Nazorat savollari:
1. Xavfsizlik siyosatini va uning ahamiyatini jzohlab bering.
2. Xavfsizlik siyosatini aniqlashda qanday amallardan foyda-
laniladi?
3. Xavfsizlik siyosati qaysi bo‘limlami o‘z ichiga olishi mum-
kinligini va ulami mohiyatini tushuntirib bering
4. Xavfsizlik siyosatining hayotiy sikli qanday ifodalanadi?
5. SANS instituti taqdim etgan xavfsizlik siyosati shablonlarini
yoritib bering.
1.4. Axborot xavfsizligi arxitekturasi va strategiyasi
Zamonaviy tijorat oldida murakkab masalalar to‘plami ko‘nda-
langki, beqaror iqtisodiy vaziyatda ulaming dolzarbligi yanada
oshadi. Bunday masalalarga quyidagilami kiritish mumkin:
- daromadning oshishi;
18
- o‘zgaruvchi vaziyatlarga reaksiya tezligining oshishi;
- xarajat va chiqimlaming pasayishi;
- innovatsiyaning tezlashishi;
-bozorga mahsulot va xizmatlami taqdim etish vaqtining
qisqarishi;
- buyurtmachilar va sheriklar xolisligining oshishi;
- raqobatlik qobiliyatining oshishi;
- me’yoriy talablarga moslikni ta ’minlash.
Yuqorida keltirilgan barcha masalalami yechishda korxona
arxitekturasidan foydalaniladi (1.2-rasm). Korxona arxitekturasi
prinsiplar, yondashishlar va texnologiyalar naborini shakllantirishga
imkon beradiki, ular tashkilotning joriy holatini hisobga olgan holda
uning kelgusi transformatsiyasi, o ‘sishi va rivojlanishi asosini
belgilaydi.
KORXONA ARXITEKTURASI
Tijorat
arxitekturasi
Axborot
arxitekturasi
Ilovalar
arxitekturasi
Infrastruktura
arxitekturasi
yV
1.2-rasm. Korxona arxitekturasi va uning boshqa arxitekturalar
bilan bog‘liqligi.
Hozirda bunday arxitekturalami yaratishda bir necha yonda
shishlar mavjud, masalan, TOGAF, Zachman Framework, FEAF,
DoDAF va h.
Ammo, qaysi bir yondashish tanlanmasin, hozirgi sharoitda
axborotdan va axborot tizimidan foydalanmay rivojlanish mumkin
emas. Axborot va axborot tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday
o‘zgarishlami madadlaydi, balki ulami oldindan sezadi, ularga ol-
dindan tayyorlanadi, ba’zi hollarda esa yangi tijorat-imkoniyatla-
rining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Biroq tijorat doimo
19
istalgancha rivojlanmaydi. Bunda ma’lumotlaming sirqib chiqishi,
axborot texnologiyalari infrastrukturasi elementlarining ishdan
chiqishi va h. bilan bog‘liq axborot operatsion xavf-xatarlar
anchagina rol o‘ynaydi. Hozirgi va kelajak xavf-xatarga tayyor
bo‘lish uchun korxonaning boshqa arxitekturalari bilan uzviy
bog‘langan axborot xavfsizligi arxitekturasi zarur.
Axborot xavfsizligi arxitekturasi
jarayonlami, inson rolini,
texnologiyalami va turli xil axborotni tavsiflaydi hamda zamonaviy
korxonaning murakkabligini va o‘zgaruvchanligini hisobga oladi.
Boshqacha aytganda, axborot xavfsizligining arxitekturasi tashkilot-
ning va u bilan bog‘liq boshqa komponentlar va interfeyslaming is-
talgan axborot xavfsizligi tizimi holatini tavsiflaydi. Bunda axborot
xavfsiziligi arxitekturasi tijoratning joriy va eng muhimi, kelgu-
.sidagi ehtiyojini akslantiradi.
Odatda arxitekturaning 3 ta sathi ajratiladi - konseptual,
mantiqiy va amalga oshirish (texnologik). 1.3-rasmda bunday
arxitektura keltirilgan bo‘lib, odatda texnologiyalar jihatidagi qismi
xavfsizlik xizmati nazoratidan chetda qoladi.
Joriy holatdan qanday qilib yangi, mukammalroq va qo‘yilgan
maqsadlarga mos holatga o‘tish mumkin? Buning uchun strategiya,
ya’ni qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun harakat yo‘nalishi
mavjud.
1.3-rasm. Axborot xavfsizligi arxitekturasi.
20
Strategiya
- korxonaning davomli muvaffaqiyat bilan faoliyat
yuritishini ta’minlashga mo‘ljallangan strukturalangan va o‘zaro
bog‘langan harakatlar to‘plami. 1.4-rasmda arxitektura bilan strate-
giyaning o‘zaro bog‘liqligi keltirilgan. Strategiya axborot xavfsizligi
arxitekturasi ko‘rinishidagi maqsadga ega bo‘lgan holda unga
erishishning optimal yo‘lini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |