O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot 
Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohot o’tkazdilar. Bu islohotning o’tkazilishiga 
amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish 
zarurati sabab bo’ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo’yicha ilmli, diplomatik 
qobiliyatga ega bo’lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko’ra, ko’p bosqichli o’qitish tizimi 
joriy etildi. Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi. 
Bolaga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo’ldi. Maktabda ikki yil o’qigach, o’quvchilar 
madrasaga o’tkazilardi. 
XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon madrasasi, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda 
Baroqxon va Ko’kaldosh madrasalari va boshqa ta’lim muassasalari quriladi va faoliyat 
yuritadi. Madrasada uch bosqichli ta’lim joriy etilgan bo’lib, uning har bir bosqichida 7 yildan 
o’qilardi. Shunday qilib, o’qish 21 yil davom etardi. o’quvchilar ilohiyot ilmidan, hisob-
kitobdan, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’r san’atidan ilm olardilar. Albatta, ta’lim olishga 
hammaning ham imkoni bo’lmas edi. 
Savodxonlikning Movarounnahrda XVI asrdagi ana shunday rivojlanishi o’zbek tili 
rivojlanib, keng tarqalishiga, adabiy aloqalar rivoj topishiga ancha ijobiy ta’sir ko’rsata oldi. 
Din va fan.
Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. 
Bunga — ushbu sulola hukmdorlari orasidan o’z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib 
chiqqanligi ham ta’sir ko’rsatgan. Chunonchi, Muhaminad Shayboniyxon, Ko’chkunchixon 
va Ubaydullaxonlar o’z davrining nihoyatda o’qimishli kishilari bo’lganlar. 
Shuningdek, 
Muhammad 
Shayboniyxon, 
Abdulazizxon 
va 
Abdullaxonlar 
kutubxonalarida o’z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo’lgan. Bundan tashqari, 
Movarounnahrda Mirzo Ulug’bek akademiyasi an’analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar 
yetishib chiqdi. Masalan, Samarqand va Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan mavlono 
Kamoliddin Ibrohim, Abdullaxonning muallimi Xoja Muhammad, yulduzshunos Qiyomiddin 
Shaydo, iftixor ul-atibbo (tabiblar iftixori) unvonini olishga sazovor bo’lgan Muhammad 
Mazid, Hakim Shahrisabziy, jarroh mavlono Baqo, mavlono Rafe, 1541-yilda ilmi tibb va 
dori-darmonlar haqida asar yozgan Muhammad Husayn ibn Shiroq Samarqandiy, ko’z 
kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon, Xoja Hakim (vafoti 1585), 
natijat-ul-atibbo unvonini olgan Abdulhakim ibn Sulton Mahmud kabilar shular 
jumlasidandir. Xoja Hasan Nisoriy “Muzakkiri ahbob” asarida matematika va astronomiya 
ilmida shuhrat topgan mavlono Kavkabiyni alohida qayd etadi. 
Matematika va astronomiya sohasida yozilgan kitoblardan Muhammad Amin ibn 
Ubaydulla Mo’minobodiyning «Hisobi amali shabaka», (Shabaka jadvali amali hisobi; 1550), 
Bobokalon muftiy Samarqandiyning «Risola dar ilmi hisob», «Vaziyat bar sahor qism», 
Tursun Zominiyning «Tuxfayi amir», Muhammad Husayn munajjim Buxoriyning «Ma’rifat 


76 
samti qibla» (Qibla tomonni topish ma’rifati), Mahmud ibn Ahmad Foriziyning «Risola dar 
muaddili qamar» (Oy fazolarining tengligi haqida risola; 1517), Tojis-Saidiyning «Hoshiy li 
shahri ashkoli ta’sis» (Asoslash shakllari sharhiga izohlar; 1568), Said Muhammad Tohir ibn 
Abulqosimning «Ajoyib ut-tabaqot» (154-1550) asarlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy 1526-yili «Dastur al-iloj», «Muqaddimoti 
dastur al-iloj» (Davolash bo’yicha dastur) asarlarini yozgan. 
Ubaydulloh Qahhol ibn Muhammad Yusuf ham o’z davrining yetuk tabibi, tib olimi, 
Baroqxonning o’rtancha o’g’li Toshkand hokimi Darvishxonning buyrug’iga binoan 1598-
yilda «Shifo ul-ilal» (Kasalliklar shifosi) asarini yozadi. Asar 500 varaqdan ko’p bo’lib, uzoq 
vaqtgacha tib ilmidan asosiy qo’llanma tarzida undan foydalanilgan. Bir necha bitik nusxasi 
bizgacha yetib kelgan. Uning yana «Umdat ul-kuhliya fll-amrodul-basariya» (Ko’z 
kasalligiga doir asosiy kitob) asari ham bo’lgan. 
Shayboniylar davrida tarix fani ham rivojlandi, ko’plab tarixiy asarlar yozilgan. 
Kamoliddin Binoiy, Mulla Shodiy, Muhammad Solih, Fazlulloh ibn Ro’zbexon Isfaxoniylar 
Shayboniyxon topshirig’i bilan har qaysisi Shayboniyxonga atab alohida tarixiy asarlar 
yozganlar. Bundan tashqari, Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali Nasrullohiyning «Zubdatul-
ozor», Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» («Sharafnomayi shoxiy»), noma’lum 
muallifning «Tavorixi guzidayi nusramoma» asarlari shayboniylar davri ijtimoiy, siyosiy 
tarixiga doirdir. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish