S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Ekranlovchi marshrutizator



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/249
Sana11.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#655700
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   249
Bog'liq
3 G\'aniyev S K, Karimov M M, Tashiyev K V Axborot xavfsizligi 2017

Ekranlovchi marshrutizator
(screeningrouter) (paketli filtr 
(packetfilter) deb ham ataladi) xabarlar paketini filtrlashga atalgan, 
ichki va tashqi tarmoqlar orasida shaffof aloqani ta’minlaydi. U OSI 
modelining tarmoq sathida ishlaydi, ammo o‘zining ayrim funksiya­
larini bajarishida etalon modelining transport sathini ham qamrab 
olishi mumkin.
Ma’lumotlami o‘tkazish yoki brakka chiqarish xususidagi qa- 
ror filtrlashning berilgan qoidalariga binoan har bir paket uchun
203


mustaqil qabul qilinadi. Qaror qabul qilishda tarmoq va transport 
sathlari paketlarining sarlavhalari tahlil etiladi (8.6-rasm).
8.6-rasm. Paketli filtming ishlash sxemasi.
Har bir paketning IP- va TCP/UDP - sarlavhalarining tahlil- 
lanuvchi hoshiyalari sifatida quyidagilar ishlatilishi mumkin:
- jo ‘natuvchi adresi;
- qabul qiluvchi adresi;
- paket xili;
- paketni fragmentlash bayrog‘i;
- manba porti nomeri;
- qabul qiluvchi port nomeri.
Birinchi to‘rtta parametr paketning IP-sarlavhasiga, keyingilari 
esa TCP-yoki UDP sarlavhasiga taalluqli. Jo‘natuvchi va qabul 
qiluvchi adreslari IP-adreslar hisoblanadi. Bu adreslar paketlami 
shakllantirishda to‘ldiriladi va uni tarmoq bo‘yicha uzatganda 
o‘zgarmaydi.
Paket xili hoshiyasida tarmoq sathiga mos keluvchi ICMP 
protokol kodi yoki tahlillanuvchi IP-paket taalluqli bo‘lgan transport 
sathi protokolining (TCP yoki UDP) kodi bo‘ladi.
Paketni fragmentlash bayrog‘i IP-paketlar fragmentlashining 
borligi yoki yo‘qligini aniqlaydi. Agar tahlillanuvchi paket uchun 
fragmentlash bayrog‘i o‘matilgan bo‘lsa, mazkur paket fragment- 
langan IP-paketning qismpaketi hisoblanadi.
Manba va qabul qiluvchi portlari nomerlari TCP yoki UDP 
drayver tomonidan har bir jo'natiluvchi xabar paketlariga qo‘shiladi 
va jo ‘natuvchi ilovasini hamda ushbu paket atalgan ilovani bir' 
ma’noda identifikatsiyalaydi. Portlar nomerlari bo‘yicha filtrlash
204


imkoniyati uchun yuqori sath protokollariga port nomerlarini ajra- 
tish bo‘yicha tarmoqda qabul qilingan kelishuvni bilish lozim.
Har bir paket ishlanishida ekranlovchi marshrutizator berilgan 
qoidalar jadvalini, paketning to‘liq assotsiatsiyasiga mos keluvchi 
qoidani topgunicha, ketma-ket ko‘rib chiqadi. Bu yerda assotsiatsiya 
deganda, berilgan paket sarlavhalarida ko‘rsatilgan parametrlar maj- 
mui tushuniladi. Agar ekranlovchi marshrutizator jadvaldagi qoida- 
laming birortasiga ham mos kelmaydigan paketni olsa, u, xavfsizlik 
nuqtayi nazaridan, uni yaroqsiz holga chiqaradi.
Paketli filtrlar apparat va dasturiy amalga oshirilishi mumkin. 
Paketli filtr sifatida oddiy marshrutizator hamda kiruvchi va chiquv­
chi paketlami filtrlashga moslashtirilgan, serverda ishlovchi dastur- 
dan foydalanish mumkin. Zamonaviy marshmtizatorlar har bir port 
bilan bir necha o‘nlab qoidalami bog‘lashi va kirishda hamda 
chiqishda paketlami filtrlashi mumkin.
Paketli filtrlaming kamchiligi sifatida quyidagilami ko‘rsatish 
mumkin. Ular xavfsizlikning yuqori darajasini ta’minlamaydi, chun­
ki faqat paket sarlavhalarini tekshiradi va ko‘pgina kerakli funksiya- 
lami madadlamaydi. Bu funksiyalarga, masalan, oxirgi uzellami 
autentifikatsiyalash, xabarlar paketlarini kriptografik bekitish hamda 
ulaming yaxlitligini va haqiqiyligini tekshirish kiradi. Paketli filtrlar 
dastlabki adreslami almashtirib qo‘yish va xabarlar paketi tarkibini 
mxsatsiz o‘zgartirish kabi keng tarqalgan tarmoq hujumlariga zaif 
hisoblanadilar. Bu xil brandmauerlami "aldash" qiyin emas - filtr­
lashga mxsat bemvchi qoidalami qondimvchi paket sarlavhalarini 
shakllantirish kifoya.
Ammo, paketli filtrlaming amalga oshirilishining soddaligi, 
yuqori unumdorligi, dasturiy ilovalar uchun shaffofligi va narxining 
pastligi, ulaming hamma yerda tarqalishiga va tarmoq xavfsizligi 
tizimining majburiy elementi kabi ishlatilishiga imkon yaratdi.

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish