3-§. Hol
Odatda fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan
bog‘lanib, undan anglashilgan ish-harakatning belgisini bildiradigan ikkinchi
darajali bo‘lakka hol deyiladi. Hol ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning
bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rin, payt, sabab, maqsad, miqdor-daraja kabilarni
bildiradi. Hol ravish, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari shakllaridagi ot yoki
ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar, sifat, son, fe’l shakllari, taqlid so‘z hamda so‘z
birikmasi orqali ifodalanadi.
Ravish, asosan, hol vazifasini bajaruvchi mustaqil so‘z turkumidir. Masalan:
Faqat idora yaqinidagi MTS tomonidan yakka traktorning o‘qtin-o‘qtin gurillagani
eshitildi. (O‘.Hoshimov). Asta esa boshlagan shamol tumanni pastliklarga olib
ketdi. (J.Abdullaxonov).
Gapda hol bo‘lib kelish fe’lning ravishdosh shaklining ham asosiy
vazifalaridandir. Masalan: Tomchilarning derazaga chirsillab urilishi aniq eshitila
boshladi. (O‘.Hoshimov). Erali bu gaplarni choyxonada odam gavjum paytida
maqtana-maqtana aytib berdi. (S.Ahmad).
Ot jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigida kelib yoki ko‘makchi bilan birga
ishlatilib hol vazifasini bajarishi mumkin: Toshkentga butun mamlakatdan katta
geolog olimlar kelishgan. (S.Karomatov). Mashina shiddat bilan qaltis tog‘
yo‘lidan uchib ketdi. (O‘.Hoshimov).
Harakat nomi gapda hol bo‘lib kelganda, u ham ot kabi shakllanadi:
Mehmonlarni kutish uchun boqqa dasturxon tayyorlatib qo‘yishgan edi.
(S.Ahmad).
Taqlid so‘z ham gapda hol vazifasida kela oladi: Toshlar havoni g‘iz-g‘iz
yorib o‘tadi. (Oybek). Ko‘chadan dupur-dupur o‘ynoqlab bir gala otlar o‘tadi.
(J.Abdullaxonov).
Ba’zan hol so‘z birikmasi bilan ifodalanadi: Tong otar payti bulbullar
paydar-pay sayraydi. (S.Ahmad). Aqlni o‘stirmoq uchun hadeb o‘qiyvermasdan
ko‘proq fikrlash kerak. («Tafakkur gulshani»).
Hol o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan «hol-hollanmish» sintaktik
munosabatini yuzaga keltiradi.
Hollar ma’nolariga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi.
Ravish holi ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday?
qanday qilib? qay tarzda? qay holda? degan so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi.
U quyidagicha ifodalanadi:
1. Holat ravishi bilan: Qiz unga pianino chalib berar, unda muzikaga mehr
uyg‘ otish ishtiyoqi borday ko‘rinardi. (J.Abdullaxonov). Sahnada hozir biron
yangilik yuz berishi kerakday, hamma nafasini ichiga yutib, jimgina tikilib qoldi.
Birdan qarsak chala boshladilar. (J.Abdullaxonov).
2. Ravishdosh bilan: To‘rg‘aylar bir nuqta ustida qanot qoqib g‘ujurlashadi.
(P.Qodirov). Temirjon ularning kuyib-pishib bir-birlariga gap uqtirishlarini ko‘rib,
o‘qituvchilarning muvaffaqiyatidan qanchalik faxrlanishlarini his qila boshladi.
(J.Abdullaxonov). Qiqirlab kulganicha qochib borayotgan qizning ortidan jilmayib
201
qarab turdi. (J.Abdullaxonov). Ona yana o‘ylay-o‘ylay o‘yiga etolmay qoldi.
(J.Abdullaxonov).
3. Sifatdosh+ «holda» ko‘makchi so‘zi bilan: Bu payt YUlduzning
dugonalari o‘zaro bahslashgan holda yaqinlasha boshladilar. (J.Abdullaxonov).
4. Bosh kelishikdagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan ot bilan: U qator o‘sgan
chinorlar kavagidan bittadan ettita xum olib ularga beribdi. (S.Ahmad).
Turmushning yaxshi o‘tib, farovonlik bilan yashashni istasang, isrofgarchilikka
yo‘l qo‘yma. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
5. Sifat bilan: Qiyshiq o‘tirsang ham, to‘g‘ ri gapir. (Maqol). Albatta,
mendan ko‘ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov).
6. Taqlid so‘z bilan: Ufqqa yonboshlagan quyoshning so‘nggi nurlaridan
yaltiragan mirzateraklar uchidagi nurlar lip-lip o‘chdi. (J.Abdullaxonov). Ba’zilar
negadir hiring-hiring kulishar, pichir-pichir so‘z qotishardi. (J.Abdullaxonov).
7. Frazeologik ibora bilan: U tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ko‘chaga chiqdi.
(F.Musajonov).
Payt holi ish-harakatning bajarilish paytini, uning chegarasini bildirib,
qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi.
Payt holi payt ravishi, ravishdosh, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi
so‘zlar bilan, ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi.
Masalan: Tomosha qilib turganlar doim uni kulgi qilishardi. (P.Qodirov). Ertalab
bolalar uchun olgan suvlaridan ozgina qolgan edi. (P.Qodirov). Hech qachon o‘z
aybingni birovga yuklashni o‘rganma!.. (J.Abdullaxonov). YOshligingda odat
qilsang, qariguncha ko‘nikasan, qariganingda odat qilsang, ko‘nikkuncha
ko‘milasan. (Maqol). O‘ttizida er atangan, qirqida SHer atanar. (Maqol). Kuni
bilan jiyanlarini erkalatib, soy bo‘ylarida aylandi. (J.Abdullaxonov). Biz dam olish
kuni shahardan tashqariga, Bo‘zsuv bo‘yiga chiqdik. (O.YOqubov).
Payt holi harakatning bajarilish paytini bildiradi: SHunday diqqat bo‘lgan
kunlarning birida Tolibjon kechasi xontaxtaga bag‘ rini berib... xat yozdi.
(S.Ahmad). Temirjonning ongi hech qachon bunchalik yangiliklar bilan
boyimagan edi. (J.Abdullaxonov).
Payt holi harakatning bajarilishidagi chegarani bildiradi: YAngi yilgacha
yog‘ingarchilik kam bo‘ldi... (J.Abdullaxonov). Ertalabdan to qorong‘i tushgunga
qadar barcha qatori dala qoshidan nari ketmasdi. (J.Abdullaxonov). Temirjon
allamahalgacha uyqusi qochib, Usmonali otaning Hilol aka haqidagi gaplarini
eslab yotdi. (J.Abdullaxonov). Men yigirma besh yildan beri paxta ekaman.
(J.Abdullaxonov).
O‘rin holi ish-harakatning bo‘lish, boshlanish, yo‘nalish o‘rnini bildirib,
qaerda? qaerdan? qaerga? qaergacha? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi.
O‘rin holi o‘rin ravishi, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar
hamda ko‘makchili ishlatilgan otlar, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan:
Unda yuqoridan shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib, qirg‘
oqqa sapchib oqardi. (S.Ahmad). Afsus, oyoqlar ostida tuzoqlar ko‘p. (T.Malik).
Osmoni falakka burgut qanotini tarang yozib uchadi. (S.Ahmad).
O‘rin holi ma’nosiga ko‘ra uch xil:
202
1. Ish-harakatning bo‘lish o‘rnini bildirib, qaerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
U o‘rin ravishi, o‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar hamda ko‘makchili ishlatilgan
so‘zlar bilan ifodalanadi: Bostirmada g‘ildiraklari olingan... «Volga» mashinasi
turibdi. (P.Qodirov). YUqorida ... bola shatirlashni eshitgan zahoti bu tomonga
qarab chopgan edi. (P.Qodirov). Ular yuqoridan shildirab tushayotgan suv bo‘yida
archa bilan ayqashib o‘sgan zirk tagida o‘tirib ovqatlanishadi. (P.Qodirov).
2. Ish-harakatning yo‘nalish o‘rnini yoki harakatning bo‘lishidagi eng
so‘nggi chegarani bildirib, qaerga? qaergacha? so‘rog‘idan biriga javob bo‘ladi: U
Tolibjonga ro‘para kelishdan qo‘rqib, so‘qmoqdan o‘ngga burildi... (S.Ahmad).
Ishkomlar tunnel singari bir tekis olis-olislarga cho‘zilgan. (J.Abdullaxonov).
Qo‘rg‘ oshindek qora bulutlar Oyqor tog‘lari tomon o‘tib ketdi. (S.Ahmad). –
Kelib turing, xolla,- eshikkacha kuzatib qo‘ymoqchi bo‘ldi Qunduz.
(J.Abdullaxonov).
3. Ish-harakatning boshlanish o‘rnini ifodalab, qaerdan? so‘rog‘iga javob
bo‘ladi: Ministrlikdan telefon qilishardi. (J.Abdullaxonov). Ammo qayoqdandir
hoshiya tortib kelayotgan qora bulut uning yuzini sholday bir nafas o‘rab turdi... .
(J.Abdullaxonov). Temirjon haligina kutubxonadan olib kelib, divanga betartib
sochib qo‘ygan kitoblariga qaradi. (J.Abdullaxonov).
Sabab holi ish-harakatning bajarilish sababini anglatib, nimaga? nima
uchun? nima sababdan? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi.
Sabab holini ko‘pincha «uchun», «sabali», «tufayli», «bois» kabi
ko‘makchilari yoki chiqish kelishigi –dan affiksi shakllantiradi.
Sabab holi ravish, ot, olmosh, sifatdosh, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi.
Masalan: U tortinchoqligi, parishonholligi tufayli ayrimlarga g‘alatiroq
ko‘rinayotganini ham seza boshladi. (J.Abdullaxonov). Samolyot yomg‘irdan
qorayib yotgan beton yo‘lkadan shiddat bilan yugurgilab bordi. (O‘.Hoshimov).
Muvaffaqiyatsizliklardan ranjishlar yo‘llariga g‘ ov bo‘lmas. (J.Abdullaxonov).
Negadir birdan zildek bo‘lib ketgan qo‘lini arang ko‘tarib, qo‘ng‘iroq tugmasini
bordi. (F.Musajonov). Hozirgina savdosi yaxshi bo‘lganidan Azizbekning ko‘ngli
vayron bo‘ldi. (S.Ahmad).
Maqsad holi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nima uchun?
nimaga? nima maqsadda? degan so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi.
Maqsad holini ko‘pincha «uchun», «maqsadida», «niyatida» yordamchi
so‘zlari, shuningdek jo‘nalish kelishigi –ga affiksi shakllantiradi.
Maqsad holi ravish, ravishdosh, ot, frazeologik ibora, harakat nomi, so‘z
birikmasi bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: Qadamimni ataylab dadil-dadil
bosaman. (P.Qodirov). Ular baliqlarni tomosha qilgani pastga tushishdi.
(S.Ahmad). ... Votti kennoyi andak ko‘nglini yozib ketish uchun kelgan ko‘rinadi.
(J.Abdullaxonov).
Miqdor-daraja holi ish-harakatning bajarilishini miqdor jihatdan belgilab,
qancha? necha marta? qanchalab? kabi so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Miqdor-daraja holi ko‘pincha miqdor-daraja ravishlari bilan ifodalanadi:
Gapni oz so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla. (Maqol). Dodamat akaning qotma va abjir
gavdasiga mos qoramag‘iz basharasi Ahmadga borgan sari ko‘proq yoqardi.
(F.Musajonov). Bular dushman pozitsiyasiga mumkin qadar yaqinroq borib, biron
203
qulay joyda soatlab... poylab etishadi. (A.Qahhor). Elkasiga charm xalta osgan
yigit tarjimon bilan xiyla tortishib qoldi. (J.Abdullaxonov).
Miqdor-daraja holi son bilan ifodalanadi. Bunda son yakka o‘zi yoki
«marta», «karra» so‘zlari bilan kelib miqdor-daraja holi vazifasini bajaradi: Etti
o‘lchab, bir kes. (Maqol). Ana shunaqa, azizlar, fan yana bir karra g‘alaba qozondi.
(J.Abdullaxonov). Ortiq ham ayiq ovini bir marta ko‘rgan. (P.Qodirov).
So‘z birikmasi ham miqdor-daraja holi vazifasini bajarishi mumkin.
Masalan:
Mehmonlar
yana
bir
necha
muddat
teplitsani
aylanishdi.
(J.Abdullaxonov).
Do'stlaringiz bilan baham: |