42
ko‗rsatadi. Soliqlarga fiskal, rag‘batlantirish, tartibga solish va qayta
taqsimlash funksiyalari xosdir. Soliqlarning fiskal funksiyasi ular
tabiatining o‗zi
bilan belgilanadi, ular majburiy tartibda va beg‗araz
davlat daromadiga kelib tushadi hamda davlat tomonidan o‗z
xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. Fiskal funksiya vositasida
soliqlarning bosh ijtimoiy vazifasi amalgaoshiriladi - budjet tizimi va
budjetdan tashqari jamg‗armalarda to‗planadigan davlat moliyaviy
resurslari shakllantiriladi hamda ular davlat o‗z funksiyalarini
bajarishi uchun foydalaniladi. Soliqlarning fiskal funksiyasi davlatga
moliyaviy mablag‗larning asosiy qismini yo‗naltirish
uchun imkon
beradi. Fiskal funksiya davlat budjetini shakllantirishda soliqlarni
rolini belgilaydi. Lekin soliq siyosatining vazifasi faqat budjetni
to‘ldirish bo‘lishi kerak emas.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganidek,
―ma‘lumki, soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim soliqlar bekor
qilinishi bilan byudjetga tushadigan mablag‗ albatta kamayadi. Buni
samarali soliq ma‘muriyatchiligi orqali bartaraf etish va byudjet
barqarorligini ta‘minlash mumkin. Aynan
shunga erishish birinchi
galdagi vazifamizdir.
Soliq ma‘muriyatchiligi shunday bo‗lishi kerakki, qo‗shilgan
qiymat solig‗i keng joriy qilinsa ham bu holat iste‘mol tovarlarining
narxi o‗sishiga olib kelmasligi shart va zarur. Moliya vaziri va Davlat
soliq qo‗mitasi raisi soliq ma‘muriyatchiligi samaradorligi hamda
byudjet va iste‘mol mahsulotlari narxining barqarorligini
ta‘minlashga shaxsan mas‘ul etib belgilanadi.
Soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq
rejimini joriy etish, soliq imtiyozlarini
bosqichma-bosqich bekor
qilish lozim.‖1
Davlat ayrim sohalarni, tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash,
rivojlantirish maqsadida ma‘lum bir yengilliklar, soliq imtiyozlarini
berish orqali rag‘batlantirish funksiyasini amalga oshiradi. Masalan,
Soliq kodeksining 158-moddasiga asosan yuridik shaxslarning
quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini
1
Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – T: ―O‘zbekiston‖
NMIU, 2019. – 61 b.
43
to'lashdan ozod qilinadi:
protez-ortopediya buyumlari, nogironlar
uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga
ortopedik protezlash xizmati ko'rsatishdan, nogironlar uchun
mo'ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta'mirlash
hamda ularga xizmat ko'rsatishdan
olingan foydasi; shahar
yo'lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo'nalishli taksidan
tashqari) yo'lovchilarni tashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishdan
olingan foydasi; tarix va madaniyat yodgorliklarini ta'mirlash hamda
qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi.
Shuningdek mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar
jarayonida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: