39
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
mustaxkam kafolati bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat
Mirziyoev 2018 yil 7 dekabr kuni Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 26 yilligiga
bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasida “Korrupsiya bilan hech qachon
maqsadimizga erisha olmaymiz” deb, ta’kidlagan edi.
Barcha sohalarda islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq
va
manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash
mexanizmlari
takomillashtirildi.
Ayniqsa, ta’lim sohasida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini
shakllantirish bilan mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega,
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning mukammal tizimini yaratish belgilandi.
Xususan, Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan
murojaatnomasida, oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman,
degan, yuragida o‘ti bor, jo‘shqin yoshlarimizning
tahsil olishi uchun hamma
qulayliklarni yaratishimiz shart. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim
bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga
yetkazamiz, deb ta’kidlab o‘tdi.
Jahon Banki tomonidan keltirilgan tahliliy ma’lumotida, mamalakatimizda
mehnat bozorining rivojlanishi iqtisodiyotning o‘zgarishi bilan birga sodir
bo‘layotgani, bu turli xil qobiliyat egalariga bo‘lgan talabni o‘sishiga olib
kelayotgani, mazkur talablarni qondirishda sifatli oliy ta’lim tizimi muhim ahamiyat
kasb etishi keltirilgan. Mehnat va iqtisodiy o‘zgarishlarga
hamohang holda oliy
ta’lim tizimi ham isloh qilinishi ta’kidlangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda oliy ta’lim sohasi muhimligi va ahamiyatliligi
yuqoriligi bilan ajralib turadi, chunki oliy ta’lim mehnat faoliyatiga yo‘llanma
beruvchi yakuniy uzluksiz ta’lim bosqichi hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim tizimiga qaratilayotgan alohida
e’tibor va g‘amxo‘rliklarga
qaramasdan, sohada korrupsiya holatlari, jiddiy
muammo va nuqsonlar saqlanib qolmoqda.
Bundan
tashqari, oliy ta’lim “korrupsiyani dastlabki maktabi” hisoblanadi,
chunki bu faoliyatda talaba o‘qituvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqqa zid
faoliyatga kirishadi va unda korrupsiyaga moyil shaxsiyat shakllanib boradi.
Kelajakda korrupsiyaviy harakatlarga moyil kadrni mas’ulyatli lavozimni egallashi
xavfli korrupsiyaviy oqibatlarni keltirib chiqarishi aniq.
Shunga ko‘ra, mazkur sohani muhimlik darajasini inobatga olib,
Do'stlaringiz bilan baham: