117
Jamoat – mehmon kutish va yig’ilishlarda ishtirok etuvchi shaxslar;
Yurtchi – amirning chiqishlarida oldinga chiqib yo’l ochib boruvchi shaxs;
Shogird-pesha – amirning maxsus farmonlari bitilgan pochtani yetkazib berish bilan
shug’ullanganlar va alohida topshiriqlarni bajarib turganlar;
Sarkarda – qabila boshliqlari, sobiq beklar ham tayinlanganlar, ular Buxoro navkarini
boshqarganlar;
Mahramlar – yaqin shaxsiy himoyachilar;
Farroshboshi, sharbatdor, oftobachi (yuvinish asboblarining mutasaddisi), bakovul-
oshpaz, shabgard (tungi qorovullar) va boshqalar;
Ma’muriy boshqaruvni maxsus tashkil etilgan quyidagi to’rtta markaziy organ amalga
oshirgan: davlat devonxonasi, moliya-soliq organi, diniy sud organi va nazorat organi.
Davlat devonxonasi boshqaruv organi sifatida amaldorlar tarkibini to’ldirish, ularni
almashtirish, Rossiya siyosiy agenti va mahalliy (joylardagi) amaldorlar bilan yozishmalar
olib borish, chet el mahsulotlaridan soliq yig’ish ishlarini boshqarish bilan shug’ullangan.
Devonxonani mamlakatning bosh vaziri Qo’shbegi boshqargan. Amir mamlakatda
bo’lmagan paytlarda davlat boshqaruvi uning qo’lida bo’lgan. Ikkinchi boshqaruv moliya-
soliq organi bo’lib, ma’muriy boshqaruv organi hisoblangan va uni Devonbegi boshqargan.
Devonbegi lavozimi Qo’shbegidan keyin ikkinchi o’rinda turgan. Bu organ mamlakatda soliq
yig’ish, xazinaning daromad va xarajatlarini hisoblash bilan shug’ullangan. Uning qoshida
mirzolar, shogirdpeshalar, mehmonxona amaldorlari, zakotchilar, miroxurboshi, sharbatdor,
mahramlar, navkarlar (300 nafarga yaqin) va quyi izmatchilar bo’lgan. Barcha amaldorlar
Devonbegi tomonidan lavozimiga tayinlangan va amir tomonidan unvon berilgan.
Uchinchi ma’muriy boshqaruv diniy sud organi hisoblanib, uni amirning bosh din
peshvosi Qozikalon boshqargan. Bu organ sud ishlari, notarial vazifalar, din veshvolariga
bog’liq masalalarni hal qilish va o’quv muassasalarining faoliyatiga rahbarlik qilgan. Uning
qoshida mirzolar (ish yurituvchilar), qozilar, mullai azimlar (tergov ishlarida jalb etiladigan
vakillar), devonbegi (xo’jalik yurituvchi shaxs), miroxurboshi, mahramlar hamda quyi
xizmatchilar faoliyat ko’rsatgan. Mazkur mansabdorlarni Qozikalon tayinlagan va vazifasidan
ozod qilgan.
To’rtinchi ma’muriy nazorat organi Rais qaramog’ida bo’lib, uning vakolatiga
qonunlarning bajarilishi, axloqiy soflik, diniy e’tiqodni himoya qilish hamda bozorlarda tosh-
tarozi va o’lchov birliklarining aniqligi ustidan nazorat qilish kirgan. Uning qoshida mirzalar,
raislar (topshiriqlarning bajarilishiga mutasaddi amaldor), mahramlar, devonbegi(xo’jalik
boshqaruvchisi), miroxurboshi va quyi xizmat vakillari faoliyat ko’rsatgan. Barcha
amaldorlarni Bosh Raisning o’zi tayinlagan. Bosh Rais bevosita amir va Qozi kalon oldida
javob bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: