34
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
Doktrina
turli
sohalardagi
O‘zbekiston Respublikasining milliy
manfaatlarini ta’minlashning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari va asosiy
yo‘nalishlarini belgilaydi.
Dastur turli sohalarda davlat siyosatining maqsadlariga erishilishini
ta’minlaydigan tadbirlar tizimini (vazifalar, amalga oshirish muddatlari,
resurslar va mas’ul ijrochilar bo‘yicha o‘zaro bog‘liq bo‘lgan) va
mexanizmlarini belgilaydi.
Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning qismining amal qilishi uni qabul
qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga
yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi quyidagi hollarda o‘zining amal
qilishini tugatadi:
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi mo‘ljallangan muddat tugaganda
yoki hodisa yuz berganda;
normativ-huquqiy
hujjat
yoki
uning
qismi
qonunda
belgilangan
tartibda
Konstitutsiyaga
xilof yoxud haqiqiy emas deb topilganda;
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb
topilganda;
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi bekor qilinganda.
Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul
qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga zarur o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar
kiritiladi va ilgari qabul qilingan barcha hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular
yangi huquqiy normalarga zid bo‘lsa yoxud yangi hujjat bilan to‘laligicha qamrab
olingan yoki amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, lekin rasman o‘z kuchini yo‘qotgan
deb topilmagan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi kerak.
Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati davlat organlari
hamda boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
2019 yil 8 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam
integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |