Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-rasm. Talabni o„lchashni asosiy tushunchalari



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/205
Sana11.06.2022
Hajmi3,14 Mb.
#655042
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   205
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

6.1-rasm. Talabni o„lchashni asosiy tushunchalari 
Bozor talabini prognozi kelgusi yilga yoki besh yilgacha qilinishi mumkin. 
Prognoz qilinadigan davr qancha katta bo‗lsa, prognoz qilish shuncha qiyinlashadi. 
Bozor talabiga juda ko‗p tashqi omillar ta‘sir etadi. Talabni prognoz qilishda 
demografik, geografik, iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy – madaniy va boshqa 
omillarni ta‘siri hisobga olinishi kerak. SHuningdek, bozor talabiga korxona 
tomonidan, uning marketing dasturi doirasida amalga oshiriladigan turli chora – 
tadbirlar ham ta‘sir o‗tkazadi. 
Bozor sig‗imi – bu ma‘lum bir vaqtda mavjud hajmdagi va tarkibdagi tovar 
taklifi shuningdek, u bilan bog‗liq bo‗lgan narx darajasi orqali yuzaga kelgan talab 
miqdoridir. U natural va qiymat ko‗rsatkichlarida ifodalanadi. 


125 
Bozor sig‗imi yuzaga kelgan narx darajasida ma‘lum davr mobaynida 
bozorda sotilishi mumkin bo‗lgan tovar va xizmatlarning umumiy hajmini 
ifodalaydi hamda u quyidagicha aniqlanadi: 
B

= T + I – E 
Bunda, 
B

- bozor sig‗imi; 
T – bozorga taklif qilingan tovarlar yoki xizmatlarning umumiy hajmi; 
I – import hajmi; 
E – eksport hajmi. 
Ichki bozor sig‗imini hisoblashda boshqa bir qancha omillar ham hisobga 
olinadi, ya‘ni to‗lov qobiliyatiga ega bo‗lgan talab, yil boshidagi tovar zahiralari 
qoldig‗i, tovarlar bozorining to‗yinganligi, o‗rtacha kishi boshiga to‗g‗ri keladigan 
iste‘mol hajmi, korxonalar ehtiyojlari. 
6.2.
 
Bozor kon‟yunkturasi haqida tushuncha 
Kon‘yunkturani o‗rganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi. 
Bizning mamlakatimizda kon‘yunkturani o‗rganish 20 yillarda tashkil etildi. 
«Kon‘yunktura» lotincha so‗z bo‗lib, holat degan ma‘noni anglatadi, u keng 
ma‘noda ularning o‗zaro aloqasidan olingan shartlarning yig‗indisi, o‗tar sharoit, 
predmetlarining joylashishidir. 
Bozor kon‘yunkturasi – bu ma‘lum bir vaqtda, ma‘lum bir hududda talab 
bilan taklif o‗rtasidagi nisbatdir. 
Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, 
tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tahlil va bashoratni taxmin qiladi. 
Hozirgi kunda deyarli hamma yirik firmalar xususiy kon‘yunktura xizmatlariga 
egadirlar, ular o‗zining faoliyat doirasida jahon va milliy masshtabda 
kon‘yunkturani rivojlanishini kuzatishadi. Iqtisodiy kon‘yunktura bu omillar va 


126 
qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va o‗zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx 
omillari asosida bozordagi bir ko‗rinishdir. Bu ko‗rsatilgan aniqlik o‗z ichida 
kon‘yunktura tushunchasining barcha amaliy sifatlarini o‗zida mujassamlashtiradi.
Birinchidan, unda iqtisodiy kon‘yunktura predmeti ko‗rsatilgan, ya‘ni bozor, 
ayirboshlash sohasidagi kon‘yunkturani avval olib borilayotgan ishlar bilan 
bog‗laydi.
Ikkinchidan, kon‘yunkturani faqat ayirboshlash sohasidagini emas, balki 
butun ishlab chiqarish jarayonini, ya‘ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala, 
iste‘mol, bular ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o‗z ichiga qamrab oladi.
Uchinchidan, kon‘yunktura dinamik o‗sish davrlarida ko‗riladi.
To‗rtinchidan, kon‘yunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari 
bilan bog‗liq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillarning va 
kon‘yunkturani rivojlanishining sharoitlarining mosligi o‗ziga xosdir.
Beshinchidan, uning ko‗rinishining asosiy shakli talab, taklif, va narx 
dinamikasining nisbatidir. Bir so‗z bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning 
holatini va dinamikasini aniqlashda markaziy bo‗g‗in bo‗lib hisoblanadi. 
Kon‘yunktura tadqiqotining ikkita ob‘ektiga ko‗ra - ya‘ni iqtisodiy kon‘yunktura 
tushunchasidagi xo‗jalik va tovar bozori, ikki mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi.
1) umumxo‗jalik kon‘yunkturasi
2) tovar bozori kon‘yunkturasi.
Umumxo‗jalik kon‘yunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan 
tovar bozorlarining va ko‗plab o‗zaro munosabatlar kon‘yunkturasini yig‗indisi 
deb qarash mumkin. Tovar kon‘yunkturasi umumxo‗jalik kon‘yunkturasini tashkil 
etadi, umumxo‗jalik kon‘yunkturasi esa tovar bozorlari kon‘yunkturasini keltirib 
chiqarida. SHuning uchun ham umumxo‗jalik kon‘yunkturani uni tashkil etuvchi 
tovar kon‘yunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab 
bo‗lmaydi. Tovar bozorlari kon‘yunkturasini umumxo‗jalik kon‘yunkturasini 
elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi tovar kon‘yunkturasini tashkil 
etuvchilarga mavjud bo‗lmagan yangi sifatni beradi. SHunday qilib, uning butun 
qismi va bo‗g‗inlarining belgilari o‗zaro ta‘sirchanligi va o‗zaro aloqadorligi 


127 
shakllarining fe‘l - atvorini, umumxo‗jalik va tovar kon‘yunkturasini rivojlanishni 
aniqlaydi. 
Bozorni va avvalo butun bozorni kon‘yunkturasini kompleks izlanishlar 
ishbilarmonlar doirasining fikriga ko‗ra, ishbilarmonlarga ularning xo‗jalik 
qarorlarini qabul qilishda xatoga yo‗l kuymasligi uchun tavakkalchilikni 
pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy kon‘yunkturani izlash, faqatgina 
ayirboshlash sohasini rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining 
boshqa bosqichlari bilan o‗zaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini o‗rganish 
bilan chegaralanib qolmaydi. U, u yoki bu tovar bozorda vujudga keladigan 
asoslangan tahlil va bashorat qilishni amalga oshirishga qaratilgan. 
Tovar bozori o‗zida, birinchidan, ma‘lum bir tovarni ishlab chiqaruvchilar va 
iste‘molchilar o‗rtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar guruhi va iste‘molchilar 
guruhi o‗rtasida iqtisodiyotchilar aloqalarining tizimini o‗zida aks ettiradi. 
Aloqalarning asosiy ko‗rinishi 1-turi bu oldi-sotdi jarayoni, 2-si esa raqobatdir. 
Tovar bozorlari tarmoqlararo raqobatning mexanizmi orqali o‗zaro ta‘sirga egadir 
va u milliy bozorni butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlarning tarixiy 
rivojlanishi davomida milliy chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar 
bozorlari shakllanadi. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish