170
So‘zlarning, shuningdek, gaplarning orasidagi bog‘lanish, aloqa ikki xil
bo‘ladi:
1) teng bog‘lanish, yoki teng aloqa; 2) tobe bog‘lanish, yoki tobe aloqa.
Teng bog‘lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo‘lgan, biri ikkinchisiga
bo‘ysunmagan so‘zlarning yoki gaplarning aloqasidir. Bunda teng aloqadagi
so‘zlar yoki gaplar o‘zaro teng bog‘lovchilar, teng bog‘lovchi vazifasidagi
yuklamalar, sanash ohangi (ohang) yordamida munosabatga kirishadi.
Masalan:
1. Beminnat qilingan ezgulik eng maqbul va go‘zal ezgulikdir. (Oz-
oz o‘rganib dono bo‘lur). 2. Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik aybdir. (Oz-oz
o‘rganib dono bo‘lur).
Birinchi misolda
eng maqbul, go‘zal sifatlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda
uyushiq sifatlovchilar vazifasini bajargan. Ikkinchi misolda esa
Bilmaslik ayb
emas va
Bilishni istamaslik aybdir gaplari bir-biri bilan teng aloqaga kirishgan.
Tobe bog‘lanishda biri hokim, ikkinchisi tobe bo‘lgan qismlar (so‘zlar,
ergash gapli qo‘shma gap qismlari) o‘zaro aloqaga kirishadi. Ularning biri
ikkinchisini aniqlash, izohlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Aniqlaydigan,
izohlaydigan, to‘ldiradigan qismi tobe, izohlanadigan qism hokim deb yuritiladi:
1.
Kitobni o‘qimoq, qiziqarli voqea. 2. Kimning himmati baland bo‘lsa, qadr-qimmati
ham bo‘ladi (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Birinchi misolda so‘z birikmasi
tarkibidagi so‘zlardan biri hokim qism
(o‘qimoq, voqea), ikkinchisi
(kitobni,
qiziqarli) tobe qism bo‘lib kelgan. Ikkinchi misolda ergashgan qo‘shma gapning
qismlaridan biri
«qadr-qimmati ham baland bo‘ladi» hokim qism, bosh gap
sifatida, ikkinchisi
«kimning himmati baland bo‘lsa» tobe qism, ergash gap sifatida
qatnashgan. Shunday qilib, bog‘lanishning ikki xil turini so‘zlar orasida ham,
gaplar orasida kuzatish mumkin. (Gaplar orasidagi bog‘lanish haqida «Qo‘shma
gap» bo‘limida bahs yuritiladi).
So‘zlar orasidagi tobe bog‘lanish ikki xil bo‘ladi:
1) predikativ tobe bog‘lanish; 2) nopredikativ tobe bog‘lanish.
Ega va kesimning bog‘lanishi
predikativ tobe bog‘lanish hisoblanadi va
bunday bog‘lanishdan gap hosil bo‘ladi. Tobe (ergash) bog‘lanishning qolgan
ko‘rinishlari (aniqlovchi+aniqlanmish, to‘ldiruvchi+to‘ldirilmish, hol+hollanmish)
nopredikativ tobe bog‘lanish bo‘lib, bunday bog‘lanishdan so‘z birikmasi yuzaga
keladi. So‘zlarning nopredikativ tobe bog‘lanishi uch xil bo‘ladi: 1) boshqaruv;
2) bitishuv; 3) moslashuv.
Do'stlaringiz bilan baham: