11. Qaysi qatorda so‘z birikmasi bor? A) O‘zbekiston Oliy Majlisi B) va’da bo‘yicha C) mehnatiga yarasha D) ota yurt 12. Bosh so‘z ravish bilan ifodalangan otli birikmani toping. A) hammadan kuchli B)farovon hayot C) haqiqatga yaqin D) ko‘p gapirmoq 13. Bosh so‘z sifatdosh bilan ifodalangan so‘z birikmasini toping. A) vazifani bajarib B) kelajakka umid C) chet elda o‘qigan D) o‘qigan bola 14. Qaysi qatorda so‘z birikmasi yo‘q? A) elga xizmat B) bir-biriga oqibatli C) sohil bo‘ylarini kezmoq D) ko‘ngli keng 15. Ot+ravish shaklidagi birikmalarda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi asosiy vositalarni toping. A) kelishiklar B) ko‘makchilar C) tartib va ohang D) kelishik va ko‘makchilar 16. Bosh so‘z ravishdosh bilan ifodalangan fe’lli birikmani toping. A) gulni sevmoq B) senda ko‘p C) hurmat bilan yondashgan D) idishlarni arta-arta