O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


Komil Xorazmiy (1825-1899



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Komil Xorazmiy (1825-1899
), Xorazm farzandi, ma`rifatparvar shoir, ajoyib 
san`atkor, musiqashunos, mohir hattot, tarjimon va davlat arbobidir. Asli Xivali bo`lgan 
Komil kuchli qobiliyatga ega edi, u arab, fors-tojik tillarini puhta bilgan. Xattotlik va musiqa 
san`atini yaxshi egallagan Komil Xorazmiyni Xiva xonligi saroyiga ishga taklif etganlar. 
Dastlab u Sayid Muhammadxon, so`ngra uning o`g`li Muhammad Rahimxon II (Feruz) 
saroyidaavvaliga hattot, so`ngra Mirzaboshilik vazifalarini bajaradi. Hattotlik san`atini 
1
Bist
а
riz
а
rrinz
а
r-bil
а
nt
o`q
ilg
а
nt
o`
sh
а
k.
2
Xob-uyqu uxlamoq.
3
G’ani-boy,davlandmand
.
4
Q
оq
im
-
olmaxonga o’xshagan hayvon terisidan tikilgan po’stin
.


177 
yoshlarga o`rgatgan Komil Xorazmiy 50 dan ortiq shogirdlarga ustozlik qilgan. Muhammad 
Panoh, Xudoybergan Muhrkon devon, Muhammad Sharif Tarro devon (atoqli bastakor va 
musiqachi-Matyusuf Xarrotovning otasi), Muhammad Rasul va boshqalar ana shular 
jumlasidandir. Rossiya Xorazmni zabt etgach Komil Xorazmiy Feruzshoh saroyida devonbegi 
lavozimiga tayinlanadi. 
Komil Xorazmiy bosmaxona tashkil etishning asoschilaridan biridir. Uning sa`y-
harakati va tashkilotchiligida 1870 yilda Muhammad Rahimxonning g`amho`rligida Xivada 
bosmaxona tashkil etilgan. Bu bosmaxonada Navoiyning «Hamsa»si birinchi marta nashr 
qilingan edi. 
Komil Xorazmiy badiiy ijod bobida ham katta qobiliyat egasi bo`lgan. Uning 
g`azallari, muhammas, musaddas, masnaviy, ruboiy, qasida va boshqa janrlarda bitgan 
asarlari 3680 baytdan iborat bo`lib, maxsus devon shaklida tuzilgan edi. Lekin bu devondan 
shoirning «Baxri tavil» asari o`rin olmay qolgan. 
Komil Xorazmiy musiqa ilmining katta bilimdoni va bastakor sifatida Xorazm 
maqomlariga notalar bitib qog`ozga tushirgan, sozanda va ijrochi ham edi. U kuy bastalagan 
Xorazmning «Rost» maqomi, «Murabai Komil», «Peshravi Feruz» va boshqa kuylar hamon 
musiqa shinavandalarining qalblarini to`lqinlantiradi. 
Komil Xorazmiy mohir tarjimon sifatida ham nom qozongan. U Husayin Voiz 
Koshifiyning «Latoif uz-zaroif» asarini fors-tojik tilidan o`zbek tiliga tarjima qilgan.Komil 
Xorazmiy insonlar hayotida o`zga xalqlarning tili va madaniyatini o`rganish katta ahamiyatga 
ega ekanligini alohida qayd etgan. Uning tashkilotchiligida 1884 yilda Xorazmda birinchi rus-
tuzem maktabi tashkil etilgan.Komil Xorazmiy ijodiyotini ko`zdan kechirar ekanmiz, uning 
asarlarida insonparvarlik ma`rifatparvarlik ta`lim va tarbiyaning boshqa bir qator g`oya va 
masalalari bosh mavzu bo`lganligini ko`ramiz. Jumladan shoir o`zining «Kamol» g`azalida 
ilm-ma`rifatni ulug`lab, ilmli, ma`rifatli va hunarli kishi hamisha el hurmati vaardog`ida 
bo`lishligini yozadi: 
Emas kishiga bu dunyoda mulk-mol kamol, 
Husulu ilmu hunar keldi bezavol, kamol. 
Kamol bergusidir so`zgashuxrato` ta`sir, 
Bu qushga qilgali parvoz parrubol kamol. 
Komil Xorazmiy odamlar orasiga yaxshilik urug`larini sochadi, mansabga, boylikka 
berilib kekkaymaslikka chaqiradi, ularni insof-imonli va diyonatli bo`lishga da`vat etadi. U 
o`zining «Ey ko`ngil» g`azalida dunyo adolatsizligi, nohaqligi va teskari ishlaridan faryod 
chekadi. Agar dunyo pastkash bo`lmasa, nega nokasu nodonni ulug`lab, shod etib, dononi 
hor-zoru hafa qiladi, deb xulosa chiqaradi shoir: 
Bo`lmasa gardunu sufla do`sti gardun ey ko`ngil, 
Nega dunni shod etar, dononi mahzun, ey ko`ngul. 
Ilm-ma`rifat kuychisi bo`lgan Komil o`z zamonasida ilm qadriga yetmagan falakni 
la`natlaydi, u ilm olamidaAflotun bo`lsada qadrlanmagan ilm-ma`rifat kishisigaalam bilan 
achinadi: 
Shun falak nodon navozo` hasm donodur, ne sud, 
Donish iqlimida bo`lsang gar Falotun, ey ko`ngul. 
Xullas, Komil Xorazmiy ijodida bosh mavzu inson va insoniyliq uning qadr-
qimmatidir. Shoirning hayot va ijod yo`li yosh avlod kamolotida o`rnak va namunadir. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish