O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-rasm.  Davlat byudjeti to„g„risidagi qonun loyihasi va byudjetnomaning



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

12.3-rasm.
 Davlat byudjeti to„g„risidagi qonun loyihasi va byudjetnomaning 
qabul qilinishi 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Moliya vazirligi
 
O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi
 
O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti 
Administratsiyasi
 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Hisob Palatasi
 
Davlat byudjeti to‗g‗risidagi 
qonun loyihasi va 
byudjetnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi
 
Davlat byudjeti to‗g‗risidagi qonun 
loyihasi va o‗rta muddatli davr uchun 
fiskal strategiya bo‗yicha xulosa


152 
Davlat budjeti to‗g‗risidagi qonun loyihasi, o‗rta muddatli davr uchun fiskal 
strategiya O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 
yuborilishidan oldin, xuddi shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli 
jamg‗armalari budjetlarining ijrosi to‗g‗risidagi hisobotlar O‗zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi palatalariga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik 
muhokamasiga qo‗yiladi, shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan ishlab chiqiladigan ―Fuqarolar uchun budjet‖ axborot nashri jamoatchilik 
muhokamasi uchun parallel ravishda e‘lon qilinadi.
Davlat budjeti to„g„risidagi qonun loyihasi
O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-
noyabriga qadar ko‗rib chiqilishi kerak.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 
qabul qilingan Davlat budjeti to‗g‗risidagi Qonun O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senatiga ko‗rib chiqish uchun qabul qilingan kundan e‘tiboran besh kun 
ichida yuboriladi.
Davlat budjeti to‗g‗risidagi Qonun O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senati tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay 
ma‘qullanadi.
Qoraqalpog„iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy 
budjetlarining navbatdagi yil uchun loyihalari
Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Davlat 
budjeti to‗g‗risidagi Qonun rasmiy e‘lon qilingandan keyin bir hafta muddatda, 
Davlat budjeti to‗g‗risidagi Qonunga muvofiqlashtirilgan holda tegishli ravishda 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va 
Toshkent shahar Kengashlariga kiritiladi. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va 
Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‗g‗risida 
uch kun muddatda qaror qabul qilinadi. 
Navbatdagi yil uchun tuman va shaharlar budjetlarining loyihalari tuman va 
shaharlar hokimliklari tomonidan Qoraqalpog‗iston Respublikasi budjeti, viloyatlar 
va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‗g‗risidagi qarorlar qabul qilingandan keyin 
uch kun ichida tegishli ravishda xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlariga 
kiritiladi.
Xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlari tomonidan tumanlar va 
shaharlarning budjetlari to‗g‗risidagi qarorlar uch kun ichida qabul qilinadi. 
Davlat budjeti to„g„risidagi Qonun rasmiy e‟lon qilinganidan keyin O„zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi: 
 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy budjetlariga O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan 
beriladigan budjetlararo transfertlar hajmlarini Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e‘tiboriga — uch ish 
kuni ichida;


153 
birinchi 
darajali 
budjet 
mablag‗larini 
taqsimlovchilar, 
O‗zbekiston 
Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va 
budjet mablag‗lari oluvchilar uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan 
mablag‗lar hajmlarini ularning e‘tiboriga — uch ish kuni ichida;
davlat maqsadli jamg‗armalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan 
daromadlar va xarajatlarning hajmlarini ularning e‘tiboriga — o‗n ish kuni ichida 
yetkazadi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy 
budjetlari tasdiqlanganidan keyin Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi, 
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:
tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, 
shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika 
budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar 
budjetidan beriladigan budjetlararo transfertlar hajmlarini tumanlar va shaharlar 
hokimliklari e‘tiboriga — uch ish kuni ichida;
Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat 
budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan 
hududiy budjet mablag‗larini taqsimlovchilar e‘tiboriga ular uchun nazarda tutilgan 
budjetdan ajratiladigan mablag‗lar hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi.
Tumanlar va shaharlar budjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar 
hokimliklarining 
moliya bo‗limlari tumanlar va shaharlar budjetlaridan 
moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‗larini taqsimlovchilar e‘tiboriga ular 
uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‗larning hajmlarini bir haftalik 
muddatda yetkazadi. 
O„zbekiston Respublikasining Favqulodda Davlat budjeti
O‗zbekiston 
Respublikasining Prezidenti qaroriga ko‗ra favqulodda holat sharoitlarida qabul 
qilinadigan budjetdir.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari favqulodda holat sharoitlarida budjet sohasidagi 
vakolatlarini O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‗ra amalga 
oshiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjetining amal qilishi davrida 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining O‗zbekiston Respublikasi 
Davlat budjeti to‗g‗risidagi qarorlarining, shuningdek Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
Jo‗qorg‗i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar 
Kengashlarining Qoraqalpog‗iston Respublikasining budjeti, viloyatlar va Toshkent 
shahar mahalliy budjetlari daromadlari va xarajatlari hajmi haqidagi qarorlarining 
amal qilishi to‗xtatib turiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjetining amal qilishi tugatilishi 
bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‗armalari budjetlari parametrlariga 
aniqlik kiritiladi. 


154 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish