Ekologik monitoring
Inson omilining tabiiy atrof-muqitga ta`siri (antropoten omil) borgan sari
kuchayib borayotganligini e`tiborga olib, maxsus kuzatish tizimi tashkil qilish zarurati
vujudga keldi. Mazkur kuzatishlar natijasida to`plangan ma`lumotlar tabiiy atrof-
muqitda yuz berayotgan o`zgarishlarni baqolash va tegishlи xulosalar chiqarishga
imkon berishi nazarda tutiladi.
Aslida "monitoring" atamasi inglizcha so`z bo`lib, u "kuzatish", "nazorat qilish"
ma`nosini bildiradi. Lekin oxirgi yillarda mazkur atamaning luqaviy ma`nosi juda keng
miqyosda ko`llanila boshlandi. qozirgi vaqtda "monitoring'" deganda, "atrof-muqxitni
kuzatish", "nazorat qilish", "uning qolatini boshqarish", va "tabiiy muqit qolatini
bashorat qilish" tushuniladi.
Respublikamizda tabiiy muqit monitoringi vazifalarini O`zbekiston Respublikasi
gidrometeriologiya Bosh boshqarmasi, Davlat o`rmon xo`jaligi, qishloq va suv xo`jaligi
vazirligi, Geologiya davlat qo`mitasi, Soqliqni saqlash vazirligi va shunga o`xshagan
davlat muassasalari bajaradi.
Ekologik monitoring kuzatishlari belgilangan muayyan joylarda tabiiy muqitning
inson tomonidan ifloslanishi, buzilishi va boshqa jarayonlar bo`yicha amalga oshiriladi.
Masalan, er usti suvlarining ifdoslanishi 94 ob`ektlardagi 187 nuqtalarda ma`lum bir
muddatlarda suv namunalari olib tekshiriladi. Ushbu namunalarning tarkibi (fenol va
uning birikmalari, nitratlar, xlor va fosfor organik moddalar, oqir metallar, neft
maqsulotlari, tuzlar va boshqalar) maxsus tajriba xonalarda taqlildan o`tkaziladi.
Gidrobiologik kuzatishlar esa, 50 ta suv ob`ektlarida, 77 joy va 100 kesimda olib
boriladi. Yoki yoqinlardan olinadigan namunalar bir necha meteorologik stantsiyalarda
o`rganiladi. Olingan namunalarning tarkibi (sulfatlar, xloridlar, gidrokarbonatlar,
nitratlar, kaliy, magniy, natriy. kaltsiy, ftoridlar va boshqa elementlarning mavjudligi)
maxsus tajriba xonalarda annqlanadi. yoki qor qoplamining ifloslanishi sanoati
rivojlangan shaqarlarda 26 ta modda bo`yicha tekshiriladi. qavoning ifloslanishi esa, 34
shaqarning 65 ta turqun punktlarida kuzatiladi. Ifloslangan qavodan olingan
64
namunalarda 30 ta zararli aralashmalarning kontsentratsiyalari o`lchanadi. Yoki
suqoriladigan erlarning nurlanish darajasi yilda 2 marotaba (1 aprel va 1 oktyabrda)
aniqlanadi. Tuproq tarkibidagi tuz miqdorining o`zgarishi deyarli barcha xo`jaliklarda
ma`lum joylarda kuzatib boriladi. Ushbu maydonlarda er osti suvlarining chuqurligi,
minerallashuv darajasi, tarkibi va ifloslanishi aniqlanadi. Baqolarda zovur suvlarining
minerallashuvi va ifloslanish darajasi qam ma`lum joylarda muntazam ravishda
o`rganiladi.
Tabiat komponentlari (havo, suv, tuproq va boshqalar)ning ifloslanishi, o`zgarishi
va boshqa xususiyatlari bo`yicha ilmiy-texnik hisobotlar qar yili muayyan dasturlar
asosida respublika bo`yichа yoziladi va ular tegishli muassasalarga, shuningdek,
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga yuboriladi.
Ekologik monitoring natijalari asosan mamlakatda ekologik vaziyatni muntazam
nazorat qilib turish, vujudga kelayotgan noqulay qolatlarning oldini olishga tayyorgarlik
ko`rish, chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va boshqa maqsadlar uchun zarurdir.
Ekologik monitoring axborotlari va ma`lumotlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish,
ular asosida ekologik vaziyatlar qolatining tadrijiy o`zgarishlarinи va turli
kasalliklarning yillar davomida o`zgarishini taqlil qilish uchun darkor. Xususan
qo`riqxonalarda olib boriladigan ekologik monitoringning amaliy aqamiyati beqiyos
kattadir.
SHuni alohida ta`kidlash kerakki, respublikamizda 9 ta qo`riqxona mavjud bo`lib,
shundan 3 tasi Buxoro viloyati hududidadir: Qorako`l, Qizilqum va Vardonze
qo`riqxonalari.
65
Do'stlaringiz bilan baham: |