Ona tili darslik



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   542
Bog'liq
ona tili

1. Egasi topiladigan gap 
 
Egasi  topiladigan  gaplarda  Egasi  kesim  orqali  beriladigan  so‘roq  bilan 
topish  mumkin.  Bunday  gaplar  shaxsi  aniq,  shaxsi  noaniq,  shaxsi  umumlashgan 
gaplarga bo‘linadi.  
Shaxsi aniq gap. Kesimi, asosan, fe’l bilan, ba’zan fe’ldan boshqa so‘z bilan 
ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turadigan bir bosh bo‘lakli 
gap shaxsi aniq gap deyiladi. 
Shaxsi aniq gaplarda ega Lesik jihatdan shakllanmaydi va unga hech qanday 
ehtiyoj  ham  bo‘lmaydi;  kesim  vazifasida    kelgan  so‘z  tarkibidagi  tuslovchi 
affikslar shaxsni aniq ko‘rsatib turadi.  
Shaxsi aniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi: 
1.  Aniqlik  (ijro)  maylidagi  fe’l  va  boshqa  so‘z  turkumlari  bilan.  Masalan: 
Ertalabki  poyezddan  qolmaslik  uchun  shoshilib  chiqib  ketayotgan  edi. 
(O‘.Hoshimov). 
Shaxsi  aniq  gap  kesimining  aniqlik  maylidagi  fe’l  bilan  ifodalanishi 
quyidagicha: 
a)  o‘tgan  zamon  fe’l  shakllari  bilan:  Ular  bilan  ham  murosa  qilolmagan 
edingiz-ku ... (P.Qodirov). Abdukarimova haqida bilmoqchi edim. (F.Musajonov). 
b) hozirgi zamon fe’l shakllari bilan: Endi ularning xatosini tuzatish uchun 
qancha  mashaqqat  chekamiz.  (P.Qodirov).  Gapimni  tushuntirolmay  qolamanmi 
deb qo‘rqyapman. (J.Abdullaxonov). 
v)  kelasi  zamon  fe’l  shakllari  bilan:  Hech  kim  bilan  hech  qanaqa  raqobat 
qilmoqchimasman. 
(J.Abdullxonov). 
Saviyasini 
tekshirmoqchimisan? 
(F.Musajonov). 
2. Buyruq - istak mayidagi fe’l bilan: - Xatlarni menga bering! – deb qoldi 
Tolib aka. (F.Musajonov). Gazeta ishidan misol keltiib gapiray. (F.Musajonov). 
3. Shart maylidagi fe’l bilan: 
Xulosangizga  astoydil  ishonsangiz,  nimdan  qo‘rqasiz?  Tushuntirsangiz, 
tushunishadi. (J.Abdullaxonov). 
Shaxsi  aniq  gapning  kesimi  ba’zan  fe’ldan  boshqa  so‘zlar  bilan  ham 
ifodalanishi  mumkin.  Masalan:  Kelishgan,  o‘qimishlisiz,  buning  ustiga  yoshsiz. 
(F.Musajonov). Mulla Usmon, ... hammasidan xabardorsiz. (P.Qodirov).  
Shaxsi  aniq  gaplar  badiy  adabiyotda,  ayniqsa,  dialogik  nutqda  ko‘p 
qo‘llanadi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish