7 mavzu: (2 soat) turistik yo’nalishlarning shakllanishi reja: Turistik yo’nalishlar haqida tushuncha 2


Turistik yo’nalishlar uyushtirilgan va uyushtirilmagan



Download 286,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana11.06.2022
Hajmi286,2 Kb.
#655589
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 Мавзу Туризм ва рекреация географияси

Turistik yo’nalishlar uyushtirilgan va uyushtirilmagan 
Uyushtirilgan 
Maxsus turlarni o’z ichiga olib, standart yo’nalishlarga 
qo’shimcha joylarga borish va maxsus turlarni tuzish turistlarning talabiga asosan 
tuzilgan yo’nalishlar. Bu yo’nalishlar o’ziga xos bo’lib, bir-biriga o’xshamasdan 
aniq bir turist talabini hisobga olgan holda tuziladi va tashkil qilinadi 


Uyushtirilmagan 
Maxsus yoki ishlayotgan yo’nalish bo’lib, ayrim turistlar o’zi 
borishi mumkin. Bu yo’nalishlar turoperator va turagentlar tomonidan sotilmasdan, 
turistlarning o’zi borib turmahsulotni joyida sotib olishi jarayonida paydo bo’ladi.
O’zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish istiqbollari 
Ma’lumki, bundan 15-20 yillar avvallari turistik ob’ektlarning asosiy qismi 
shahar joylarida va qisman shahar atroflarida hududlarda turistlarni qabul qilishi va 
xizmat ko’rsatish imkoniyatlari mavjud bo’lgan bulsa, bugungi kunga kelib qishloq 
joylaridagi turistik ob’ektlar ham xalqaro marshrutlarga kirib borishi qishloq 
turizmini hududiy tashkil etish va rivojlantirishda muhim qadamlardan biri bo’ldi, 
desak mubolag’a bo’lmaydi. Geografik tadqiqotlarda aholi manzilgohlaridan biri 
hisoblangan shaharlar keng ko’lamli o’rganilgan. Ammo qishloq joylari turistik 
jihatdan nisbatan kam o’rganilgan. Binobarin, qishloq joylari ham murakkab 
ijtimoiy kategoriyalardan hisoblanadi. Geografiya fanlari tizimida qishloq joylar – 
bu kompleks tadqiqot ob’ektlaridan biridir. Boshqa soha vakillaridan farqli, 
o’laroq, geograflar, eng avvalo qishloq joylarni, ularning komponentlarini (tabiati, 
rekreatsiya va turistik ob’ektlari, aholisi, xo’jalik tarmoqlari) alohida olingan 
holda, hamda bir butunlikda, ya’ni majmuali tarzda rivojlanishining hududiy 
qonuniyatlarini o’rganishga asosiy e’tiborni qaratadilar. Qishloq joylar katta-katta 
maydonlarni, muayyan tabiiy shart-sharoit, go’zal manzara, ekzotik makon va 
boshqa salohiyati, aholi, uning joylashuv tizimi va ijtimoiy tuzilmalarini hamda 
ishlab chiqarish salohiyatini o’zida mujassamlashtirgan hududlar yig’indisidan 
iboratdir.
Hozirgi davrda qishloq joylar bir butun, kompleks tarzda o’rganilgan 
tadqiqotlarni yetarli deb bo’lmaydi, ammo iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va 
turdosh fanlar doirasida uning komponentlari (turli darajada va aspektlarda) tadqiq 
etilgan. Ayniqsa, mustaqillik yillarida mamlakatimizda qishloq joylarni (xuddi 
shahar joylari kabi) har tomonlama o’rganishning zarurligi ko’pchilik geograflar 
mutaxassislar 
(A.Soliev, 
M.Nazarov, 
Z.Tojieva, 
A.Sattorov) 
tomonidan 
ta’kidlangan.
Qishloq joylar-bu shaharlardan tashqaridagi aholi yashaydigan barcha 


joylardir (Kovalev, 1980). Qishloq joylarga berilgan bunday qisqa va lo’nda 
ta’rifni V.A.Maksimov (1992) yanada rivojlantirgani holda, uni tabiiy sharoit va 
resurslar, qishloq aholisi va uning o’ziga xos turmush tarzi, odamlar mehnati 
natijasi-turli-tuman asosiy fondlar, qishloq aholisining ishlab chiqarish faoliyati 
kabilar bilan boyitdi. 
Qishloq joylarni geografik tadqiq etishning metodologik muammolaridan biri-
uni o’rganishdagi turli yo’nalishlarni o’zaro nisbati va bog’liqligidir. So’nggi 
yillarda qishloq joylarni sotsial-geografik jihatdan tadqiq etish ishlari 
kuchaymoqda. Ularni asosiy mazmuni esa qishloq joylarning barcha qirralarini 
aholi va uning turmush sharoitlari va faoliyati nuqtai-nazaridan baholashga 
qaratilgan. Qishloq joylarning barcha elementlarini bir xilda o’rganilgan deb 
bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligidan tashqari moddiy ishlab chiqarishning boshqa 
elementlari, va shuningdek xizmat ko’rsatish sohalari, qishloq turizmi, agroturizm 
kabi sohalar yaxshi o’rganilmagan. Qishloq joylar aholisining o’ziga xos turmush 
sharoitlari va hayot tarzi, qadriyatlari, an’ana va urf-odatlari qishloq turizmini 
hududiy tashkil etish nuqtai nazaridan o’rganish katta ahamiyatga ega deb, 
hisoblaymiz.
O’zbekistonga tashrif buyuruvchi chet ellik sayyohlarning mamlakatimizda 
sayohat qilish vaqtini uzaytirish, mahalliy turistlar uchun dam olishning yangi 
turlarini tatbiq etish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan 
agroturizmni rivojlantirish ustida ishlar olib borilmoqda.
2018 yil uchun davlat dasturining 104-punkti - Faol tadbirkorlik, innovatsion 
g’oyalar va texnologiyalar ijrosi maqsadida 4 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Agroturizmni rivojlantirish dasturi" tasdiqlandi.
Agroturizm Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Gresiya va Fransiyada 
yaxshi rivojlangan. Bu mamlakatlarga borgan sayyohlar muayyan vaqt davomida 
qishloq joylarda yashab, mahalliy xalq madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi bilan 
tanishishadi, an’anaviy qishloq xo’jalik ishlarida ishtirok etishadi. Masalan, Buyuk 
Britaniyada fermerlarning 60 foizi turizm sohasidan tizimli ravishda daromad 


olishni yo’lga qo’yishgan, o’rtacha yillik daromad 10-50 ming AQSh dollarini 
tashkil qiladi. 
Qishloq turizmi uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va rivojlantirish istiqbollari. 
Bugungi kunda qishloq turizmi turizmning yangi va istiqbolli yo’nalishlaridan biri 
hisoblanib, mamlakat ichki va xalqaro turizmini rivojlantirishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Qishloq joylarida turizmni rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga 
ega bo’lgan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qishloq 
hududlarini barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Xususan, qishloq 
joylarida infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirishda, qishloq aholisi turmush 
darajasini oshirishda, mahalliy aholi daromadini o’stirishda, yangi ish o’rinlarini 
yaratishda, madaniy urf-odatlar va milliy an’analarni qayta tiklashda, shuningdek, 
atrof-muhitni himoya qilishda qishloq turizmi muhim rol o’ynaydi. 

Download 286,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish