1 8 8
shishlar, ular va atrofdagi to‘qimaning qizarishi, keyinchalik esa, tanglay
burmalarining tekislanishi, qattiq og‘riqlar, yumshoq to‘qimalarning
suyakdan ajralishi va yanada og‘riqlar kuchayishi, lo‘kkilovchi og‘riqlar
paydo bo‘lishi mumkin.
Qon tarkibini tekshirib ko‘rganda, unda leykositoz (10—14 ming),
neytrofiloz (70—80%), tayoqchasimon neytrofillar ko‘payishi (14—17%),
eritrositlarning cho‘kmaga tushishining tezla-shuvi (16—30 mm 1 soatda)
kabi o‘zgarishlar qayd etiladi
Odatda, 5—6 kundan keyin bemorni qiynaydigan og‘riqlar pasaya
boradi, chunki ekssudat atrofdagi to‘qimalarga tarqalib, abssess ichidagi
bosim kamayadi, asta-sekin yiring alveola o‘simtasining shilliq qavati
ostiga o‘tadi. Perkussiya uncha og‘riq olib kelmaydi, yakin kunlarda
abssess og‘iz bo‘shlig‘ida o‘z-o‘zidan yoriladi.
Rentgenologik tekshiruv yiringli periostitda aytarli suyak o‘zgarishlari
yo‘qligini ko‘rsatadi, bu esa periostitni osteomiyelitdan farqi bo‘lib
xisoblanadi.
O‘tkir osteomiyelitda suyakda aniq va qo‘pol o‘zgarishlar borligi rent-
genogrammada ko‘rinib, suyakda chirish va ba’zi qismlarda sekvesterlar
hosil bo‘lish bilan xarakterlanadi. Klinik kechishida esa, o‘tkir, to‘xta-
masdan, go‘yoki uzib olganday qattiq chidab bo‘lmas darajada og‘riq,
tana xaroratining 39—40°C gacha ko‘tarilishi, et uyushishi, alaxsirash,
uyqusizlik, ishtaxa yo‘qolishi, yutishning qiyinlashuvi kabi umumiy tana
o‘zgarishlari borligi qayd etiladi. Nafas olish va puls tezlashadi.
Obyektiv ko‘rishda, shifokor bemorning umumiy ahvoli ancha og‘ir-
lashganligi, yuzining asimmetriyasi, tilning qarashlanganligi, og‘izdan
qo‘lansa xid kelishi, milk qizarib shishganligi, og‘iz burmasining tekislan-
ganligi, bir necha tish qimirlab qolganligi va ularda perkutor og‘riqlar
borligi, ya’ni patologik jarayon tarqalganligi kabi alomatlarni ko‘rishi
mumkin. Bir vaqtning o‘zida yuzda kollateral shishlar, regionar limfa
bezlarini shishganligi, ularni paypaslab ko‘rganda og‘riqli bo‘lishlari
yuzaga keladi.
Qon tarkibida leykositoz (20—28 ming), eritrositlar cho‘kish reaksiyasi
soatiga 40—70 mm, eozinofillar yo‘qolishi, limfositlar sonining kamayishi
(10—15%) kabi o‘zgarishlar bo‘lishi qayd etiladi. Oksil fraksiyalari
albuminni kamayishi va a1 va a2 — globulinlarni ko‘payishi bilan
xarakterlanadi. Kasallik boshlangandan keyin 7—10 kunda rentgenologik
o‘zgarish paydo bo‘la-boshlaydi. Bunda osteomiyelit satxiga to‘g‘ri
keladigan suyakda emirilish borligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: