XIX asr oxirlariga kelib xalq harakatlarining kuchayishi
Chor Russiyasining Turkiston xalqlariga nisbatan yurgizgan mustamlakachilik, ulug`
davlatchilik va shovinistik siyosati albatta qonuniy suratda mahalliy aholining o`z milliy
ozodligi, erki va insoniy xaq-xuquqlarini himoya qilish uchun muqaddas jangga otlantiradi.
Chorizm tomonidan asoratga solingan, mustamlaka qilingan xalqlar dastlabki kunlardan
boshlab o`z milliy mustaqilliklari, ozodliklari va erklari uchun muqaddas kurashib keldilar.
Mana e`tibor bering:
...1.1856 yillarda Sirdaryoda Jonho`ja Nurmuhammad qo`zg`oloni.
2.1868 yilda Samarqand mudofaasi va Buxoro amirligi Buxoro shahri, Shahrisabz bekligidagi
harakatlar.
3.1870 yilda Mang`ishloq qirg`izlarining isyonlari.
4.1871 yilda Eshon Eshmuhammad boshchiligida Sirdaryo viloyatidagi chiqishlar.
5.1871 yildagi Farg`onada Yetimxon qo`zg`oloni.
6.1872 yildagi Chirchiqdagi isyonlar.
7.1872-1876 yildagi Po`latxon boshchiligida Qo`qondagi qo`zg`olon.
8.1885 yillardagi Darveshxon boshchiligidagi qo’zg’alon.
9. 1892 yildagi Toshkent qo`zg`oloni.
10.1898 yildaAndijondagi Dukchi Eshon qo`zg`oloni.
11. 1899 yilda Sirdaryo viloyatidagi harakatlar.
12.1916 yil Jizzax qo`zg`oloni va boshqalar.
Turkiston mustamlakaga aylantirilgach, Rossiya imperiyasi o’zining asosiy maqsadi
etib yeng avvalo halqlarimizda milliy davlatchilik tuyg’ularini yo’q qilish etib belgiladi.
Turkistonda barcha rus amaldorlari, ziyolilari o’lkada buyuk rus davlatchilik g’oyalarini
amalga oshirishga kirishdilar. Turkistonda siyosiy, iqtisodiy va milliy ma’naviy zulm
nihoyatda kuchaydi. O’lka aholisining ro’yxatga olingach, yerkaklarni harbiy hizmatga olish
masalasi yuzaga keldi. Biroq o’lkada mahsus taftish ishlari olib borgan maxfiy maslahatchi
Girsning bergan ma’lumotlariga asosan podsho hukumati turkistonliklardan armiyaga olish
fikridan qaytdi va ularga harbiy soliqlar joriy yetdi. Podsho mahalliy halqlarning qo’liga qurol
berib, harbiy ishlarga o’rgatish o’zi uchun nihoyatda havfli tadbir yekanligini angladi. Podsho
hukumatining Turkistonda olib borgan mustamlakalashtirish siyosati mahalliy halqlarimizda
kuchli norozilik keltirib chiqardi va ruslarning bu yerga kirib kelgan dastlabki kunlaridanoq
mustamlakachilarga o’zining noroziligini namoyon etib turdi.
XIX asrning 70-80 yillarida esa mustamlakachilarga qarshi milliy ozodlik harakatlari
Turkiston o’lkasining deyarli barcha joylarida kuchayib ketdi. Bu haqda maxfiy maslahatchi
Girs ham o’z ma’lumotlarida to’xtalib o’tib, «halqda ruslarga qarshi kurashish befoyda»,
degan tushuncha paydo bo’lgan, - deya ta’kidlab o’tadi. Biroq biz keyingi yillarda bo’lib bir
222
qancha milliy ozodlik harakatlaridan halqda bunday xulosa paydo bo’lmaganligini ko’ramiz.
Milliy ozodlik harakatlarining kuchayishiga yana bir sabab, mustamlakachilar tomonidan
amalga oshirilayotgan iqtisodiy zulm edi. Rossiya Turkistonni bosib olgach, o’zining
iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirishga va o’lkani xom-ashyo bazasiga aylantirishga
kirishdi. Qishloq xo’jaligidagi amalga oshirilgan siyosat, o’lkada sanoat ishlab chiqarishning
shakillantirilishi to’laligicha rus podshosi manfaatlari uchun ishlay boshladi. Mahalliy
halqlarning barcha insoniy huquqlari poymol yetilib, ularga faqatgina arzon ishchi kuchi
bo’lgan qullar kabi muomala qilindi. Yer mulklarning yirik mulkdorlar qo’lida to’planishi,
turli banklarning ochilishi, savdo sudxo’rlik kapitalining kuchayishi o’lkada qashshoqlarning
ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, ruslashtirish siyosati orqali o’lkaga ko’plab rus mujiklarini
ko’chirib kelitirilishi ham halqlarimizning azaliy tiriklik manbai bo’lgan yer suvlaridan
mahrum bo’lishiga va yollanma ishchilarga, mardikorlarga aylanib borishiga olib keldi.
Sudxo’rlikning nihoyatda, kuchayib avj olishi ham asosan oddiy dexqonlarni katta-katta
qarzlarga bostirib, o’z yeri va yerkidan mahrum bo’lishlariga olib keldi. ruslar kelishi bilan
boshlangan ochrachiliklar, qashshoqliklar, turli kasalliklarning ko’payishi, ayniqsa, ruslar
bilan tengma teng o’lkada keng tarqalgan o’g’rilik, talonchilik, yulg’ichlik oddiy halqning
boshiga og’ir savdolarni soldi. Halqimiz har tomonlama mustamlakachilik zulmi ostida
yezilgan bo’lsada, biroq o’zining izzati, yerki, qadr-qimmati toptalayotganligiga indamay
qarab turmadi va rus mustamlakachilariga qarshi ko’plab marotaba yerk va istiqlol uchun
kurashlar olib bordi.
Bu kurashlar 70-80 yillarda Farg’ona vodiysida, 90-yillarda Toshkentda va Farg’ona
vodiysida, XX asrning boshlariga kelib Turkiston o’lkasining deyarli barcha hududlarida
muttasil davom etib turdi va halqimizning o’z yerki va ozodligini qo’lga kiritishi uchun hyech
qachon kurashlarni pasaytirmaganligi uni yuqorida aytganimizdek «befoyda» deb
o’ylamaganligi bu kurashlarning mohiyatini ochib beradi. Rossiya imperiyasi tomonidan
amalga oshirilgan iqtisodiy va milliy zulm halqlarimizning milliy ozodlik kurashlarini
kuchayishiga olib keldi. Hukmron tuzumga qarshi qo’zg’olonlar asosan qambag’al dexqonlar,
kosiblar, hunarmandlar tomonidan ammlga oshirildi. Milliy g’ururini yo’qotmagan ayrim
yuqori tabaqa vakillari ham bu qo’zg’olonlarda ishtirok yetdilar.
1878 yilda Mingtepada Yetimxon boshchiligida ruslarga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi.
Shular orasida Sulton Sodiq boshchiligidagi, Botirxon To’ra boshchiligidagi, Po’latxon,
Qo’rbonjon dodxohlar boshchiliklaridagi milliy ozodlik harakatlarini alohida ko’rsatib o’tish
lozim.
Shuningdek, Bobobekov 1887-1897 yillarda Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona
viloyatlarida mustamlaka idoralariga qarshi ja’mi 663 marta hujumlar bo’lib o’tkanligi
alohida ta’kidlab o’tadi. Yetimxon qo’zg’oloni mag’lubiyatga uchragach ham, Farg’ona
vodiysida mustamlakachilarga qarshi kurashlar pasayib qolmadi. Bundan harakatlar turli
sharoitlarda bo’lib turdi.
1880 yilda alohida barcha soliqlar yig’ib olingandan so’ng Xo’jand Uyezdining
boshlig’i Putinsev O’ratepa va Xo’jand aholisidan qo’shimcha soliq yig’ib olish to’g’risida
ko’rsatma beradi. Bundan g’azabga to’lgan halq raxmonqulixoja va Mirkarimboylar
boshchiligida uyezd mahkamasiga borib noroziliklarni bildiradilar. Qo’zg’olonchilarga qarshi
kuch ishlatiladi va boshliklari hisobga olinadi. Shunday harakatlardan biri 1882 yil noyabrida
Namanganda bo’lib o’tadi. qo’zg’olonchilar tarqatilib, rahbarlari qamoqqa olinadi. 1882 yili
O’shda va 1883 yili Chustda ko’tarilgan qo’zg’olonlar ham shu tariqa bostirildi.
80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarning boshlarida Farg’ona vodiysida
qo’zg’olonlar yana avj oldi. Qo’zg’olonchilar o’zlariga qarashli bo’lgan va zulm o’tkazgan
boylar hamda volost boshliqlarining uylariga o’t qo’yish va hujumlar uyushtirishni
kuchaytirdilar. Andijon uyezdining Qo’rg’ontepa volostida Darveshxon boshchiligida
mustamlakachilarga qarshi ochiqdan-ochiq qurolli kurashga tayyorgarlik ko’rila boshlandi.
Hukumat bundan habar topgach, u yerga harbiy kuchlarni yubordi va qo’zg’olonchilarga
zarba berildi. Qo’zg’olon rahbarlaridan biri Mo’minboy dorga osildi. 1890 yilda
Namanganning Kapa volosti Qumqo’rg’on qishlog’ida ham ma’muriyatga qarshi norozilik
bo’lib o’tdi. Bunga ham qarshi harbiylardan foydalanildi.
223
1893 yil fevralida Qo’qon volostining Qashqar va Niyoz qishloqlarida, 13 fevralda
Andijon yaqinidagi Qo’qon qishloqda mustamlakachi ma’muriyatga qarshi kuchli norozilik
harakatlari bo’lib o’tdi. Ayniqsa, Qo’qon qishlog’ida halq pristav va uning yordamchilarini
kaltaklab, ularni bu yerdan haydab yubordi. Bu qo’zg’olon bilan Farg’ona viloyati g’arbiy
gubernatori general leytenant Korol’kov N.I shaxsan o’zi shug’ullandi va qo’zg’olonchilarni
jazolash uchun o’z yordamchisi general-mayor Medinskiyni yubordi. ruslarning katta harbiy
kuchlari Qo’qon qishloq aholisini qattiq qiynoqlarga soldilar va ularning mol-mulklarini tortib
oldilar. Qo’qon xonligi tugatilib, o’rnida Farg’ona viloyati tashkil yetilgach, halqimizning
vatanparvar farzandlari o’z yerki va ozodligini qo’lga kiritish hamda milliy davlatchiliklarini
tiklash uchun kurashni bir dam ham pasaytirmadilar. Po’latxon qo’zg’oloni mag’lubiyatga
uchragach, Farg’ona vodiysidagi barcha vatanparvar kuchlar yana bir istiqlol uchun
kurashchi-mashhur qirg’iz ayoli Qurbonjon dodxoh qo’shinlari safiga kelib qo’shildilar.
Vodiyda yashovchi o’zbek, qirg’iz, tojik halqlari birgalashib umumiy dushmanga qarshi
kurashni davom yettirdilar. Qurbonjon dodxoh Yevropadagi urushlarda katta tajriba orttirgan
rus generallaridan biri D.Skobelevga qarshi kurashlarda uni mag’lubiyatga uchratadi. 1876 yil
yozida bo’lib o’tgan jangdan so’ng, mag’lubiyatga uchragan general Skobelev sulh so’rab,
Qurbonjon dodxoh huzuriga mayor Ionovni yubordi. Biroq, mag’rur sarkarda ayol mayor
Ionovni qabul qilmadi va mansab pog’onasi jihatidan o’ziga teng bo’lgan sarkarda bilangina
muzokara olib borishini bildirdi. Muzokara olib borish amalga oshmagandan so’ng ruslar
yana jangnni davom yettirishga majbur bo’ldi. Qurbonjon dodxohning o’g’li Abdulla o’z
ukalari bilan birgalikda onasini qo’llab quvvatladi va ular bilan birgalikda ruslarga
qaqshatqich zarbalar bera boshladilar. Ular rus mustamlakachilarni har qanday kelishuvchilik
va bitimlarni hyech qachon halol bajarmasliklarini ham ta’kidlab o’tdilar. Uzoq va shiddatli
janglardan so’ng 1876 yil 31 iyul kuni qirg’izlarning mung’ish va adigina urug’lari ruslarga
taslim bo’lganliklarini bildirdilar. Biroq bu bilan ruslar istiqlolchilik harakatlarini Oloyda
butunlay bostirishga yerisha olmadilar. ruslar Oloyda hyech qanday muvaffaqiyatga yerisha
olmagach, Qurbonjon dodxohni «Oloy malikasi» va hukmdori deb tan oldilar. Bu yerlar
rossiya mulki deb ye’lon qilingan bo’lsa ham, Qurbonjon dodxoh o’ziga qarashli hududlarda
mustaqil siyosat yuritish va boshqarish huquqini saqlab qoldi.
Chor Rossiyasi hukumatining o`tkazgan siyosatiga qarshi milliy ozodlik kurashlari
juda ko`p bo`lgan. Biz yuqorida ularning ba`zilarinigina sanab o`tdik. 1887-1897 yillar
mobaynida Farg`ona, Samarqand va Sirdaryoda, mustamlakachilar idoralariga qarshi 668
marta hujum bo`lgan. 1897-1917 yillar orasida Turkistonda Russiya bosqinchilariga qarshi
4922 marta isyon bo`lgan.1 Ana Shu qo`zg`olonlar va milliy ozodlik kurashlaridan ba`zilarini
eslash joizdir.
1885 yilda Farg`ona vodiysida mustamlakachi hukumatga qarshi umumxalq
qo`zg`oloniga tayyorgarlik ko`rilayotgani haqida gaplar aholi o`rtasida keng tarqaladi.
Vodiyning bir qator joylarida qo`zg`olonga tayyorgarlik ko`rish masalalari yashirin
yig`ilishlarda ko`rilayotganidan mustamlakachi ma`murlar xabar topgan edilar. Shunday
yig`ilishlardan biri 1885 yil 16 avgustidaAsaka qishlog`ida Mullaho`ja Nazirmirza uyida
bo`lib o`tadi. Vodiyning turli joylaridan kelgan 20 dan ortiq nufuzli kishilar qatnashgan bu
yig`ilishda yurtni chet el bosqinchilaridan ozod qilish, o`lkada milliy davlatni tiklash uchun
mustamlakachilarga qarshi birlashib kurash olib borish vazifasi ilgari suriladi. Yig`ilishda
qo`zg`olon rejasi, uning o`tkazish vaqti, qo`zg`olonga rahbarlik qiladigan shahs kabi
masalalar hal etiladi. Qo`zg`olonga rahbarlik qilishga Darvishxon Eshon To`ra ko`rsatiladi.
Bunga sabab bu vaqtdaaholining norozilik harakatida faol ishtirok etib el-yurtga ancha tanilib
qolgan edi. U Andijon uezdi Qo`rg`ontepa volostiga qarashli Chekto`ra qishlog`i fuqarosi,
qo`zg`olonga rahbarlik qilgan paytda 45 yoshda bo`lib, Andijon va Qo`qon uezdlarida ancha
katta yer mulkka ega bo`lgan. Ammo shunga qaramasdan Darvishxon o`z manfaatidan xalq,
vatan manfaatlarini ustun qo`yib milliy ozodlik harakatiga boshchilik qiladi. U qisqa vaqt
ishida O`sh, Andijon uezdlari volost va qishloqlarida ko`plab aholini qo`zg`olonga jalb eta
oladi.
1
Misr o’g’li Qodir. Moskva zulmi, II jild, Istambul,1972,537-bet.
224
Darvishxon boshliq qo`zg`olonchilar yangi Marg`ilon shahrini Andijon va Qo`qon
bilan bog`lovchi aloqa simlarini uzib tashlaydi. Bu hodisa to`g`risida keyichalik
mustamlakachi hukumat vakillaridan biri “bu hodisa qo`zg`olon bo`lishi muqarrar ekanligini
ko`rsatgan edi” deb xotirlagan2 . Darvishxon boshchiligidagi qo`zg`olonchilar ko`lami tobora
kengayib boradi. Asaka, Qo`rg`ontepa, Shahrixon, Oltinko`l, Jalolquduq, O`sh uezdining
Novqat, Tutlik qishloqlari, Oqbo`yra volosti, Marg`ilon kabi joylar ham qo`zg`olon girdobiga
tortilgandi.
Qo`zg`olon shunchalik keskin tus oldiki, uni bostirish uchun mustamlakachi hukumat
viloyatni turli joylariga, jumladan Andijon, O`sh va Marg`ilon uezdlariga harbiy kuchlarni
yuborishga majbur bo`ladi. Vodiy bo`ylab borgan sayin avj olayotgan Darvishxon
rahbarligidagi qo`zg`olonni bostirish va uning rahbarlarini qo`lga olish vazifasi Andijon uezdi
boshlig`i kapitan Bryanovga topshirilgandi. Uning ixtiyoriga O`sh uezdining boshlig`i
podpolkovnik Deybner, uning yordamchisi kapitan Glishanovskiylar boshchiligidagi harbiy
kuchlar yuboriladi.
Qo`zg`olonchilar bilan Bryanov boshchiligidagi harbiy kuchlar birinchi bor 17 avgust
kuni kechqurun to`qnashadi. Kutilmaganda qilingan hujumdan Darvishxon boshchiligidagi
qo`zg`olonchilar har tomonga chekinishga majbur bo`ladilar. Shundan so`ng Darvishxon
Namangan tog`lari tomonida o`z atrofiga 800 ga yaqin odam to`plashga erishadi.
Darvishxon boshchiligidagi qo`zg`olon to`g`risida Turkiston general-gubernatori
O.Rozyenbah Rossiya harbiy vaziri P.S. Vannovskiyga yozgan xatida “qo`zg`olon
viloyatning turli joylarida bir vaqtda boshlanishi va qo`zg`olonchilarning o`g`rilik va
talonchilik qilmasdan, barcha aholini bu harakatga chaqirilishi, bu harakatning to`liq
ma`nodaamaldagi hukumatga qarshi qaratilganligini ko`rsatadi... ular yomon qurollangan, oz
sonli bo`lishlariga qaramasdan jiddiy tartibsizliklarni keltirib chiqarishlari..., ayniqsa soliqlar
to`lanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.”
1
Choriz
ma`murlari
kuch
bilan
qo`zg`olonni
shafqatsizlarga
bostirdilar.
Qo`zg`olonchilardan shunchalik darajada ko`p qamoqqa olindiki, xatto ularni qamash uchun
joy masalasi muammo bo`lib qolgandi, qo`zg`olon rahbari Darvishxon 1886 yil 22 fevralda
Samarqand viloyatining Sutxona qishlog`i yaqinida qo`lga olinadi, lekin u Jizzax yaqinida
qochib qutilib ketadi. Darvishxon akasi Iskandarning bergan ma`lumotiga ko`ra 1889 yili
Afg`onistonda vafot etgan. Uning boshchiligidagi qo`zg`olon garchan bostirilsada, biroq u
bundan keyingi milliy ozodlik harakatlariga zamin hozirladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |