1.1.O’qitish maqsadi va vazifasi.
Fanning
o’qitish maqsadi:
Ushbu dastur qo’llanmasida bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari, tadbirkorlik
tamoyillari va aholini ijtimoiy himoya qilish kabi muammolar batafsil aks ettirilgan.
Bular xam rivojlangan mamlakatlar, ham O’zbekiston Respublikasi misolida ko’rib
chiqilgan.
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari butun bir iqtisodiy tizimdir, murakkab
munosabatlar kompleksidir. Shunnig uchun ushbu yo’nalishda fanning o’rganishi
kerak bo’lgan yo’nalishlari belgilanib olinadi.
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari – bozor tushunchasi va turlari, ehtiyoj va
uni qondirilishi iqtisodiyo faoliyat va ishlab chiqarish, iqtisodiyo mexanizm va
tizimlar, bozor iqtisodiyotiga o’tish yullari, biznes asoslarini va samaradorligini
oshirish muammolarini chuqurroq o’rganib kelgusida mustaqil mehnat faoliyatida
amaliy professional bilimni shakillantirishga yo’naltirilgan.
Fanning o’qitish vazifasi:
«Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari» kursini o’rganishining quyidagi asosiy
vazifalari mavjud:
-
bozor tushunchasi va uning vazifalarini o’rganish;
-
iqtisodiyot turlari va ishlab chiqarish turlarini bilish;
-
iqtisodiyo tizim va mexanizm haqida tasavvur qilish;
-
bozor iqtisodiyotiga o’tish
yo’llarini belgilash;
-
biznes va tadbirkorlik tushunchasiga ega bo’lish;
-
biznes asoslari va samadorligini oshirish turlarini bilish;
-
bozor iqtisodiyotni tartibga solish xamda boshqarishdagi davlat siyosatining
mohiyatini, mazmuni va xususiyatlarini o’rganish;
-
bozor iqtisodiyotni tartibga solishni hamda boshqarishni huquqiy-me’yoriy
asoslari bo’yicha nazariy bilimga va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish;
-
bozor iqtisodiyotini moliya-byudjet, soliq va narx siyosati orqali tartibga solish
hamda boshqarishdagi rollarini aniqlab berish;
-
shakillangan ijtimoiy va professional tajriba bilan taqqoslanganda uzluksiz bozor
iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarishning mohiyatini o’rganish;
-
jahon mamlakatlari makroiqtisodiy rivojlanishidagi asosiy muammolarni ochib
berish, bu muammolarni hal etish yo’llari, jahonning turli mamlakatlaridagi
makroiqtisodiy tartibga solish tajribasiga asoslanish;
-
bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar, rivojlanyotgan mamlakatlar hamda o’tish
iqtisodiyotiga ega mamlakatlar, shu bilan birga xozirgi kunda milliy
iqtisodiyotimizdagi bozorni boshqarish tizimi, iqtisodiy rivojlanishning
makroko’rsatkichlari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarini tartibga
solish, pul va kredit tizimi, mehnat bozori, tadbirkorlikni rivojlantirish,
xususiylashtirish va mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va boshqa dolzarb
masalalarni hal etishning nazariy va amaliy bilimlarini berish.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
163
Do'stlaringiz bilan baham: |