3.2 Tajriba sinov natijalari.
Bitiruv malakaviy ishi maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda dars
jarayonining samaradorligini oshiruvchi quyidagi amaliy tamoyillar aniqlandi va
joriy qilindi.
1. Sanoat tarmoqlari va iqtisodiy geografik tushunchalarni shakllantirishga
doir metodlar o‟rganildi va ilmiy tahlil qilindi. Umumta‟lim maktab muassasi
o‟quvchilarida O‟zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi faniga oid iqtisodiy
geografik bilimlarni shakllantirish pedagogik muammo ekanligi nazariy va
amaliy jihatdan asoslandi.
2. O‟quvchilarda iqtisodiy georafik tushunchalarni shakllantirishning
pedagogik jihatlari o‟rganildi.
3. “O‟zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fani tarkibidagi sanoat
tarmoqlari, iqtisodiy geografik tushunchalarni o‟quvchilarda shakllantirish
mazmunini ishlab chiqilib, shakl va usullari aniqlandi.
4. “O‟zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fanining “O‟zbekiston
sanoati” tarmoqlari majmui boyicha iqtisodiy geografik bilim va tushunchalarni
shakllantirishning ilmiy-metodik asoslarini milliy, umuminsoniy va ekologik
ta‟lim-tarbiya uyg‟unligini shakllantiruvchi samarali usullar ishlab chiqildi.
5. “O‟zbekiston
iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyasi”
fanini
o‟qitishda
o‟quvchilarning mustaqil fikrlash ko‟nikmasini rivojlantiruvchi turli metodik
ishlanmalar ishlab chiqildi va tajriba-sinovdan o‟tkazildi.
Bundan tashqari, psixologik jihatdan darsning yengil va samarali olib
borilishiga erishish mumkinligini aniqlandi. Geografik о‘yin yuzasidan
sо‘rovnoma о‘tkazilgan 48 о‘quvchidan: 33%i baholarni yuqori kо‘tarish
imkoniyati sifatida; 40 %i о‘z-о‘zini namoyon qilish imkoniyati sifatida; 15 %i
maktab dasturi doirasidagi qiziqishlarini qondirish yо‘li sifatida, 12 %i mustaqil
harakatlanish imkoniyati sifatida ta’riflaganlar. Bir qator о‘quvchi va
о‘qituvchilarni darsning noan’anaviy usuli, geografiya xonasining noan’anaviy
jihozlanishi va qо‘shimcha geografik bilimlar manbai bо‘lgan geografik о‘yinlar
59
о‘ziga jalb qildi. Ayniqsa, rolli о‘yinlar о‘quvchining о‘qituvchi bilan dars va
darsdan tashqari ham mualliflikda bо‘lish imkoniyatini berdi. Ushbu tajriba
birgina dars jarayonida qо‘llangan о‘yin yoki uning elementi о‘quvchilar
faolligini, ularning fikrlash darajasini oshira olmasligini va albatta, bu usullarni
muntazam ravishda turli mavzularda qо‘llansagina samarasi yuzaga chiqishini
isbotlaydi. Tajribalar yana shuni ko`rsatdiki, darslik matnidagi illyustratsiyalar
bilan ishlashda o`quvchilar dastlabki paytlarida birmuncha qiynaldilar.
Darslarda ular bilan izchil va muntazam ishlash yaхshi natijalar bеrdi. Ayniqsa
o`quvchilarni darslik matni bo`yicha qo`shimcha illyustratsiyalar tuzishga,
mavjudlarini qiyoslay оlishga o`rgatish mavzuning to`laqоnli egallanishiga
yordam bеrdi. Bu ularda darslik bilan ishlash ko`nikmalarini shakllantirish
muhim оmil hisоblandi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda tajriba
amaliyot jarayonida “O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fanini
o’qitishning faol innovatsion metodlari; sanoatning barcha tarmoqlarining
rivojlanishi darajasining mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatini;
geografik ob’ektlarning joylashishi va ahamiyati; geografik tushunchalarning
ta’rifi, ularning faoliyati, ishlab chiqarish manba’lari; soda va murakkab
tushunchalar; ishchi daftarni yaratish; o’qituvchining yangi mavzuni bayon
qilishi, darsga tayyorgarlik ko’rishi; “O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi”
fanidan mustaqil ishlar, ularning turlari va ularga qoyiladigan talablarni o’z
ichiga oluvchi o’quv-uslubiy qo’llanma joriy qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |