Ona tili darslik


yuklamalar miqdorini aniqlang



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   542
Bog'liq
ona tili

yuklamalar miqdorini aniqlang. 
A) 1                        B) 2                    C) 3                   D) 4    
36.  Ota-onang  qo‘ygan  otlariga mag‘rur  bo‘lmagil,  bu  ot  yolg‘iz  tashqi  ko‘rinishgina,  xolos
Ushbu gapda yuklama vazifasida qo‘llangan so‘zlarni toping. 
A) –gina             B) xolos          C) yolg‘iz         D) -gina, xolos 
 
ALOHIDA  OLINGAN   SO‘ZLAR GURUHI 
 
 1-§.    Modal  so‘zlar 
 
     So‘zlovchining  o‘z  fikriga  bo‘lgan  munosabatini  bildiradigan  so‘zlar  modal 
so‘zlar deyiladi: Ehtimol, bugun etib kelar
     Modal so‘zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi: 
      1. Fikrning  aniqligini  ifodalaydigan  modal  so‘zlar:   
1)  fikrning  rostligi  tasdiqlanadi:  darhaqiqat,  haqiqatan,  haqiqatda,  filhaqiqat 
(arx.);  2)  fikrning  qat’iyligi  ta’kidlanadi:  shubhasiz,  shaksiz,  so‘zsiz  3)  ishonch: 
albatta  4)  anglatilayotgan  voqelikning  yuzaga  kelishi  tabiiy  ekanligini  bildiradi: 
tabiiy,  o‘z-o‘zidan,  5)  fikrning  chinligi  eslatiladi:  to‘g‘  ri,  xoynaxoy,  muhaqqaq 
(arxaik), aslida, darvoqe, rostdan. 
     2. Fikrning  noaniqligini ifodalaydigan modal so‘zlar:  
1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog‘i;  
2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;  
3) fikrning  tusmolli  ekanini  bildiradi:  aftidan;   
4)  fikrning  chinligiga  gumon  ham,  ishonch  ham  bildiradigan:    har  holda,  har 
qalay.    
     3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan. 
     4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan. 
     5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom. 
     6. Achinish: afsus, attang, esiz. 


 
 
165 
     7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim. 
     8. Quvonch: xayriyat
     9. Mavjudlik va mavjud emaslik:  bor, yo‘q.                              
    Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki  kabi modal so‘zlar ham 
mavjud. 
      Modal so‘zlarning ko‘pchiligi mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqqandir.  
1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol,  darhaqiqat; 2) sifatdan: 
yaxshi(ki),  to‘g‘  ri,  so‘zsiz,  shubhasiz,  tabiiy;  3)  ravishdan:  albatta;  4)  fe’ldan: 
xoyna-xoy  (tojikcha  xohi-naxohi    so‘zidan);  4)  bog‘lovchidan:  balki;  5)  so‘z 
birikmasidan:  har  qalay,  har  holda;  6)    gapning  modal  so‘zga  aylanishi:  holbuki 
(Hol buki); 7) so‘z tushirish natijasida hosil bo‘lgan: o‘z-o‘zidan (aniq so‘zi tushib 
qoladi).   
    Modal  so‘zlar  sof  va  vazifadosh  modal  so‘zlarga  bo‘linadi.  Haqiqatan, 
darhaqiqat,  afsuski,  attang,  albatta,  shekilli,  avvalo,  xullas,  masalan,  umuman, 
taxminan so‘zlari sof modal so‘zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo‘llanadigan 
aftidan,  chamasi,  balki,  ehtimol,  shubhasiz  kabi  so‘zlar  vazifadosh  modal  so‘zlar 
hisoblanadi. 
     Modal  so‘zlar  gap  tarkibidagi  so‘zlardan  vergul  bilan  ajratiladi  va    ko‘pincha 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish