e-qaror.gov.uz
17.05.2022
1
2021 йил «14» июнь
12-9-125-Q/21
Мирзаобод туман ҳокимлиги
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 apreldagi “Boksni
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5099-sonli hamda
Sirdaryo viloyati hokimining 2021 yil 5 maydagi 137–sonli qarorlari ijrosi
haqida
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 apreldagi PQ-5099-sonli
hamda Sirdaryo viloyati hokimining 2021 yil 5 may 137–sonli qarorlari ijrosini
taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston
Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalariga asoslanib, qaror qilaman:
1. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 apreldagi “Boksni
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5099-sonli hamda Sirdaryo
viloyati hokimining 2021 yil 5 maydagi 137–sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun
qabul qilinsin.
2. Ijrosini taʼminlashda Prezident Farmoni bilan:
Quyidagilar boksni rivojlantirishning asosiy yoʼnalishlari etib belgilansin:
boksni aholi oʼrtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish,
iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (selekiya) hamda ularni
professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʼlga qoʼyilishi;
boks infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda xalqaro talablarga
moslashtirish, boks maktablarini, shu jumladan davlat-hususiy sherikchilik
shartlari asosida koʼpaytirilishi;
e-qaror.gov.uz
17.05.2022
2
boks boʼyicha pofessional trenerlar va hakamlarni tayyorlash tizimini
rivojlantirish, oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar ishlab chiqish, ilmiy-metadologik bazani
yanada kuchaytirilishi;
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy
tayyorgarlik mashgʼulotlariga boksni bosqichma-bosqich kiritilishi;
oʼzbek boksining dunyoda yetakchiligini saqlab qolish va davom ettirish
yuzasidan zarur choralarni koʼrilishi;
ayollar boksini rivojlantirish yuzasidan uzoq yillarga moʼljallangan istiqbolli
rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirilishi;
sport taʼlim muassasalarida boks boʼyicha davlat buyurtmasi parametrlarini
oshirilishi;
Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish
vazirligi, Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasi, Oʼzbekiston boks federatsiyasi
hamda Аndijon, Buxoro Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hokimlarining
dastlab Аndijon viloyati (Аndijon, Namangan va Fargʼona viloyatlari) Buxoro
viloyati (Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari)
Qashqadaryo viloyati (Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo
viloyatlari) hamda Toshkent viloyatlari (Sirdaryo va Toshkent viloyatlari,
Toshkent shahri) Turizm va sport vazirligi huzurida boks boʼyicha oliy sport
mahorati maktablarini (keyingi oʼrinlarda-boks maktablari) davlat muassasasi
sifatida tashkil etish toʼgʼrisidagi taklifiga rozilik berilganligi;
Boks maktablarida:
iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish va ularni asosan milliy terma
jamoalarga tayyorlashga yoʼnaltirilishi;
oʼqishni 7-sinfdan tashkil etish va taʼlim olish muddati 5 yil etib
belgilanganligi;
oʼquvchilarga bepul taʼlim olish, olimpiya zaxiralari kollejlarining
oʼquvchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat meʼyorlariga muvofiq oziq-ovqat bilan
taʼminlanish hamda oʼquvchilar turar joyida bepul yashash huquqi berilishi;
rahbarlar, trenerlar, sportchilar va boshqa hodimlarga ixtisoslashtirilgan
olimpiya zahiralari maktab-internatlari uchun belgilangan mehnatga haq toʼlash va
moddiy ragʼbatlantirish shartlari tadbiq etilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |