92
asosida yuzaga keladi. Sug’urta ob’ekti xilma-xildir. Shunga ko’ra u ikkiga
bo’linishi mumkin: mol-mulk sug’urtasi va ijtimoiy sug’urta. Mol-mulkka boylik
turlarini sug’urtalash kirsa, ijtimoiy sug’urtaga hayotiy, turmush xotirjamligi kiradi.
Tadbirkorlik xavf-xatarini sug’urtalash ham paydo bo’lib, kengaymoqda.
Ijtimoiy sug’urtaning ahamiyati ortib bormoqda, bunga ajratiladigan pul
resurslari ko’paymoqda. Buning uch manbai mavjud: davlat, korxona va tashkilot
hamda shaxsiy mablag’lar. Bular jamiyat a’zolarining mehnatga yaroqsiz, o’zini
ta’minlay olmaydigan qismlari uchun ishlatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida
tibbiy sug’urta
ham kengaymoqda. Bundan
maqsad insonlar sog’lig’ini
saqlash bo’lib, pirovardida barchaga minimal tibbiy yordam
berishni tashkil etish, sug’urtalanganlarning salomatligini ta’minlash bilan bog’iq
xarajatlarni qoplashdan iboratdir. Bu sug’urta fondi ham davlat, korxona,
firmalarning majburan ajratadigan va fuqarolarning o’z xohishlari bilan ajratadigan
pul mablag’laridan tarkib topadi.
Tadbirkorlik sug’urtasi
tadbirkorning faoliyatini kafolatlashda ahamiyatlidir.
Bunda foydani kam olish yoki
olmaslik xavfi, pul tushumining o’z vaqtida bo’lmasligi, savdo-sotiqdagi
noxush hodisalar kabilar sug’urtalanadi. Bu sug’urta tadbirkorning ishonch bilan ish
boshlashiga yordam qiladi, uni sinish holatidan asraydi, faoliyatiga dalda bo’ladi.
Sug’urtalar ham oldi-sotdi ob’ekti bo’lib, o’z bozorlarini tashkil etadi. Sug’urta
resurslaridan kapital sifatida keng foydalaniladi, ayniqsa, ishlab chiqarishga keng jalb
etishda qo’l keladi.
Notijorat tashkilot, muassasalar, ya’ni kasaba uyushmalari, ko’ngilli jamiyatlar,
partiyalar, yoshlar, xotin-qizlar va faxriylar ittifoqlari, ijodiy uyushmalar, ilmiy-
ma’rifiy tashkilotlar kabilarning ham moliyasi mavjud bo’lib, ular ham turli
manbalardan yig’iladi. Vaqtincha ortiqcha bo’lgan ulardagi pul mablag’lari tijorat
ishlarda qo’llanilishi va moliya bozorida ishtirok etishi mumkin.
Х
ayriya maqsadida homiylik tufayli yig’ilgan pullar ham o’z moliyasini tashkil
etib, yuqorida aytganimizdek, turli jarayonlarda ishtirok etadilar. Bunda maxsus va
xayriya fondlari katta o’rin tutadi.
Х
ayriya fondlari ko’ngilli bo’lib, miqdori
chegaralanmaydi va faqat savob ishlar uchun xayriya sifatida ishlatiladi. Islom
mamlakatlarida vaqf fondi tashkil etilgan. Bunga er, imorat, antikvar, qadrli kitoblar,
pul va boshqa boyliklar kiradi. O’zbekistonda shunga o’xshash mahalla, navro’z kabi
fondlar mavjud.
Bozor va aralash iqtisodiyot sharoitida, erkin va demokratlashgan ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitda moliyaning turlari, ayniqsa makromoliya turlari, xillari juda ko’p
bo’lib, ular pul xususiyatlaridan keng foydalanish imko-nini beradi va iqtisodiy o’sish
hamda inson turmushi darajasini ko’tarishda barcha imkoniyatlarni ishga solishga
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: