O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

83
Nurmuxamedova B.I, Sirojiddinova Z.X. ―O‗zbekiston Respublikasida ta‘lim xarajatlarini rejalashtirish‖. T.: 
―InfoCapitalGroup‖. 2013. 23-b.
 
Ta’lim muassasalarini jon boshiga (o‘quvchi soniga ko‘ra) moliyalashtirish 
bir o‗quvchiga nisbatan o‗rnatilgan xarajat me‘yori, o‗quvchilar soni hamda 
ta‘lim muassasalarining xususiyatlarini aks ettiruvchi maxsus koeffitsientlarga 
asoslangan ta‘lim muassasalari xarajatlarini aniqlash va shunga ko‗ra mablag‗ 
ajratish tizimidir. 


201 

muassasa darajasida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish 
(ta‘lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida), ota-onalar hamda Vasiylik 
(Kuzatuv) kengashlari oldidagi hisob berish tizimini yaxshilash. 
Eng oddiy shaklda o‗quvchi soniga ko‗ra moliyalashtirish usulida byudjet 
mablag‗larining har bir muassasaga taqsimlanadigan aniq summasi faqatgina shu 
muassasadagi mavjud o‗quvchilar soniga bog‗liq: har bir maktab har bir o‗quvchisi 
uchun bir xil summadagi mablag‗ni oladi. Amaliyotda bu formula, odatda, 
maktabning joylashgan o‗rni, maktabning tipi kabi bir nechta omillarni hisobga 
oluvchi 
koeffitsientlar 
asosida 
korrektirovka 
qilinadi. Ta‘lim tizimlarida 
moliyalashtirish formulasi qo‗llanilayotgan mamlakatlarda formulani ishlatishda 
qaysi koeffitsientlarni qo‗llash lozimligi va turli omillarni hisobga olish uchun ular 
soni nechta bo‗lishi kerakligi to‗g‗risida yagona yondashuv mavjud emas. Masalan, 
Rossiyada moliyalashtirish formulasini qo‗llash amaliyotida quyidagi omillarni 
hisobga oluvchi koeffitsientlar ishlatiladi
84


maktablarning joylashgan o‗rnidagi farqlar (shahar va qishloq maktablari); 

maktablarning hajmlaridagi farqlar (maktablarning fizik o‗lchamlari: bino va 
inshootlarining hajmi, isitish tizimi, egallab turgan maydoni va sh.k); 

ta‘lim turidagi farqlar (boshlang‗ich ta‘lim, kasb-hunar ta‘limi, umumiy ta‘lim 
va sh.k.); 

aqliy rivolanishda ortda qolgan bolalarni o‗qitishning maxsus dasturlarini 
amalga oshirish; 

salomatligi tufayli imkoniyati cheklangan bolalarni uyda o‗qitish; 

alohida fanlarni chuqurlashtirib o‗qitish dasturlarini amalga oshirish. 
Garchi tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‗llash natijasida alohida olingan muassasa 
oladigan mablag‗lar summasi o‗quvchilar sonidan tashqari, boshqa bir qator 
omillarga bog‗liq bo‗lsada, har holda, muassasalar hajmlari obyektivlik va shaffoflik 
tamoyillari asosida aniqlangan pul mablag‗lariga ega bo‗ladilar. Lekin, formulani 
ishlab chiqishda shunga alohida e‘tibor berish kerakki, formulada tuzatuvchi 
koeffitsientlar soni qancha ko‗p bo‗lsa, formula tushunish va qo‗llash uchun shuncha 
murakkablashadi, bu esa jon boshiga moliyalashtirish tamoyillariga ziddir. 
Byudjet mablag‗lari hisobidan ta‘minlanadigan aksariyat byudjet tashkilotlari 
kabi, ta‘lim muassasalari ham o‗z faoliyatlari bilan bog‗liq ehtiyojlarini qondirish 
uchun zarur mablag‗larning yetishmasligi muammosiga duch keladilar. Ushbu 
muammolar byudjet mablag‗lariga bo‗lgan ehtiyojni an‘anaviy tartibda (ya‘ni ish 
natijalaridan qat‘i nazar, smetalarni sinf(guruh)lar soni, o‗quv soatlari soni, kvadrat 
metrlarda hisoblanadigan muassasa maydoni, o‗tgan yildagi haqiqiy xarajatlar kabi 
natural va qiymat me‘yorlaridan foydalanib ishlab chiqish) aniqlash bilan bog‗liq 
holda yuzaga keladi. Muassasa tomonidan hisoblangan byudjet mablag‗lariga bo‗lgan 
ehtiyoj mahalliy (hududiy) moliya organlari yoki mahalliy boshqaruv darajasida 
(masalan, tuman – shahar xalq ta‘limi bo‗limlarida) ko‗rib chiqiladi va tegishli 
byudjet imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzatishlar kiritiladi. Bunda ta‘lim muassasasi 
uchun ajratilayotgan byudjet mablag‗larining haqiqiy miqdori aksariyat hollarda 

84
Финансирование школьного образования в Российской Федерации: опыт и проблемы. Всемирный 
банк/НФПК. М.: Изд. «Алекс», 2004. 16-стр. 


202 
muassasa tomonidan hisoblab chiqarilgan va aniqlangan ehtiyojga nisbatan ancha 
kam bo‗ladi. Alohida olingan muassasaning tasdiqlangan byudjeti xarajat moddalari 
bo‗yicha batafsil yoyib chiqilgan xarajatlar ro‗yxatidan iborat bo‗ladi. Muassasalar 
oyma-oy ushbu ro‗yxatga muvofiq xarajatlarning har bir moddasi bo‗yicha byudjet 
mablag‗larini oladilar. 
Amaliyotda muassasalar o‗z ehtiyojlari uchun zarur bo‗lgan xarajat 
miqdorlarini oshirib ko‗rsatishdan manfaatdor bo‗ladilar, ammo qat‘iy xarajat 
moddalari asosida byudjetdan moliyalashtirish jarayoni ta‘lim muassasalari 
rahbarlarining mablag‗larni taqsimlashdagi qarorlar qabul qilish bo‗yicha 
mustaqilligini cheklab qo‗yadi. Moliyalashtirishning ushbu tizimini qo‗llash 
oqibatida ta‘lim muassasalarini boshqarishdagi mustaqillik ma‘lum darajada chekla-
nib qoladi. Natijada muassasa rahbarlari ta‘lim sifati va samaradorligini oshirish 
maqsadida o‗z resurslarini samarali boshqarish imkoniyatidan mahrum bo‗ladilar. 
Bu sohada islohotlarning zarurligi va muhimligini hisobga olgan holda, respub-
likaning ayrim hududlarida byudjet mablag‗larini rejalashtirish bo‗yicha tajriba 
loyihalarini boshlash, ushbu loyihalar doirasida jon boshiga moliyalashtirishning 
yangi tizimini sinab ko‗rish to‗g‗risida qaror qabul qilindi. Loyiha dastlab 
umumta‘lim muassasalarini qamrab oldi. Bu kabi loyihalar ta‘lim muassasalari uchun 
ajratiladigan byudjet resurslarini boshqarish va muassasa byudjetini shakllan-
tirishning muqobil mexanizmlarini joriy etish maqsadlarini ko‗zlab amalga oshirildi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish