Lekin “Qur’on”ni o‘qish bolalar uchun juda og‘ir edi. Chunki maktablarda faqat og‘zaki mashq
usuliga — “Savod” chiqarilishiga o‘tgach, savod chiqarish yanada qiyinlashdi. Yozuv alohida “fan”
sifatida ajratilib, kotiblik kasbiga o‘qiyotganlargagina yozuv o‘rgatilar edi. Shunga qaramay, maktablarga
deyarlik hamma bolalar tortiladi va “Qur’on”ni o‘rganish majbur qilinib, arab bo‘lmagan bolalar uchun uni
yodlash har qancha og‘ir bo‘lsa ham, Movarounnahr maktablarida “Qur’on”ning bu usuli qabul qilinadi va
to‘g‘ri deb topildi. Bu usul keyinchalik bolalarning madrasada o‘qitish uchun ham kerak edi.
Asta-sekin ota-onalar bolalarni 6-7, hatto 5 yoshidan maktabga bera boshlaydilar. “Qur’on”ni yod
bilgan kishi qori deb atalardi. Qorilar katta hurmatga sazovor edilar.
Asta-sekin o‘qimishli kishilar, ya’ni domla alohida ajralib, ular o‘z xonadonlarida ham maktab
ochadi. Talabalar maktabdor domlalar maktabida husnixat, og‘zaki hisobni ham o‘rganar, asta-sekin fors-
tojik tilida va turkiy tildagi kitoblarni, qo‘lyozmalarni ham o‘qitilar, o‘rgatilar edi.
Husnixat va arifmetika bilan yana xususiy muallimda shug‘ullanar edilar.
Movarounnahrda arab bo‘lmagan bolalarga “Xaftiyak” VIII asrda tuzilgan bo‘lib, “Qur’on”
suralaridan yettidan biri tanlab olingan darslik sifatida o‘rganilgan.
Maktablarda faqat o‘g‘il bolalar o‘qir, qizlar esa otinoyilar uyida o‘qitilar, ular yozuvni emas, faqat
o‘qishni o‘rganar edilar.
X asr boshlarida madrasalar ham paydo bo‘la boshlaydi. “Madrasa” so‘zi “dars o‘qitiladigan joy”,
“Ma’ruza tinglaydigan joy” ma’nosini anglatadi. Ma’lumki, madrasalarda musulmon diniy oqimlari arab
tili grammatikasi va qoidachilik, ilohiyot, mantiq, notiqlik mahorati, kalom o‘rgatilgan. Asta-sekin
madrasalarda astronomiya, matematika, geografiya, kimyo kabi dunyoviy fanlar o‘qitila boshlandi.
Madrasalarda 15—20, 30—40 va 100—150 tacha talaba o‘qigan. Madrasani bitirib chiqqanlar
imom-xatib, qozixonalar va boshqa ma’muriy ishlarda ish olib borar edi.
3.Xadis ilmining paydo bo‘lishi va mashxur muxaddislarning Xadis ilmining yaratilishidagi
xizmatlari.
Islom dini ta’limoti asoslarini yorituvchi Qur’onè Karimdan keyingi asosiy manba hadis
hisoblanadi. Hadislarni to‘plash va ularga muayyan tartib berish asosan VIII asrning ikkinchi yarmidan
boshlanib, uni eng bilimdon, turli fan asoslarini mukammal o‘rgangan, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan
kishi (muhaddis)lar tartib bergan. VIII-XI asrlarda to‘rt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan
shug‘ullangan. Mazkur bilimlarni o‘rganishning o‘ziga xos yo‘nalishi bo‘lib, “hadis ilmi” nomi bilan
yuritilgan. Keyingi yillarda Muhammad Alayhis-salomning hayoti, faoliyati hamda uning diniy-axloqiy
ko‘rsatmalarini o‘z ichiga olgan hadislar, Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” (“Ishonarli
to‘plam”), “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning
“Ash-Shamoil an-nabaviya” asarlari nashr etildi. “Hadis” yoki “Sunna” so‘zlari bir ma’noni anglatib,
Rasulullohning hayoti va faoliyati hamda diniy va axloqiy ko‘rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat.
Muhammad alayhissalomning ibratli ishlari, e’tiqod, poklik va insonga xos ma’naviy-axloqiy
xislatlarni ifodalovchi so‘zlari, pand-nasihatlari uning nomi bilan bog‘liq hadislarda mujassamlangan.
Hadislar dastlab yozib borilmagan. Payg‘ambar Muhammad Alayhis-salom arab bo‘lmagan
kishilarning hadislarni Qur’oni Karim oyatlari bilan adashtirib yuborishlaridan cho‘chib, hadislarning
yozib borilishiga ruxsat etmaganlar. Biroq payg‘ambar Muhammad Alayhis-salom huzurida sahoblar
bo‘lib, ular Rasuli akramdan eshitgan hadislarini yodlab borganlar. Jumladan, hazrati Abu Hurayra ana
shunday mo‘’tabar kishilardan biri bo‘lib, hadislarni mukammal yodlab borgan. Abu Hurayra tomonidan
qayd etilgan hadislar to‘g‘ri, ishonarli (sahih) hadislar hisoblangan.
Lekin hadislarni yod olgan kishilar sonining tobora kamayib borishi natijasida ularning asta-sekin
unutilib ketishi borasidagi xavf yuzaga keladi. Ana shu xavfning oldini olish maqsadida xalifalar ishonarli
hadislarni to‘plashga farmon berganlar. Hadislarni to‘plash xususidagi farmon dastlabki xalifa Umar ibn
Abdulaziz tomonidan berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: