Tadbirkorlik faoliyati bozor xo’jaligining ajralmas qismi qisoblanadi. Tadbirkorlik tarixi
Burjua klassik siyosiy iqtisodida "Tadbikorlik" tushunchasi XUII asrda paydo buldi va
ko’pincha "Mulkdor" iborasi bilan bir xil tushunilgan. Xususan A.Smit tadbirkorlikni foyda
olish uchun qandaydir tijorat g’oyasini amalga oshirish maqsadini ko’zlab tavakkalchilik bilan
ish ko’ruvchi mulkdor deb xarakterlaydi. U o’zini ishlab chiarishni tashkil qiladi, rejalashtiradi,
Keyinchalik real xo’jalik hayotida qatnashuvchi kapitalning mulkdor kapitaldan
ajralib chiqishi natijasida "tadbirkorlik" tushunchasi "mulkdor" tushunchasiga to’g’ri kelmay
J.B. Sey tadbirkorlikni ancha keng ta'riflaydi. Uning fikricha, tadbirkor eng ko’p
mahsulot olish maqsadida ishlab chiqarish omillarini bir-biriga uyg’unlashtirish ishlari bilan
shug’ullanuvchi iqtisodiy gumashta (agent). Avstriya maktabining ko’zga ko’ringan
namoyondalari (I.SHumleyter, F.Xayeka) asarlarida tadbirkor xo’jalik yurituvchining o’ziga
xos ijtimoiy psixologik tipi shaklida talqin qilinadi. Ular uchun asosiysi turli-tuman bozor
imkoniyatlarini tahlil qilish va foydalanish, navotorlik g’oyalarini amalga oshirish va x.k.
Masalan, I.SH.SHumleyter tadbirkorlik bu ish turi emas, balki tabiatan aql to’zilishi va xossasi
Hozirgi zamon g’arb adabiyotida ham tadbirkorlik foyda olish maqsadini ko’zlab
xo’jalik yuritish san’ati, iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik, tashabbusning yorqin namoyon
bo’lishi, navotorlik, xavf-xatarga doim tayer bo’lish va shu kabi ko’p qrrali tomonlari bilan
qaraladi.
Hozirgi kunda bizning iqtisodiy tafakkurimizning aniqrog’i boshqarish nazariyasi ham
adbirkorlik faoliyatini shunday tushunish tomon bormokda. SHu bilan birga tovar, raqobatli
xo’jalik to’qilishi sharoitida ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish to’g’risida gap
ketganda, so’zsiz shaxsiy mahorat, zexn, qiziqish asosiy rol' o’ynaydi. SHu sababli bizning
respublikada tadbirkorlikka yo’l ochuvchi va uning sub'ektlari xuquq va majburiyatlari tartibga
soluvchi birinchi qonuniy hujjatda bu faoliyat turli mulkiy mas'uliyat ostida foyda olish uchun
fuqoro uyushmalarining mustaqil tashabbuskorlik faoliyati sifatida ta'riflanadi.
Aniqroq aytganda tadbirkorlik-mulk sub’ektlarining foyda olish maqsadida tahlika
(tavakkalchilik) bilan hamda mulkiy javobgarlik asosida, amaldag’i qonunlar doirasida o’z
tashabbusi bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatish va uni muvofio’lashtirish.
Bunda tadbirkorlikning sof kapitalistik ekspluatatorlik mohiyatiga olib keluvchi,
an'anaviy sinfiy xarakteristikasi emas, balki inson faoliyatining shu sohadagi funktsional
vazifasi, uning jamiyatda tutadigan o’rni va ijtimoiy roli ko’zda tutiladi.
Tadbirkor bozordagi ehtiyoj yoki istakni qondirish imkoniyatlarini oldindan ko’ra oladi
va ularni qondirish niyatida zarur bo’lgan sarmoyalarni jalb qiladi, ishchi kuchi va ishlab
chiqarish vositalarini ishlab chiqarish jarayonida birlashtiradi.
Agar tadbirkorlik faoliyati uning maqsadi va vazifalari tomonidan yondashilib talqin
qilinsa, u avvalo bozor xo’jaligi iqtisodiy manfaatlarini amalga oshiruvchi gumashta sifatida
gavdalanadi.
Yanada aniqroq ma'noda u bozor iqtisodietining alohida bug’inlarida takror ishlab
chiqarish borasida xizmat qiluvchi va faoliyat ko’rsatuvchi tashkiliy-iqtisodiy, moliyaviy,
xuquqiy va boshqa xo’jalik munosabatlarining majmuidir. Ishlab chiqarish jarayonida
foydalanadigan mulk va boshqa boyliklar tadbirkorlik faoliyatisiz o’zini iqtisodiy jixatdan to’la
namoyon qilmaydi va shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchilarga etarli daromad keltirmaydi.
SHu sababli tadbirkorlik obrazli qilib aytganda, har bir xo’jalik bug’inlari hayotiy faoliyatini
saqlab turuvchi va "buyumlarni ijtimoiy ayirboshlashni ta'minlovchi bozor xo’jaligining qon
aylanishi sistemasidir".
Tadbirkor-bu dadil, muhim va murakkab maqsadlarni ryobga chiqarishga jazm etib,
yangi qoyalarni amalga oshirish bilan bog’li’q butun mas`uliyatni o’z zimmasiga olib tavakkal
ish brituvchi shaxsdir.
Tadbirkorlik- bu mulkchilik sub’ektlarini foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy
javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishidir.
Biznes- bu puldan pul keltirib chiqarishdir. P-T-P ya`ni ruxsat etilgan, jamiyat a`zolariga
naf keltiruvchi faoliyat bilan shug’llanib, pul, daromad topishni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: