O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Shaxs xavflilik xususiyatini yo’qotishi va qilmishidan pushaymonligi



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Shaxs xavflilik xususiyatini yo’qotishi va qilmishidan pushaymonligi 
sababli jazodan ozod qilish
Jinoyat kodeksining 70-moddasida shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini 
yo’qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish asoslari berilgan. Moddada 
jinoyatda ayblanayotgan shaxs ishi sudda ko’rilguncha sharoit o’zgardi deb 
hisoblanilsa yoki namunali xulqi, mehnatga, o’qishga munosabati orqali ijtimoiy 
xavfliligini yo’qotdi deb e’tirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkinligi 
me’yori o’rnatilgan.
Moddani tarkibida sharoitning o’zgarishi tushunchasi mavjud bo’lib, 
shaxsning xavflilik xususiyati yo’qolishi, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy 
xavflilik darajasining tugashi kabi omillar bilan bog’liq. Shaxsning ijtimoiy 
xavfliligining yo’qolishi va jinoyatning ijtimoiy xavfliligining yo’qolishi o’rtasida 
farqlar mavjud.
Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatining yo’qolishi jamiyat a’zolari uchun 
ortiqcha zararli bo’lmay qolganligini, odamlar undan cho’chimay qo’yganligini 
anglatadi. Bunga shaxsning o’z qilmishidan pushaymonligi, kelib chiqqan zararni 
ixtiyoriy bartaraf etganligi, jabrlanuvchidan uzr so’raganligi, yaxshi xulqi bilan 
jamoa o’rtasida obro’ qozonishi kabi omillar kiradi.
Jinoyatning ijtimoiy xavfliligining yo’qolishi jinoyat sodir etilishi tufayli 
kelib chiqqan zarar jamiyat a’zolari uchun katta ahamiyatga ega bo’lmay qolishini 
anglatadi. Xususan, 1994 yilgacha amalda bo’lgan Jinoyat kodeksida 
“chayqovchilik” jinoyati mavjud bo’lib, sharoit o’zgarganligi sababli Jinoyat 
kodeksidan chiqarib tashlangan. 
Shaxsning namunali xulqi va mehnatga yoki o’qishga halol munosabati bilan 
jamiyat a’zolarini xotirjamlikka olib kelishi mumkin. Namunali xulq shaxsning 
o’zini tutishi va xatti-harakatiga jamiyat a’zolarining bergan bahosi orqali kelib 
chiqadi. Shaxs faoliyatining huquqiy tomonlaridan ko’ra uning axloqiy jihatlari 


100 
oldingi planga chiqadi. Jamiyatdagi axloqiy me’yorlarga amal qilishi, qonunga 
itoatkorligini amalda namoyon etishi xulosa chiqarish uchun zamin yaratadi.
Mehnatga bo’lgan halol munosabat jinoyat sodir etgan shaxsni mehnatga 
oid munosabatlarda o’z vazifalariga vijdonan yondashishi, mehnat shartnomasi 
doirasidagi majburiyatlarini halol bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi va 
boshqa asoslar bilan belgilanadi. Lekin mehnatga bo’lgan munosabat mehnat 
jamoasi doirasidagi jinoyat sodir etilishiga aloqador bo’lishi ham, bo’lmasligi ham 
mumkin. Aybdorning ishi sudda ko’rilayotgan paytda mehnat jamoasi uning 
namunali xulqi, mehnatga munosabati haqida xulosa berishi, uning ijtimoiy 
xavfliligining yo’qolganligi haqida kafillik berishi jazo tayinlanishida katta 
ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
O’qishga bo’lgan munosabat ta’limning ichki tartib-qoidalari, o’quv 
jarayoni, amaliyot jarayonlariga munosabatni anglatadi. Bunda kiyinish, darslarga 
qatnashish, vazifalarni o’zlashtirish, topshiriqlarni bajarish, o’z ustida ishlash kabi 
holatlar bunday munosabatni oydinlashtirib beradi.
Sharoit o’zgarganligi, namunali xulq, mehnatga yoki o’qishga munosabat 
orqali shaxsning ijtimoiy xavfliligi yo’qoldi, deb e’tirof etish uchun ushbu jarayon 
sudning ishni muhokama qilib, hukm chiqargunigacha bo’lgan vaqtda amalda 
namoyon bo’lishi kerak bo’ladi. Aynan shu holat sud tomonidan shaxsning 
ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo’qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilishi 
uchun sharoit yaratadi. Unutmaslik kerakki, ijtimoiy xavflilik xususiyatining 
yo’qotganligi sababli jazodan ozod qilish sudning zimmasiga yuklatilgan 
majburiyat hisoblanmaydi. Sudning ayblanuvchining ahvolini yengillashtirish
jazoni yumshatish orqali uni tarbiyalashga erishish uchun vosita vazifasini 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish