.
Ko‘pchilik diagnostikalash texnologik jarayonlari talab bo‘yicha
bajariladigan texnologiyalar turkumiga kiradi. Unda bajariladigan ishlar
37
turkumi va hajmi, ma’lum vaziyatlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Mahsulot
ishga yaroqli bo‘lsa, unday holatlarda talab bo‘yicha diagnostikalash
ishlari bajarilmaydi.
Bajariladigan barcha ishlarning yig‘indisi umumiy holatda, to‘liq
diagnostikalash texnologik jarayonini tashkil etadi. Bunday texnologiyalar
asosida, mexanizm, agregat va boshqa yig‘ma birliklar uchun maxsus
texnologiyalar tuziladi.
Yakuniy holatda bazi yig‘ma birliklarni diagnostikalash texnologik
jarayonlari birlastirilib butun mashinani diagnostikalash texnologik
jarayoni tuziladi.
Butun mashinani diagnostikalash. Odatda namunaviy texnologiyalar
zamonaviy TXK va T ga, seriyali ishlab chiqariladigan diagnostikalash
vositalariga va diagnostika bo‘yicha tayyorlangan mutahasislarga
mo‘ljallab tuziladi. Har bir korxonaning imkoniyatlaridan hisobga olgan
holda bunday texnologiyalarga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Har bir
holatda – TXK va T sarflanadigan ekspluatatsion vaqtni kamaytirishga
intilinadi.
Ko‘pincha barcha diagnostikalash jarayonlarida (talab bo‘yicha
chuqur diagnostikalashdan tashqari) bajariladigan ishlarning turkumi bir
hil bo‘lib, aniq davrga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bajariladigan ishlar qulay
ketma-ketlikda bajarishga mo‘ljallangan.
TXK da diagnostikalash jarayoni – ancha murakkab bazifa
hisoblanadi. Bu masalani hal qilish avvalo diagnostikalashdan maqsadni
aniqlashdan boshlanadi, so‘ngra diagnostikalash tarkibi va mazmunini
asoslash,
bajarilayotgan
TXK
da
aniqlanadigan
mashinaning
diagnostikalash ko‘rsatkichlarning ro‘yxati tuziladi; diagnostikalash
ketma-ketligi asoslanadi.
Diagnostikalashning tuzilishi va mazmuni ishlab chiqilayotganida
diagnostikalash turlarining soni, o‘tkazish davomiyligi, bajariladigan
ishlarning turlari va mazmuni, texnik holatni aniqlashdagi ruxsat etilgan
qiymatlar va hatoliklar meyori aniqlanadi.
Bajarilayotgan TXK turida mashinani ishlash muddatini oshirish
uchun diagnostikalab imkon boricha kam harajat variantlar tanlanadi.
Diagnostikalashda olinadigan ko‘rsatkichlarning aniqlik darajasiga qarab
diagnostikalash to‘liq va chuqur bajariladi yoki soddalashtiriladi, faqatgina
umumlashgan ko‘rsatkichlar, talab bo‘yicha bajariladigan diagnostikalash
uchun zarur ko‘rsatkichlar aniqlanishi mumkin.
38
Bajariladigan ishlarning qulay ketma-ketlikda tuzishda bajariladigan
bir hildagi va umumiy texnologiyaga ega, tayyorgarlik-yakunuy ishlar
birlashtiriladi. Diagnostikalash va TXK larining umumiy harajatlarini
hisoblashda bajariladigan ishlar bir necha bajaruvchilarga (turlicha ish
haqqi to‘lanadigan hodimlarga) taqsimlangan holda hisoblab ko‘riladi.
Mashinaning talab bo‘yicha bajariladigan diagnostikaning texnologik
jarayonini tuzishda, ushbu mexanizm va tizim uchun mo‘ljallangan
jarayonlardan foydalanish, mashinaning nosozligini aniqlashda ularni bir-
biri bilan bog‘liq holda qo‘llab, nosozlikni aniqlashda nisbatan arzon
usulni aniqlash. Odatda talab bo‘yicha bajariladigan diagnostikalash
ishlarining ketma-ketligi mexanizm yoki tizimning barcha buzilishlar
extimoliga moslashtirilgan holda tuziladi.
Diagnostikalashning tannarhini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar
hisobiga uning davomiyligi yoki jarayonda bajariladigan ishning hajmi,
texnik vositaning asosiy narhi, uning yillik ish vaqti, TXK va T dagi uning
ishtiroki hisoblanadi.
2.1-rasm. Diagnostikalashda bajariladigan ish hajmini
kamaytirishning asosiy yollari
Diagnostikalash texnologiyasini qulay loyixalash mashina elementi
xaqidagi dastlabki ma’lumotning sifati va to‘liqligiga, mashina traktor
parki (MTP) dagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarga va shularga o‘xshash
39
ko‘rsatkishlarga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli olingan axborotlarning
o‘zgarishi natijasida (3-5 yil oralig‘ida) tafsiya qilingan ishlarga, ularning
asosiy ish hajmi saqlangan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Diagnostikalash ish hajmini kamaytirish va diagnostikalash
vositalarining ish unumdorligini oshirish, 1.5-jadvalda keltirilgan
tadbirlarni amalga oshirgan holda erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |