O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Download 7,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/244
Sana12.06.2022
Hajmi7,02 Mb.
#660106
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   244
Bog'liq
UMK 2-kurs Nazariya

 
1.
 
Jismoniy mashqlar jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi 
jarayonining asosiy vositasi sifatida 
Jismoniy mashqlar tarixan gimnastika, o’yinlar, sport va turizm tarzida 
guruhlarga ajratilib, jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonining asosiy 
vositasi sifatida foydalanib kelingan va hozirda ham foydalanilmoqda. “Jismoniy 
mashq” atamasi jismoniy madaniyat nazariyasining yetakchi tushunchalaridan biri. 
Tushunchasining ta’rifi qator mualliflar tomonidan turlicha ifodalangan. 
A.D.Novikov. L.P.Matveev, B.A.Ashmarin, B.A.Shiyan va boshqa qator 
mualliflar – “Jismoniy mashq” jismoniy tarbiya qonuniyatlarining talablariga javob 
beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli 
turkumlaridir. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, o’yinlar, sport, turizm 
mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, uslubiyotlari majmuasi to’plandi va 
hozirgi kun davomida uning mazmuni to’ldirilmoqda. 


118 
Qator darsliklarda (A.D.Novikov, L.P.Matveev, B.A.Ashmarin va boshqalar, 
1966, 1979) jismoniy mashqni vujudga kelishi tarixi, ibtidoiy jamoa tuzumi 
davriga to’g’ri keladi deb, ularning ob’bektiv va sub’ektiv sabablarini ochib 
berishga harakat qilingan. 
Jismoniy mashqning vujudga kelishida ob’ektiv sabab qilib ibtidoiy 
odamning qorin to’ydirish maqsadida ov qilishi, sub’ektiv sabab sifatida esa asta 
sekinlik bilan uning ongning shakillanishi jarayoni qabul qilingan. 
Ibtidoiy ov qilish qurollarni ishlatishni bilmagan ibtidoiy odamlar o’z o’ljasini 
(ovini) holdan toydirguncha quvlaganlar. Bu ovchining organnzmiga katta 
jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lish talabini yuklagan. Jismoniy tayyorgarligi 
yetarli bo’lmaganlarning o’zlari oviga yem bo’lganlar. Keyinchalik ibtidoiy 
odamlar gala-gala bo’lib yashashga o’tganlaridan so’ng, yakka ov qilishdan ko’ra 
ovga jamoa bo’lib chiqishning afzalligini tushuna boshlaganlar. Bu esa ibtidoiy 
odamning ongi shakllana boshlaganligini ko’rsatardi. 
Asta sekinlik bilan ibtidoiy odam qurollar: tosh, uchiga qirrali tosh boylangan 
nayza, xas-cho’p bilan nomigagina berkitilib qo’yilgan choxlar va boshqalardan 
foydalanishni o’rgana boshlaganlar. Bu ijtimoiy ong shakllanishidan guvohlik edi. 
Ovda ishtirok eta olmay qolgan qabila urug’ining qariyalari yoshlarga toshni 
nishonga otish, uni zarbini kuchaytirishni mashq qildirishda qatnasha boshladilar, 
bu bilan tarbiyaga, inson jismi tarbiyasining ta’lim jarayoniningdastlabki 
elementlari yuzaga kela boshladi. 
Keyinchalik uloqtirish, quvib yetish yoki qochish uchun yugurish. sakrashlar 
mashq qilina boshlandi. Bunga jismoniy mashqlarning hamda jismoniy tarbiyaning 
elementlarini vujudga kelishi va shakllanish davri deb qarala boshlandi. 
Hozirgi kunga kelib, bu mashqlar ayni paytdagi yengil atletika, gimnastika, 
sport o’yinlari, yakka kurashlari, turizm va sportning boshqa turlari tarzida 
jismoniy tarbiya jarayoni uchun asosiy vosita sifatida foydalanilmoqda. 
Jismoniy mashqlar xillarining ko’payishiga insonning mehnat faoliyati ham 
ta’sir ko’rsatdi. Shuning uchun ham mehnat faoliyatida foydalaniladigan harakatlar 
kasbiy jismoniy tayyorgarlikni yo’lga qo’yishda keng ko’lamda ishlatilmoqda. 
Tarbiya amaliyotida asosan, mehnat faoliyatida qo’llaydigan harakatlarini 
ko’proq mashq qiladi. Ma’lumki, mehnat jismoniy kuch, chidamlilik, tezkorlik, 
chaqqonlikdek insonning jismi (harakat) sifatlarining ma’lum darajadagi 
tayyorgarligi, uning rivojlanganligini talab qiladi. 
Jismoniy mashqning rivojlanishida diniy marosimlar, bayramlardagi, harbiy 
faoliyatdagi, san’atdagi ongli ravishda bajariladigan o’yinlar, raqslar, ixtiyoriy 
harakatlar vosita bo’lib xizmat qildi. 
Jismoniy mashqlarni mashq, qilish tabiatning tabiiy qonuni ekanligi rus 
akademiklari I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlarning ilmiy dunyoqarashlari orqali 
isbotlangan. Sechenovning fikricha, ixtiyoriy harakat ong va aql bilan boshqariladi 
hamda biror maqsadga yo’naltiriladi. 
I.P.Pavlov esa harakatlarning fiziologik mexanizmi bosh miya po’stloq 
qismining to’plash xususiyati bilan bog’liqligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, 
shartli hamda shartsiz reflekslarning aktiv ishtirokida vujudga kelishini ilmiy 
isbotladi. 


119 

Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish