129
faoliyat ko’rsatadilar. Qisqa muddatli oraliqda korxona ishlab chiqarish quvvatini
o’zgartira olmaydi, lekin undan foydalanishni intensivlashtirishi mumkin. Uzoq
muddatli oraliqda ishlab chiqarish quvvati ham o’zgaradi. Albatta uzoq va qisqa
muddatli oraliqlar, har xil mahsulotlar uchun turlicha bo’lishi mumkin. Shu davrlarda
korxonalarning asosiy maqsadi foydaning eng katta hajmiga erishishdan iboratdir.
Umumiy holda foyda yalpi daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali topiladi.
TC
TR
-
=
p
, (1)
bu erda
p
- foyda, TR-umumiy daromad, Tayanch so’zlar:- umumiy xarajat.
Shundan kelib chiqib kichik va o’rta biznes korxonalariga foyda, xarajatlar va
optimal ishlab chiqarish miqdorini modellashtirish usuli taklif etilishi lozim.
Ishlab chiqarish- bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan,
uskuna
va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma’lum
miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir. Ularni yiriklashgan uch guruhga
bo’lish qabul qilingan: mehnat, kapital va materiallar.
Bunday omillar birgalikda olib qaraladigan bo’lsa, ular ishlab chiqarish
funktsiyasi orqali ifodalanadi va ishlab chiqarish funktsiyasi bozor iqtisodiyoti
sharoitida kichik va o’rta biznes korxonalarining chegaralangan resurslardan qay
darajada foydalanilayotganligini tahlil qilishga imkon beradi. Agar omillar majmuasi
kapital sarfi, mehnat va materiallardan iborat bo’lsa, ishlab
chiqarish funktsiyasi
quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:
Q=f(K,L,M), (2)
Bu erda Q- berilgan texnologiyada eng ko’p ishlab chiqariladigan mahsulot
miqdori; K- kapital; L- mehnat; M-materiallar.
Agar ishlab chiqarish funktsiyasi ikkita K(kapital) va L(mehnat) omillariga
bog’liq bo’lsa, ishlab chiqarish funktsiyasi quyidagicha yoziladi:
Q= f(K,L). (3)
Ushbu funktsiyada mahsulot ishlab chiqarish hajmi kapital va mehnat ishlab
chiqarish omillariga bog’liq. Masalan, ishlab chiqarish
funktsiyasi yordamida non
ishlab chiqarish kombinatida mehnat resurslardan va kapitaldan foydalangan holda
qancha non mahsulotini ishlab chiqarish mumkinligini ifodalash mumkin, yoki
qishloq xo’jalik korxonasining berilgan mehnat resurslaridan va texnikadan
foydalangan xolda ma’lum vaqt oralig’ida qancha mahsulot
ishlab chiqarishini
ifodalash mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarish ko’proq qo’l mehnatiga asoslangan bo’lsa u xolda
ishlab chiqarish funktsiyasini faqat sarflangan mehnatga bog’liq ravishda yozish
mumkin: Qqf(L) Agar mahsulot ishlab chiqarishda ko’proq kapital sig’imiga ega
bo’lsa, ishlab chiqarish funktsiyasini Qqf(K) ko’rinishida yozish mumkin.
Ta’kidlash joizki, 2 va 3 tenglamalar ishlab chiqarishning ma’lum
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
130
texnologiyasida qo’llanilishi mumkin. Agar texnologiya o’zgarsa, ya’ni yangi
texnologiya qo’llansa, mahsulot ishlab chiqarish
hajmi resurslar hajmi
o’zgarmaganda ham o’sishi mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda kichik korxonalarda ishlab chiqarish
mehnat va kapital sarfiga, mehnat sarfi o’zgarmas bo’lib, u faqat kapital sarfiga
bog’liq bo’lgan hamda texnologiyalar takomillashuvining ishlab chiqarish hajmlariga
ta’sirini modellashtirish usullari asoslangan
va ular non mahsulotlari, mebel va
boshqa turdagi ishlab chiqarishlarning optimal hajmlarini aniqlash orqali sinab
ko’rish kerak.
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida milliy
iqtisodning barcha tarmoqlarida ko’plab kichik va o’rta
biznes korxonlari vujudga
kelmoqda. Ushbu korxonalar aholi daromadlarini oshirish bilan ularning bandligini
ta’minlashda, ichki iste’mol bozorini zarur tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirishda,
iqtisodiy o’sishni ta’minlashda muhim rol o’ynamoqdalar. Shularni hisobga olib
kichik va o’rta biznesning ustuvor yo’nalishlari bo’lgan korxonalar sonini oshirish,
iqtisodiy raqobatni ta’minlash, bu sohaga investitsion resurslarni jalb qilish, turli xil
mahsulotlar ishlab chiqarish respublikamiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida ularning
ulushini oshirish kabi ko’rsatkichlarni bashorat qilishning ekonometrik modellari
ishlab chiqilgan.
Ushbu modellar asosida respublikada kichik va o’rta biznes rivojlanish
istiqbollari bashorati natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: