Ikkinchi bosqich (2012 yil yanvardan – 2012 yil dekabrgacha)da asosiy
e‟tibor tajriba-sinov ishlarini tashkil etishga qaratildi. Tajriba-sinov ishlarini
o‟tkazish uchun tajriba maydoni belgilab olindi.
Uchinchi bosqich (2013 yil yanvar - may)da shakllantiruvchi tajriba-sinov
ishlari o‟tkazildi. Tadqiqot muammosi yuzasidan ishlab chiqilgan metodikaning
samaradorlik darajasi aniqlandi, olingan natijalar matematik-statistik metod
yordamida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish asosida boshlang‟ich
sinf o‟quvchilarini ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda innovasion pedagogik
texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar
berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |