Nazorat savollari
1.
Ta’sirlar zanjiri
iborasi nimani anglatadi?
2.
Mumtoz adabiy matnlarni eski o‘zbek yozuvidan joriy alifboga
tabdili muammolari nimalardan iborat?
3.
Yevropada matnshunoslik ilmi qanday nomlanadi?
4.
Diyorimizda matbaachilik tarixi qachondan boshlangan?
3.1-maruza. Islom va yozuv. Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi
an’analari, qo’lyozma matnlar va ularning umumiy belgilari, xat turlari
REJA:
1.Islom va yozuv
2. Mus’haf jamlanishi tarixi.
3. Mus’haf jamlanishi jarayonida matnshunoslik tamoyillarining shakllanishi
4.Qo‘lyozma kitobning nodirlik xususiyatlari. Husnixat. Nasta’liq va
nasx.Kolofon. Unvon. Poygir.
Ma’lumki, VIII asrdan boshlab arab yozma adabiyoti shakllanadi.
34
Matn
tuzish masalalarining eng asosiysi bevosita Qur’oni karim matni bilan bog‘lanadi.
Qur’onni jamlash uning turli sahifalardan iborat bo‘laklarini to‘plash, so‘ngra
suralarni tartib bilan joylashtirib, bitta mushaf (muqova) ostida yig‘ish matn tuzish
ishlarining aniq belgilangan prinsiplari asosida bajarilgan. Qur’onni bu tarzda
jamlash Muhammad alayhissalom hayotligida amalga oshirilmadi. U paytda
Qur’on to‘laligicha sahobalarning qalblaridan joy olgan edi. Payg‘ambar
alayhissalom vafotidan keyin aksariyat arablar dindan qaytadilar. Musaylimatul
kazzob payg‘ambarlik da’vo qilib chiqadi. Bularga qarshi kurashda Abu Bakr
Siddiq YAmomada jang olib boradi. Jangda juda ko‘p Qur’on hofizlari shahid
bo‘ladi. Bu voqeadan so‘ng Umar ibn Xattob Qur’onni yod bilgan qorilarning
o‘limi tufayli Qur’on oyatlari unutilishidan qo‘rqadi. Abu Bakr Siddiq Umar ibn
Xattobdan Qur’onni jam qilishga buyurishini so‘raydi. Qur’on matni unutilish,
qo‘shilish yoki buzilishidan xavflanib, qayta ko‘chirildi. Bu ish Zayd ibn Sobitga
topshiriladi. U xurmo po‘stloqlariga, toshlarga yozilgan oyatlarlarni yig‘ib,
oyatlarni yod olgan odamlardan eshitib, Qur’onni jamlay boshlaydi. Qur’on
sahifalari dastlab Abu Bakr Siddiqda, uning vafotidan so‘ng Umar ibn Xattobda,
so‘ngra Umar ibn Xattobning qizi Hafsada saqlandi.
So‘ngra Usmon ibn Affon xalifaligi davriga kelib qiroatda ixtilof paydo
bo‘lishi sababli sahobalar orasida xavfsirash kuchaydi. SHuning oqibatida Usmon
ibn Affon Umar ibn Xattobning qizi Hafsadan Mushafni ko‘chirib olish uchun
berib turishini so‘raydi. Umar ibn Xattob Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn Zubayr,
Said ibn Os, Abdurahmon ibn Horis va Ibn Hishomga Mushafdan nusxalar olishni
buyurdi. Ular Mushaf nusxalarini ko‘paytira boshladilar. Usmon ibn Affon
ko‘chirilgan nusxalarni dunyoning to‘rt tarafiga jo‘natdi va Qur’onning ushbu
nusxalaridan boshqa barcha nusxalarini yoqib yuborishni buyurdi. Zayd ibn Sobit
Qur’onni jamlagan birinchi kotib hisoblanadi.
35
Mushaf matnini tayyorlashda eng yaxshi yozadigan, arab tilini yaxshi
34
Қаранг: Фильштинский И. М. Арабская классическая литература. – М. : Наука, 1965. – Б.72.
35
Қаранг: Абдусаттор Шайх. Абдуллоҳ ибн Масъуд . Таржимон ва изоҳлар муаллифи Абдурашид
Зоҳид. –Т.: Мовароуннаҳр, 2004. –Б.104 –105.
biladigan hamda Qur’on quraysh tilida nozil bo‘lganligi sababli qurayshlik ilm
kishilari tanlangan. Abdusattor SHayxning “Abdulloh ibn Mas’ud” kitobida
Qur’on matnini jamlashdagi usmoniy usulning asosiylari quyidagilar deb
ko‘rsatiladi:
1.
Qur’on matni uchun Hafsa onamizda saqlangan Qur’on juz’lariga
suyanish asos bo‘ldi. Bu juz’lar Payg‘ambar alayhissalom buyruqlari bilan
yozilgan asliyatga to‘la muvofiq edi.
2.
Har bir oyatning manbasi aniqlandi. Ixtilofli hollarda quraysh
lug‘atiga murojaat etildi.
3.
Qur’onni jamlash hay’ati Payg‘ambar alayhissalomdan sobit bo‘lgan
muborak so‘z yo jumlani yozishda uni bitta jihat bilan chegaralab, qusurli qilib
qo‘yadigan har qanday alomatdan saqlandi.
4.
Bosh Mushafni kitobat qilish ishi tugagach, endi barcha mushaflar
bosh Mushafdagi tartibda ko‘chirilishi uqtirildi. Zayd ibn Sobit bosh Mushafni bir
necha marta sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirdi. Keyin musulmonlar xalifasining
o‘zi ham bu Mushafni e’tibor bilan ko‘chirib chiqdi va hech narsa unutib
qoldirilmaganini ta’kidladi.
36
Bundan ko‘rinadiki, Qur’on matnini tiklashda matn tarixi tanqidi masalasi
asosiy bo‘lib, manbaning tashqi va ichki jihatlari tekshiruv ob’ekti hisoblangan.
Ilmiy-nazariy va amaliy metodlar bilan manba matniga mantiqan yondashilgan.
Qur’on matnini tiklash ishlari filologik tekshiruvlar ham edi. Usmoniy Mushaf
keng tarqalgach, so‘zlardagi xilma-xillikka barham berildi, sahobalardan hech kim
Qur’on qiroatida lafziy ixtilofga bormadi.
A. Habibullaev ilk islom davri madaniyatida matnni tiklash ishlari uch xil
shaklda bajarilganligini qayd etadi. Olimning tekshiruvlari bo‘yicha, bular: mavjud
matnlarni aynan ko‘chirish, asarning mazmunini o‘z talqinida bayon etish va
folklor matnshunoslikdir.
37
YAna qo‘shimcha qilish mumkinki, islom dunyosida
36
Қаранг: Абдусаттор Шайх. Абдуллоҳ ибн Масъуд. Таржимон ва изоҳлар муаллифи Абдурашид
Зоҳид. –Т.: Мовароуннаҳр, 2004. – Б.110–112.
37
Қаранг: Ҳабибуллаев А. Адабий манбашунослик ва матншунослик.–Т.: Тошкент давлат
шарқшунослик институти, 2000. – Б.97.
matniy ishlarning rivoji bevosita Qur’onning mushaf holiga keltirilishi bilan
bog‘lanar ekan, matn mazmuni, shaklining mukammal va tugal bo‘lishi asosiy edi.
CHunki Qur’on boshqa qayta tuzilmadi. Bu islom madaniyatidagi matn bilan
bog‘liq ishlarning eng kattasi, mas’uliyatlisi va e’tiborlisi bo‘ldi.
Matnshunoslik tarixiy taraqqiyotini kuzatish uchun Qur’on matni ma’nosini
echish, sharhlash, tafsir etish yoki hadislar matnini yig‘ish kabi jarayonlar tahlili
muhim manba bo‘la oladi.
Matnshunoslikning shakllanib borishi yana qomusiy olimlar Abu Rayhon
Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, YUsuf Xos Xojib, Mahmud
Koshg‘ariylarning manbalarni yig‘ish, saqlash va, asosiysi, matn yaratishdagi
ilmiy-nazariy xulosalari hamda olib borgan amaliy ishlari bilan bog‘lanadi.
Xususan, Forobiyning falsafa, arifmetika, handasa, musiqa, tabiat, kimyo, tibbiyot
kabi fanlar sohasidagi kashfiyotlari bilan birga tilshunoslik, she’riyat, notiqlik
san’ati, xattotlikka oid asarlari keng tarqalgan. U “Xattotlik haqida kitob”(“Kitob fi
san’at at-kitobat”) asarida aynan yozuv turlari va xattotlik mahorati masalalariga
ahamiyat qaratgan.
XI asrning mashhur mutafakkir shoirlaridan YUsuf Xos Hojib “Qutadg‘u
bilig” asarida bitigchi, ya’ni kotib to‘g‘risida mulohaza qilib, uning jamiyatdagi
mavqeidan shunday bahs yuritadi:
Kotib bilimli, zakovatli bo‘lishi kerak,
Xati chiroyli, so‘zga usta, ezgu fol bo‘lishi kerak.
Maktubda xat chiroyli bo‘lsa, ko‘ngil ochiladi,
Boqsa o‘qigisi keladi, ko‘ngil quvonadi.
Agar fasohat bilan (xush) xat tenglashsa,
Bu yozma nutq tili juda ezgu til bo‘ladi.
Ilaning sirga yaqini nima deydi, eshitgin:
YOzma nutq usuli juda yaxshi usuldir.
Barcha ezgu so‘zlar yozuvda bo‘ladi,
YOzilgan bo‘lganligi uchun so‘z unutilmaydi,(abadiy) qoladi.
38
38
Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. – Т. : Фан, 1971. – Б.431– 433.
SHu bilan birga, Yusuf Xos Hojib hamma el ishini xat izga solishi, yozuv
tufayli barcha daromadlar qo‘lga kiritilishi, davlat boshqarilishi ham qalam bilan
bo‘lishini ta’kidlaydi. SHoir kotib tilni, yozuvni buzsa, xo‘jasining boshini eydi
yoki boshini olgudek bo‘ladi, deb aytish orqali kotibning mas’uliyati qanchalik
katta ekanligini ko‘rsatadi. Yusuf Xos Hojib bunday fikrlarini quyidagicha bayon
etadi:
Kotib ichimlik ichsa, bilimdan yanglishadi,
Bilimdan yanglishgan yozuvda xato qiladi.
Kotib kechasi ham kunduzi elda(bo‘lishi) kerak,
Qachon talab qilinsa, o‘sha paytda (bo‘lishi) kerak.
Bu ikki kishini odamlar orasidan tanlab ol,
So‘ng ularga bu ikki ishni bergin.
Biri – xati aniq kotib,
Biri – tili mavzun elchi.
YAqin-yovuqda yoki yot, begona (ellar)orasida,
Adovat sodir bo‘ladigan bo‘lsa, bulardan ko‘rgin.
Ish orqaga ketsa, shu ikki kishi tufayli ketadi,
Ishga rivoj bersa, shu ikki kishi beradi.
Biri – yozuvda so‘zdan yanglishganda,
Biri – tili bilan (shu) so‘zni tuzatsa.
Kotib bu yanglig‘ (bo‘lishi) kerak, ey elig,
Unga ishonsa, qo‘l bersa[ya’ni ish topshirsa] bo‘ladi.
39
SHoirning mulohazasi, bir tomondan, kotib xulq-atvori uning xatida ham
namoyon bo‘lishini ta’kidlashi bilan diqqatga sazovor bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
xat matni aniq va ravshan yozilmasa, so‘zni anglashda yanglishlik paydo bo‘lib,
ko‘ngilsiz voqealarga sabab bo‘lishiga ham ishoradir.
39
Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. – Т. : Фан, 1971. – Б.437.
Do'stlaringiz bilan baham: |