11-Mavzu: XX asrning 20-50 yillari adabiyoti. O`zbek adabiyotida realizm
bosqichi
.
Realistik elementlar barcha davrdagi ijod namunalarida mayjud. Realizm
(lotincha realis - ashyoviy) - hayot haqiqatini
asliga muvofiq tasvirlash
, detallar va
obrazlarning haqqoniyligini talab qiladi. Hayot haqiqatiga sodiqlik - uning asosiy
shioridir. Realistlar obrazlar va hodisalarning hayotiyligiga alohida e'tibor
berganlar. Asar tili, qahramon nutqi, sujet, konflikt kabi unsuriaming barchasi
haqqoniylik talabiga bo'ysundirilgan. Bu metod ijodkorning o'zini qurshab turgan
voqelik va insonlar to'g'risida o'ylagan haq gapini aytish, kitobxon ko'z o'ngida real
hayot va real insonlarni gavdalantirish yo'li bilan voqelik va inson to'g'risidagi
haqiqatni ko'rsatish imkonini beradi. Realistik adabiyot buyuk namoyandalarining
haqiqat kurashchilari sifatidagi xizmatlari beqiyosdir.
Fanda realizmning ilk bor qachon paydo bo'lganligi to'g'risida , aniq fikrga
kelinmagan. Ko'plab tadqiqotchilar realizm ildizlarini juda
s
qadim zamonlardan
izlaydilar. Ibtidoiy insonning qoyalarga chizgan rasmlari va antik adabiyot
namunalarida ham realistik unsurlarni kuzatadilar. Biroq realizmning badiiy tizim
sifatida shakllanishi Uyg'onish davri bilan bog'lanadi. Aynan shu davrga kelib
insonga, uning qalbiga, kechinmalariga e'tibor kuchayadi, tabiiy tuyg'ulari bo'rttirib
tasvirlanadi, kechinmalarga shoirona ruh beriladi. Shekspir, Servantes asarlarida
realizmning o'ziga xos tarzda namoyon bo'lganligini ko'rish mumkin.
Realizm taraqqiyotidagi ikkinchi bosqich ma'rifatchilik davrjga to'g'ri keladi.
XVIII asrda ingliz realistik romani vujudga keladi (D.Defo «Robinzon Kruzo»
romani bilan ushbu janrga asos soladi). Inson aqliga, uning imkoniyatlariga yuqori
baho beruvchi ma'rifatchilik realizmi hayot hodisalari va insonlar xatti-
harakatlarini aqlga muvofiq yoki muvofiq emasligidan kelib chiqib baholar edilar.
Aqlga to'g'ri kelmaydigan xatti-harakat deganda barcha qoloq urf-odatlar, eskirgan
tartibotlar tushunilar edi. Shu sababli ma'rifatchilaming ijobiy qahramonlari o'tkir
aqli bilan ajralib turadilar, salbiylari esa qoloq, johil odamlar. Ma'rifatchilik
realizmi shartlilikka yo'l qo'yadi, fantastik elementlardan foydalanadi. (Masalan,
Defo, Svift qahramonlari yoki Gyotening «Faust» asanni misol qilib keltirish
mumkin;.
XX asr boshlarida rus adibi Mixail Sholoxov, o'zbek adabiyotida Cho'lpon,
Qodiriy bu metodning o'lmas namunalarini yaratdilar.
Amerika adibi Ernest
Xeminguey
, ingliz adibi Somerset Moem kabi yozuvchilar ijodida realizm o'zining
yangi bosqichiga ko'tarildi, keyinchalik qirg'iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov, rus
yozuvchilari M.Shukshin, V.Rasputin kabilarning mazkur metod imkoniyatlarini
namoyon qiluvchi asarlari vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |