12.2. Moliyaning vazifalari
Moliyaning o’ziga xos vazifalari mavjud bo’lib, bulardan asosiy to’rt xilini
ko’rsatish mumkin: taqsimlash, rag’batlantirish, ijtimoiy himoyalash, iqtisodiy
axborot vazifalari. Moliyaning vazifalari (funktsiyalari) deganimizda uning xo’jalik
faoliyatida mazmunlashuvini, aniq ifodalanishini tushunamiz. Haqiqatan ham
qiymatning taqsimlanishi pul fondi va resurslarning ishlatilishi tufayli moliya
mahsulotlarni taqsimlash, shaxslar va jamoalarni rag’batlantirish, aholining ijtimoiy
himoyalanishini amalga oshirish, iqtisodiy axborot kabilarda o’z aksini topadi.
Taqsimlash
vazifasi milliy mahsulot, milliy daromadning pul fondlari
shakllanishi asosida taqsimlani-shidan iboratdir. Birlamchi va qayta taqsimlash
mavjud. Bevosita ishlab chiqarishdagi taqsimlash birlamchidir, bundan keyingi
taqsimlanish qayta taqsimlashdan iboratdir. Aytaylik, ish xaqi, foyda, ijtimoiy
sug’urta, amortizatsiya kabi fondlarga bo’linish birlamchi taqsimotga kiradi.
Soliqlar, turli to’lovlar, maishiy xizmat xaqi kabilar ikkilamchi yoki qayta
taqsimlashga kiradi. YAlpi milliy mahsulotni 100 foiz deb olsak, shundan 60 foizi
ishlab chiqarishni tiklash, 20 foizi ish xaqi, 15 foizi foyda, 5 foizi ijtimoiy sug’urta
fondlari uchun taqsimlanishi mumkin.
Iqtisodiy rag’batlantirish ham avvalo moliyadan, ham pulni taqsimlashdan
boshlanadi. Soliq tizimidagi imtiyozlar, to’lovlarda va subsidiyalarda ragbat-lantirish
o’z aksini topadi. Boj xaqini kamaytirish, mukofot fondlari tashkil etish va ulardan
foydalanish iqtisodiy faollikka undaydi. Bularning biri eksport yoki importni
rag’batlantirsa, ikkinchisi bevosita ishlovchi jamoalarni rag’batlantirladi.
Ijtimoiy himoyalash ham
moliyadan boshlanadi va u orqali amalga oshiriladi.
Chunki, u avvalo pul orqali, pul fondlari vositasida bajariladi va u pul tufayli amalga
oshiriladi. Ma’lumki, aholi qatlamida muhtoj qismlari ko’p, ya’ni etim bolalar,
qariyalar, nogironlar, kamdaromadli oilalar shular jumlasidan bo’lib, ular o’z tirikchi-
ligini yuritishni minimal darajada ta’minlashda ham doimo muhtoj bo’ladilar.
Ijtimoiy himoyalash esa shularni moliyaviy ta’minlash, boshqacha aytganda,
moliyaviy kafolatlashni talab etadi. Bu asosan davlat yordamida amalga oshadi.
Davlat maxsus fondlar tashkil etib, bunday himoyalashni amalga oshirib boradi.
Bunga yordamchi sifatida korxona, tashkilot, jamoalar ham shunday fondlar tashkil
etadi va aholini ijtimoiy himoyalashda faol ishtirok etadi. Ishsizlik nafaqalari, bolalar
uchun nafaqa, nogironlar pensiyasi kabilar bundagi asosiy fondlar hisobiga kiradi.
Bundan tashqari ijtimoiy iste’mol orqali amalga oshadigan fondlar ham mavjud
bo’lib, bularga bepul tibbiy xizmat, maorif, atrof muhitni sog’lomlashtirish kabilarni
kiritish mumkin. Bulardagi umumiylik ommaviy ijtimoiy kafolatlilikdadir. Inflyatsiya
vaqtidagi kompensatsiyalar yoki zararlarni qisman qoplashga jalb etilgan fondlar
ham shular jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |