1246 yil, iyun, Konya.
Bu miyasi yo'q shahar ahli samo raqsini
shakkoklik deyapti. Ularga quloq solsangiz,
Xudo har bir narsani o'z musiqasi bilan
yaratishga yaratgan, lekin yaratgach, O'zi bu
musiqani eshitishni taqiqlagan bo'lib chiqadi.
Nahotki ular tabiatdagi har bir narsa kuylab
turganini tushunishmasa? Axir koinotdagi har
bir narsaning o'z muayyan maqomi bor:
yurakning urishida, qushlar qanotlarining
silkinishlarida, tunda shamolning derazaga
urilishida, temirchi dastgohida metalldai
chiqqan ovozida, bular hammasi hali
tug'ilmagan bolani ona qornidaligidayoq
qurshab turadi… Buyuk musiqaning
yaralishida dunyodagi barcha narsalar bor
ehtiroslari va o'z ixtiyorlari bilan qatnashadi.
Aylanuvchi darvishlar raqsi - bu cheksiz
zanjirning bir bo'g'imi. Bu Ummon suvining
bir tomchisida butun ummon gavdalangani
kabi go'yo.
Tomoshadan bir necha soat oldin biz Rumiy
bilan muroqaba qilish uchun hech kim yo'q
xonaga kirdik. Tomoshada qatnashadigan olti
darvish ham biz bilan birga edi. Hammamiz
tahorat olib, duo qildik. Keyin tayyorlab
qo'yilgan kiyimlarimizni kiydik. Biz qanday
kiyimlar kiyishimizni ancha oldin kelishib
olgan, eng oddiy matolarni tanlagan edik. Mis
rangidagi qalpoqlar qabr toshlari rangini, uzun
oq yubkalar kafan rangini, qora yoping'ichlar
qabr rangini majozi edi. Bizning raqsimiz
so'fiylarning «men» haqidagi tasavvurlarini
ifodalar edi.
Sahnaga chiqishdan oldin Rumiy dedi:
- Biluvchi yo'q endi va u faqat tuyg'ularni
qoldirib ketdi,
Faqat olti yo'nalishni tushunmoq bizga qoldi.
Shu tarzda biz tayyor bo'ldik. Eng oldin nay
chalindi. Keyin Rumiy samo azonchisi rolini
ijro etish uchun sahnaga chiqdi. Keyin birin-
ketin darvishlar ham boshlarini kamtarona egib
chiqishdi. Eng oxiri shayx chiqishi kerak edi.
Men qat'iy ravishda bu rolni o'ynashdan bosh
tortdim, Rumiy esa shu rolni o'ynashimni
qattiq so'rayverdi.
Keyin Hofiz Qur'ondan yerdagi belgilar haqida
oyatlar o'qildi.
Undan keyin nay va rubob ovozlari ostida tavof
ohangi yangradi.
Tingla naydin, chun hikoyat aylagay,
Ayriliqlardin shikoyat aylagay.
Men qamish erdim, kesib keltirdilar
Nolishimdin el hama o'rtandilar.
Oldin birinchi darvish o'zini Xudoga topshirib,
aylana boshladi, libosining etaklari ohista
shitirlardi. Tez orada biz hammamiz aylana
boshladik, nafaqat biz o'zimiz, balki
tomoshabinlar ham Bir Butunlik holatiga
yetmagunimizcha aylandik. Osmonlardan
nimaniki qabul qilsak, yerga, Xudodan
olganlarimizni odamlarga uzata boshladik.
Bizlar Oshiqni Ma'shuq bilan birlashtiruvchi
zanjir bo'ldik. Musiqa to'xtaganidan keyin
hammamiz bir vaqtda koinotning asosiy
quvvatlari bo'lmish olov, shamol, tuproq va
suvga, shuningdek, beshinchi unsur bo'lmish
bo'shliqqa ta'zim qildik.
Tomoshadan keyin Kayxusrav bilan mening
oramda bo'lib o'tgan hodisadan
afsuslanmayman. Lekin har holda Rumiyni
qiyin ahvolga solib qo'yganimdan noqulaylik
his etayapman. Dunyoviy qudrat egalaridan
tegadigan imtiyozlar va rahnamoliklarga
o'rgangan Rumiy hech qachon hukmdordan
bunchalik uzoqlashmagan edi. Ammo endi u
hech bo'lmasa, oddiy odamlar qanday
yashashlarini - hukmdor tabaqa bilan ko'pchilik
xalq orasidagi devorning naqadar balandligini
his eta oladi.
Shuning bilan birga, anglashimcha, mening
Konyada bo'lish muddatim ham qisqarib
bormoqda.
Ishq va do'stlik har safar kutilmagan
o'zgarishlarning sababchisi bo'ladi. Agar biz
ishqni tuygunimizga qadar qanday bo'lgan
bo'lsak, shundayligimizcha qoladigan bo'lsak,
demak, bu ishq etarlicha kuchli emas ekan.
Poeziya, musiqa va raqs sirlariga oshno bo'lish
miyning shaxsida sodir bo'lgan o'zgarishlarga
xotima bo'ldi. U ilgari she'riyatni inkor etgan,
o’quvchilariga dars berayotganida yoki
hamshaharlaru xutbasini
tinglaganlarida o'z ovozidan zavqlanib yurgan
olim va va'zxon edi. Endi esa, garchi o'zi buni
hali haqiqiy anglab yetmagan bo'lsa hamki,
shoirga aylandi. Menga kelsak, men ham
o'zgardim va hamon o'zgarayapman. Men
borliqdan Hech nimaga o'tish yo'lidaman. Bir
davrdan boshqasiga, hayotdan o'limga.
Bizning do'stligimiz Xudoning lutfi, marhamati
bo'ldi. Biz birga mutloq to'liq hayot baxtidan
zavqlandik, gullab-yashnadik, quvonchga
to'ldik, pishib etildik.
Bobo Zamonning bir vaqtlar aytgan gaplari
esimda: dunyoni o'z ipagi bilan qoyil qoldirish
uchun ipak kurti o'lishi kerak. Tomoshabinlar
ketishgach, Rumiy bilan to'liq sokinlikda o'tirar
ekanmiz, bizning rumiy bilan birga
o'tkazayotgan vaqtimiz o'z nihoyasiga
yetganini angladim. Biz birga bo'la oldik va
birga-likda borliq naqadar go'zal bo'lishi
mumkinligini o'z boshimizdan kechirdik; biz
ikki ko'zgu bir-birini aks ettirgandagi
cheksizlik nimaligini angladik. Ammo «Qalbi
og'rimaganda Ishq bo'lmaydi», degan qadimgi
maqoldan ham qochib qutulib bo'lmaydi.
Ella
Do'stlaringiz bilan baham: |