3)
Bir taktli to’g’ri kiruvchi o’zgartirgich.
4)
Bir taktli qayta kiruvchi o’zgartirgich
Tayanch iboralar: invertor, konvertor, tranzistorli invertor, bir taktli va ikki
taktli invertorlar, tiristorli invertorlar, umumiy emitterli va umumiy kollektorli
invertorlar.
O'zgartirgichlar turlari
Ko'chma telekommunikatsiya apparaturalarini elektr energiyasi bilan
ta'minlashda birlamchi elektr energiyasi sifatida kichik kuchlanishli o'zgarmas tok
manbalari (galvanik elementlar, akkumulyatorlar, termogeneratorlar, quyosh va atom
batereyalari) ishlatiladi. Turli xildagi telekommunikatsiya apparaturalarining elektr
ta'minoti uchun esa turli nominaldagi o'zgarmas va o'zgaruvchan kuchlanishlar zarur
bo'ladi. Shuning uchun bir nominaldagi o'zgaruvchan yoki o'zgarmas kuchlanishni
ikkinchi nominaldagi o'zgaruvchan yoki o'zgarmas kuchlanishga o'zgartirish talab
qilinadi. Bu vazifani o'zgartirgichlar bajaradi. O'zgartirgichlar elektr ta'minot manbai
kuchlanishini apparaturalar alohida qismlarini elektr ta'minoti uchun talab qilingan
turdagi va nominaldagi kuchlanishlarga o'zgartirib berish uchun xizmat qiladi.
O'zgartirgichlar ikki turga bo'linadi. O'zgarmas tok energiyasini o'zgaruvchan
tok energiyasiga o'zgartirib beruvchi o'zgartirgichlar invertorlar deyiladi va o'zgartirish
jarayoni invertorlashdan iborat bo'ladi.
Agar o'zgartirgich chiqishida o'zgarmas kuchlanish olinishi talab qilinsa, u
holda invertordan keyin to'g'rilagich va filьtr qo'yiladi. Bunday bir kuchlanishli
o'zgarmas tok energiyasini boshqa kuchlanishli o'zgarmas tok energiyasiga
o'zgartiruvchi o'zgartirgich konvertor deyiladi va o'zgartirish jarayoni
konvertorlashdan iborat bo'ladi.
Invertor har qanday o'zgartirgichning asosiy qismi hisoblanadi. Invertorlar quyidagi
belgilariga qarab sinflarga bo'linadi:
- o'zgartiriluvchi kattalik turiga qarab: tok invertorlari va kuchlanish invertorlari;
- ish taktiga qarab: bir taktli va ikki taktli invertorlar;
- kalit elementlari turiga qarab: tranzistorli va tiristorli invertorlar;
- qo'zg'atish usuliga qarab: mustaqil va o'z-o'zidan qo'zg'atishli invertorlar;
Tranzistorli invertorlar quyidagi turkumlarga bo'linadi:
- tranzistorlarning ulanish sxemalariga qarab: umumiy emitterli va umumiy kollektorli
invertorlar;
- teskari aloqa turiga qarab: kuchlanish bo'yicha teskari aloqali, tok bo'yicha teskari
aloqali, tok va kuchlanish bo'yicha teskari aloqali invertorlar;
Tiristorli invertorlar quyidagicha turlanadi:
- tiristorlar kommutatsiyasiga qarab: tarmoq orqali va avtonom;
- yuklamaga nisbatan kommutatsiyalovchi sig'imning ulanishiga qarab: ketma-ket,
ketma-ket parallel va parallel. Yarim o'tkazgichli o'zgartirgichlarning afzalliklari
ishonchlilik, yuqori FIK, kichik hajm va ishlatish muddatining uzoqligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |