2 4
asosan ikki qismdan tashkil topgan bo‘ladi: a) yuqori qismida o‘tirgich,
bosh va qo‘llarni qo‘yishga mo‘ljallangan moslamalar bo‘ladi; b) pastki
qismi — kreslo asosi, tagi bo‘lib, u ikkita bir-biriga kirib joylashadigan
yumaloq silindrdan iborat bo‘ladi, katta-kichik pedallar yordamida oyoq
kuchini ishlatib, stomatologik kresloni yuqoriga ko‘tarish yoki tushirish
mumkin bo‘ladi; suyang‘ich orasidagi ruchkasi yordamida kreslo o‘tir-
gichini chapga yoki o‘ngga aylantirish mumkin bo‘ladi. Silindr orasiga
mashina yog‘i quyib turish kerak bo‘ladi. Bormashinalar kabi, stomato-
logik kreslolarni juda ko‘p turi bor, yildan-yilga yangidan yangilari,
qulay, yengil, ijcham, arzon turlari yaratilyapti.
Elektr toki yordamida pastga, yuqoriga yoki vertikal, gorizontal
holatda bo‘ladigan elektr stomatologik kreslolar ham bor. Ayniqsa, chet
mamlakatdan
olinadigan asbob-anjomlar, stomatologik kreslolar,
bormashinalar, moslamalar sifatlidir. Afsuski O‘rta Osiyoda bunday
asboblarni ishlaydigan korxona yo‘q. Hozirgi vaqtda ishlatilayotgan
stomatologik kreslolar quyidagilardir: K3-2, K3-8, 9, 10, KSEI-01, 03,
04, KSRD-1 va boshqalar.
Bormashinalar turi har xildir: BES-10, BESG-08, 05, BK-1, BEPB-
3, BPK-300, BEO-30-2 va boshqalar.
Stomatologik moslamalarning
bir necha turi bor: US-30, USU-30, US-30 300, US-10 100, US-30-
05 va boshqalar. Chet ellik stomatologik moslamalardan ko‘pincha
"Yunit" Bolgariya, "Yugodent", Yugoslaviya, "Xirodent" Chexoslovakiya,
"Kavo", "Probadul" keng tarqalgan. Stomatologik kresloni (bemorni
kresloda o‘tirgan holatida) chap tomonida bormashina, moslama
o‘rnatilgan, o‘ng tomonida shifokor o‘tiradigan aylanadigan stul o‘rna-
tilgan. Shifokor o‘tirib ishlaydigan aylanadigan stul oldida dorilar, mayda
stomatologik asboblar, plomba uchun ishlaydigan materiallar va shifokor
ishlashi uchun zarur narsalar qo‘yiladigan ikki qavatli kichkina shifokor
stoli qo‘yiladi. Bu shifokor stoli va stuli engil, ixcham, ishlashga qulay
bo‘lishi kerak. Bormashina yonida bemor tuflashi uchun tufdon qo‘yilishi
kerak. Elektr lampochka yorig‘i bemor og‘zini, tishlarini yaxshi yoritib
turishi kerak. Ko‘pchilik bormashina, stomatologik moslamalarda elektr
nuri bilan yoritib turishi uchun moslamalar o‘rnatilgan. Ba’zilarida
rentgenodiagnostika, elektroodontodiagnostika apparatlari, diatermo-
koagulyatorlar, so‘lak so‘rib oluvchi, dorilarni isituvchi, yuqori bosimda
suv, xavo purkichi bo‘lgan moslamalar,
ventilyator va boshqalar
o‘rnatilgan. Stomatologiya kabinetida kreslo, bormashina, shifokor stoli,
stuli asosiy asbob anjomlarga kiradi. Bulardan tashqari yana yirik va
mayda asbob anjomlar, dori darmonlar bo‘lishi kerak. Yana yozish stoli
va bir necha stullar bo‘lishi kerak bo‘ladi. Qo‘l yuvish uchun alohida,
iflos asboblarni yuvish uchun alohida yuvgich stomatologik kabinetida
bo‘lishi kerak. Biri shifokor, tibbiyot hamshirasi qo‘lini yuvishga mo‘ljal-
langan bo‘lsa, ikkinchisida kichik shifokor hodimasi ishlatilgan kir stoma-
tologik asboblarni, instrumentlarni, lotokchalarni, tufdonni tozalaydi.
2 6
2) Tishdagi kavakni kavlashda, tozalashda asosan borlar ishlatiladi.
Borlar asosan toza po‘latdan tayyorlaniladi, bosh ishlaydigan qismi va
sterjenida o‘qi bo‘ladi. Borlar asosan ikki xilga bo‘linadi: to‘g‘ri va
burchakli uchlar uchun ishlatiladigan borlarga bo‘linadi. Biri uzunroq,
ikkinchisi kaltaroq va bo‘yin qismida ariqchasi bo‘ladi. Qattiq birikmalar
(karbidvolframli) bosh qismi olmos bilan qoplangan baquvvat borlar
ham bor. Borlarning bosh qismi katta kichikligiga qarab nomerlanadi,
¹0 dan to ¹13 gacha. Burchakli uchlar uchun ishlatiladigan borlar
Do'stlaringiz bilan baham: