O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


Xoji Muhammad (1560-1602)



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Xoji Muhammad (1560-1602)
Xurosonga qarshi qo`Shin tortib 
ketgan edi.
Xoji Muhamadxonning yo`lda kelayotganidan xabar topgan Abdullaxon uning ukalari bilan 
sulh bitimi tuzdi va Buxoroga qaytib ketdi. 1593 yilda Abdullaxon II Xorazmni nihoyat bosib 
Mavzu bayoni 


152 
oldi. Xorazm xoni o`z o`g`illari bilan Eron Shohi Abbos panohiga qochib borishga majbur 
bo`ladi. 1595 yilda Xiva sultonlari turkmanlar yordamida Xivani qaytarib oldilar. Lekin shu 
yili Abdullaxon II Xorazm ustiga yana qo`shin tortib keldi. Hazoraspni egallab, 
qo`zg`olonchilarni qatl ettirdi. Xoji Muhammadxon yana Eronga yo`l oldi. Mamlakatda toju-
taxt uchun boshlanib ketgan urush, janjal va nizolar oqibatida Shayboniylar urug`i batamom 
qirilib bitadi va inqirozga yuz tutadi. Bu qulay vaziyatdan foydalangan Xorazm yana o`z 
mustaqilligini qaytadan tikladi va Xoji Muhammadxon o`z taxtini egalladi. Ana shu tariqa 
o`zbek sulolasining Elbarsxon asos solgan Xorazm davlati taxti hukmronligiga mustahkam 
zamin yaratildi.
Arab Muhammadxon davri.(1602-1621
)da xonlikningning markazi Urganchdan 
Xivaga ko`chirildi. Buning asosiy sababi Amudaryoning qurib borishi natijasi edi. Ana shu 
davrdan boshlab xonlikning Xiva xonligi nomi bilan yuritiladigan bo`ldi. Bu davrda 
xonlikdagi umumiy aholi soni 800 ming kishiga borardi. Shundan 67 % o`troq o`zbeklar, 26 
% turkmanlar va qolganlari qozoqlar va qoraqalpoqlar bo`lgan. Aholisining asosiy 
ko`pchiligini tashkil etgan o`zbeklar qabila-qabila, urug`-urug` bo`lib vohaning shimoliy 
qismiga, asosan Amudaryo tarmoq yoygan yerlarda joylashgan edilar. Bu o`zbek aholisi jami 
20 ta qabiladan iborat bo`lib, ular orasida mang`itlar, nayman, qipchoq, qiyotlar, qo`ng`irotlar 
kuchli va ustun mavqega ega bo`lganlar.
Hozirgi Xorazmliklarning rivojlanishi va shakllanishida tarixan ildizi va tomiri bir 
bo`lgan hamda voha hududida va uning chekkalarida ilgaridan yashab kelgan qardosh 
turkmanlarning ta`siri va o`rni katta bo`lgan. Qadimgi o`g`uzlarning avlodlari bo`lgan 
turkmanlar mahalliy xalqlar va Dashti qipchoqdan ko`chib kelgan turkiy xalqlar bilan 
qorishib, qo`shilib ketganlar. Xorazm shevasining turkman tiliga yaqinligi ham albattaana 
Shundadir.
Bir vaqtlar Xorazmshohlar hukmronligi davrida saltanat darajasiga ko`tarilgan va “... 
O`tuz darvozasi bor...” bo`lgan
1
Xorazm XVII asrga kelib o`zaro qirg`inbarot urushlar 
oqibatida taraqqiyotda orqada qoladi. XVII asr boshlaridaAmudaryo o`zanining o`zgarganligi 
ham voha taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Urganch Shahrini xonlikningning janubiyroq 
hududiga ko`chirishga to`g`ri keldi. Biroq yangi Urganch ham Ko`hna Urganchning nafaqat 
nomini, balki ayni zamonda tarixiy an`analarini va savdo markazi sifatidagi o`rnini ham 
o`zida saqlab qoldi. Amudaryo o`zanining siljishi Xorazmdagi boshqa qadimiy va tarixiy: 
Hazorasp, Kot, Xonqa, Shohobod kabi shaharlarning ham siljishiga sabab bo`ldi, ammo 
ularning barchasining eski nomlari saqlanib qoldi.
Xoji Muhammadxon vafotidan so`ng 19 yil taxtda o`tirgan Arab Muhammadxon 
davrida xonlikdagi toju-taxt uchun o`zaro urushlar ayniqsa keskin tus oladi. 1616 yildaarab 
Muhammadxonning o`g`illari Habash Sulton bilan Elbars Sulton, nayman va uyg`ur 
qabilalarining boshliqlariga tayanib (onalari Nayman urug`iga mansub edi), o`z otasiga qarshi 
isyon ko`tardi. Arab Muhammadxonning yetti o`g`li bo`lgan: ular Asfandiyorxon, HabaSh 
Sulton, Elbars Sulton, Abulg`ozixon, Sharif Muhammad Sulton, Xorazmshoh Sulton, Avg`on 
sultonlardir. Arab Muhammadxon andisha yuzasidan yon bosib, isyonkor o`g`illariga Vazir 
Shahrini (Ustyurtda, Ko`hna urganchdan 60 Shaqirim yiroqda; XV asr o`rtalarida o`zbek 
xonlaridan Mustafoxon qurdirgan) ham qo`shib berdi. O`rtada besh yil o`tar-o`tmas oralari 
buzilib, ota bolalar o`rtasida urush boshlanib ketdi. 1621 yilda Toshli yormish qudug`i yonida 
ikki orada bir tarafdaArab Muhammadxon, to`ng`ich o`g`li Asfanddiyor sulton 
vaAbulg`oziy sulton, ikkinchi tomonda esa Habash Sulton bilan Elbars sulton orasida qattiq 
jang bo`ldi. Oqibatda ota tomon yengildi. Nobakor farzandlar buyrug`i bilan asir olingan 
xonning ko`zlariga mil tortildi va Xivaga olib keltirilib qamab qo`yildi. Ko`p o`tmay Arab 
Muhammadxon shu yerda qatl etildi. Oqpadar farzandlar otaga qo`shib Xorazmshoh inisi 
vaakasi Asfandiyorxonning ikki o`g`lini ham o`ldirdilar.
Abulg`ozixon qochib avval Kotga, Qo`ng`irotga, so`ngra Buxoroga, Imomqulixon 
(1611-1642) huzuriga bordi. Xonning boshqa o`g`illari: Asfandiyorxon sulton va Sharif 
Muhammadxon Sulton Hazoraspga bordilar va u yerda yashirindilar. Shaharni qirq kun qamal 
qilgan Habash va Elbars og`asi Asfandiyorxon sulton va inisi Sharif Muhammad sulton bilan 
1
Mullo Olim Mаhmud Xoji. Tarixi Turkiston. Qаrshi, «Nаsаf», 1992. 125-bet.


153 
yarashdilar, hamdaAsfandiyorxon sultonni Makka ziyoratiga ketishga ijozat berdilar, Sharif 
Muhammad sultonga Katni in`om qiladilar.
Biroq Asfandiyorxon sulton Makkaga bormadi. U to`g`ri Shoh Abbos I (1587-1629) 
huzuriga yo`l oladi va uning yordami bilan 1623 yilda Xiva taxtini egallaydi. Bu voqeadan 
xabar topgan Abulg`ozixon Xorazmga qaytdi. Og`asi Asfandiyorxon Sulton unga Urganchni 
beradi. Lekin oradan to`rt yil o`tib akasi bilan oralari buzilib 1627 yildaAblug`ozixon 
Turkistonga Eshimxon (1629 yilda vafot etgan) qarorgohiga qochib bordi. Ko`p o`tmay 
Toshkent hokimi Tursunxon uni o`z huzuriga olib ketdi. Tursunxon vafotidan so`ng 1690 
yildaAbulg`ozixon Buxoroga Imomqulixon huzuriga borishdan boshqa chora topaolmadi. 
Buxoroda uzoq qolishning iloji bo`lmadi. Chunki xondan norozi bo`lgan turkmanlarning 
chaqirig`i bilan yana Xorazmga qaytib bordi. Asfandiyorxon (u o`Sha paytda Hazoraspda 
turardi) unga Xivani topshirishga majbur bo`ldi. Ammo olti oydan so`ng payt poylab 
Asfandiyorxon Abulg`ozini Eron tasarrufiga tushib qolgan Niso bilan Dorunga (Ashhobod 
bilan Qizil Arvot o`rtasida joylashgan manzilgoh) hujum qilganlikdaayblab hibsga oldi va 
Eronga Shoh Safi` I (1629-1642) huzuriga omonat tarzida jo`natib yubordi. 
Abulg`ozi bu yerda qariyb 10 yil (1630-1639) maxsus nazoratchilar qo`li ostida 
Isfaxonga yaqin joylashgan Taborak qal`asida tutqunlikda tirikchilik o`tkazdi. 1639 yilda bu 
yerdan qochib, ikki yil deganda-1642 yilda Orol o`zbeklari huzuriga keldi. Orollik o`zbeklar 
1643 yilda uni xonlikka ko`tardilar. Oradan bir yil o`tgach, u ko`pchilik raqiblarini yengib 
Xiva taxtini egalladi. U ja`mi bo`lib yigirma yil xonlikningni boshqardi. Ammo u xon sifatida 
boshqalar singari huzur-halovat ko`rgan emas. Ko`proq umri jangu jadallar va urushlarda 
o`tdi. U 1646-1653 yillarda Tajan, Bomibaurma (Qizil Arvotning sharqiy-Janubiy tarafidagi 
manzilgohlar), Atrok va Jurjon turkmanlari bilan urushlar olib bordi. 1655-1662 yillari 
o`lkaga vaqti-vaqti bilan hujum qilib turgan yoyiqlik (Ural) rus kazaklari, qalmoqlar va 
qozoq ko`chmanchilari bilan kurashdi. 1663-1664 yillarda bir neSha marta Buxoro ustiga 
yurishlar uyushtirdi. 
1664 yildaAbulg`ozi Bahodirxon og`ir dardga chalinib kasal bo`lib qolgach, toju-
taxtni o`g`li 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish