86
unvoni 1998 yilda ta’sis etildi.
Sport mashg’ulotlariga o’quvchilarni ommaviy ravishda, uzluksiz jalb qilishni
tashkil etish maqsadida, "O’quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga
qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to’g’risida" 2003 yilda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Mazkur
qaror asosida mamlakatda umumta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar
kollejlari Uquvchilari hamda oliy talim muassasalari talabalarining "Umid
nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada" musobaqalarining hududlarda
respublika final boskichlarini o’tkazish rejasi belgilandi.
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir qonun, Farmon va qarorlar bu
sohaning tez sur’atlar bilan taraqqiy yetishiga, xalqaro maydonda O’zbekiston
nufuzi va obro’sini olishga, qolaversa, aholining, ayniqsa, o’quvchi-yoshlarning
sportga bo’lgan munosabatini o’zgartirishga olib keldi. Mamlakatda
soglomlashtirish ishlari barcha ijtimoiy va ishlab chiqarish soha muassasalarida
jonlandi, boshlang’ich sport jamoalarining ishlari faollasha boshladi
Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 yanvardagi «O’zbekistonda futbolni
rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida»gi 27-sonli qaroriga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi,
viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida futbol maktab-internatlari tashkil
yetildi. Vazirlar Mahkamasining «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 1999 yil 27 maydagi 271-sonli
qaroriga asosan viloyatlar markazlarida olimpiya urinbosarlari kollejlari tashkil
etilmoqda.
Mustaqillik xalqimizniig milliy sport o’yinlarini qayta tiklash va xalqaro
maydonga olib chiqish imkoniyatini berdi. Mamlakatda 1992 yildai buyon milliy
sport turlari va halq o’yinlari festivali o’tkazilib, 1999 yildan ayollar o’rtasida ham
«To’maris» milliy sport musobaqalari va xalq o’yinlari festivali o’tkazila
boshlandi.
1998 yilda Xalqaro kurash assosiasiyasi tashkil etilib, 1994 yilda Toshkent
shahrida kurash bo’yicha birinchi 2000 yilda Turkiyaning Antaliya shahrida
ikkinchi, 2001 yilda Vengriyaning Budapesht shahrida uchinchi, 2002 yilda esa
Jahop chempionatlari o’tkazildi.
Shu bilan birga, belbog’li kurash, turon yakka kurashi, ko’pkari-uloq kabi
milliy sport turlari ham xalqaro sport maydonlarida munosib o’rin egallay olishdi.
Mazkur sport turlari buyicha ham mamlakatda muntazam ravishda xalqaro
musobalqalar tashkil etilmoqda.
2000 yilda Toshkent shahrida Milliy sport turdarini rivojlantirish markazi
tashkil yetilgani bu boradagi ishlarni muvfiqlashtirish imkonini bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: