Август 2020 3-қисм
Тошкент
KO’HNA MINORA PESHTOQIDAGI BITIKLAR
Jabborova Iroda Ashurovna
Andijon viloyati Qo
‘
rg
‘
ontepa tumani
XTBga qarashli 5-maktabning tarix fani o
‘
qituvchisi
Telefon : +998994341903
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Xalqimizning tarixidan so’zlaydigan Sulton Saodat
majmuasi, Shayx Aloutdin Attor, Iso Termiziy, Hakim Termiziy, So’fi Olloyor maqbaralari
bugun yurtdoshlarimizning muborak ziyoratgohiga aylangan. Mustaqillik yillarida, amalga
oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot, qazishma ishlari jarayonida, ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo’shgan
ulug’ mutafakkirlarimizning hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq etish, milliy o’zlikni anglash,
ma’naviyatimizni yuksaltirish, yosh avlodni vatanga muhabbat, tariximizga hurmat-ehtirom
ruhida voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etish haqida fikrlar bildirilgan.
Kalit so
‘
zlar:
O’zbekiston, obida, tarix, davlat, minora, xalq, qadimiy.
O’zbekiston
– quyoshli, buyuk tarixiy insonlar yashagan, Buyuk Ipak Yo’li o’tgan ajoyib,
betakror, ming asrlik an’analar va madaniyatiga ega o’lka.
Betakror, so’lim go’shalarga ega O’zbekistonimiz, ko’ngli ochiq xalqimiz, o’tib ketgan bobo-
kalonlarimiz, hozirda mustaqillikka erishgandan keyingi yutuqlarimiz haqida qancha gapirsak
ham ozdir.
Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning 2019 yil 1 may kuni Surxondaryo viloyatiga
qilgan tashrifi chog’ida Payg’ambarimizning beshinchi avlodi bo’lmish Sulton Saodat majmuasini
rekonstruktsiya qilish va muqaddas qadamjoga aylantirish bo’yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli
topshiriqlar berdi. Hozirgi kunda Sulton Saodat majmuasi, Shayx Aloutdin Attor, Iso Termiziy,
Hakim Termiziy, So’fi Olloyor maqbaralari bugun yurtdoshlarimizning muborak ziyoratgohiga
aylangan. Yaponiya, Frantsiya, Germaniya kabi rivojlangan davlatlarning mashhur arxeologlari
miloddan avvalgi v asrda shakllangan shaharning yangi qirralarini kashf etishda tarixchi va
arxeologlar bilan mustahkam hamkorlik o’rnatgan. Bu borada olib borilayotgan izlanishlar o’z
samarasini berayapti. Eramizdan avvalgi vI asrda Termizga kelgan Ahamoniylar sulolasi bu
shaharni “Qadimgi shahar” deb atagan.
O’zbekiston - buyuk allomalar yurti. vatanimizda tug’ilib, kamol topgan mutafakkirlarning
jahon ilm-fani rivojiga qo’shgan xissasi necha asrlarki e’tirof etilib, chuqur tadqiq etilmoqda.
Ulug’ alloma Hakim at-Termiziy tasavvufning “Hakimiya” maktabi asoschisi sanaladi. Alloma
Hakim at-Termiziy qo’lyozmalar hozirda Parij, Qohira, Damashq, London, Iskandariya va Istanbul
kutubxonalarida saqlanmoqda.
Xalqimizning tarixidan so’zlaydigan yana bir noyob maskan – Fayoztepa yodgorligining
topilishi oddiy tasodif bilan bog’liq. 1968 yilning bahorida cho’pon Asad Beknaev shu yerdan
o’tib ketayotib, oq rangli haykaltaroshlik namunasiga ko’zi tushadi va uni Termiz o’lkashunoslik
muzeyiga topshiradi va bu tarixiy obida to’liq qazib olinadi, ilmiy o’rganiladi. Fayoztepadan
topilgan yozuvlar, tangalar, haykallar buddaviylik dini tarixini o’rganishda muhim manba
bo’lib xizmat kilmoqda. Xususan, yaqinda vohaning Zarabog’ qishlog’idan topilgan Zarautsoy
yozuvlari – Zarautsoy darasidagi toshlarga ishlangan rasmlar ibtidoiy san’atning nodir namunasi
sanaladi. Zarautsoydan topilgan 200 dan ortiq rasmlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga
mansub bo’lib, ular chizma tarzda kontur va soya uslubida qizil angob (oxra) bilan chizilgan.
Zarautsoyda odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ovlash manzarasi tasvirlangan.
Hayvonlar (yovvoyi buqa, it, tulki, burama shoxli echki, jayron, tog’ echkisi), turli buyumlar (o’q-
yoy, nayza, o’roqsimon qurollar), niqoblangan odamlar o’ziga xos tarzda hayotiy qilib ishlangan.
Teshiktosh-O’zbekistondagi arxeologik qo’riqxona: u Boysun tog’ tizmasidagi g’orda joylashgan.
For Machaydagi Zovtolosh soy darasida dengiz sathidan 1500-1600 metr balandlikda bo’lib, buyi
7, eni 20, uzunligi esa 21 metrni tashkil etadi. Forning shifti teshik bo’lgani uchun gulxan yoqilsa,
tepadagi tuynukdan chiqib ketavergan. Forda 1,5 metr qalinlikda 5 madaniy qatlam bo’lib, har
qatlamdan bittadan, ba’zilarida ikkitadan diametri 40 santimetr, sathi 2 metrga yetadigan gulxan
qoldiqlari topilgan. Ayniqsa, Teshiktosh g’oridan topilgan qadimgi odam qoldiqlari xalqimizning
qadim ildizlarga ega ekanini ifodalaydi. Bu yerga har yili ko’plab sayyohlar tashrif buyuradi.
Surxon voxasidagi qadimiy minoralardan biri bu-Jarqo’rg’on minorasidir. Jarqo’rg’ondagi Minor
50
Do'stlaringiz bilan baham: |