Sintaksis
Sintaksis (
qadimgi
yunoncha
:
σύν-ταξις - syntaxis — tuzilma, tartib, birikma):
1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari majmui;
2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qoʻshma
gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro
taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi. "Sintaksis" termini soʻz birikmalari va
gaplarni hamda ularning tilda qoʻllanishini qamrab oluvchi grammatik qurilish maʼnosini
ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning grammatik qurilishida Sintaksis juda katta
ahamiyatga ega, chunki uning tarkibiga bevosita kishilarning
muomala muloqot jarayonini
amalga oshirishga yordam beruvchi sodda gap va qoʻshma gap kabi til birliklari kiradi. Sodda
gap muayyan voqeahodisani, qoʻshma ran voqeahodisalar orasidagi aloqamunosabatni, ran
boʻlagi esa voqeahodisa unsurlaring vazifalarini ifodalaydi.
Sintaksis morfologiya bilan chambarchas bogʻliqdir. Sintaksisda, xuddi morfologiyada
boʻlgani singari, soʻz asosiy birlik hisoblanadi, lekin u
shakl yasalishi jihatidan emas, balki soʻz
shakllarining soʻz birikmasi va gaplarni tuzishdagi ishtiroki jihatidan oʻrganiladi. Soʻz
birikmalari va gaplar tilning asosiy sintaktik birliklari va ularning har biri oʻz ichki
xususiyatlariga egadir.
Gap, gap boʻlagi, soʻz birikmasi Sintaksisning asosiy birliklaridir. Bularga keyingi paytlarda
abzats, period, matn kabi birliklar ham kiritilmoqda. Soʻz birikmasi tobe aloqa (bogʻlanish)
vositalari — moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv yordamida ikki yoki undan ortiq mustaqil
soʻzdan qosil boʻladi va faqat ran tarkibidagina amal qiladi. Gap Sintaksisning markaziy
birligidir. U struktursemantik qolip va nutq birligi boʻlmish fikr sifatida oʻrganiladi. Gap fikrni —
tashqi olam bilan aloqa tufayli yuzaga keladigan histuygʻularni ifodalash vositasidir. Gap bir
mustaqil soʻzdan ("qorongʻilashmoqda", "jimjitlik"), aksariyat hollarda esa bir necha soʻzdan
hosil boʻladi. Asosan,
sintetik tillar, shuningdek, analitik tillarning xususiyatlariga ega boʻlgan
oʻzbek tilida gapdagi soʻzlarning bogʻlanish vositalari sifatida yordamchi soʻzlar —
koʻmakchilar va bogʻlovchilarni, suz tartibini, ohangni va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Sof
analitik tillarda gapdagi suzlarning bogʻlanish vositalari, asosan, yordamchi soʻzlar boʻlsa,
agglyutinativ va amorf tillarda mazkur vazifani soʻz tartibi bajaradi.
Hozirgi Sintaksisda mavhum grammatik struktura sifatida gap tushunchasi hamda mazkur
strukturaning nutqda aniq voqealanishi vositalari sifatida ifoda tushunchasi farqlanadi;
shunga muvofik, ravishda gap nazariyasi va ifoda nazariyasi ham chegaralanadi.
Gap Si
doirasiga uni shakllantirishning usul va vositalari, ifoda Si doirasiga esa gapning aktual
boʻlinishi vositalari hamda uning maʼno strukturasi muammolari kiritiladi.
Sintaksisda, shuningdek, gap boʻlaklari ham oʻrganiladi. Ular bosh (ega, kesim) va ikkinchi
darajali boʻlaklar (toʻldiruvchi, aniqlovchi, hol)dan iborat. Keyingi
paytlarda kesim gapning
asosi ekanligi, undalma, kirish soʻz va kiritmalarga gapning uchinchi darajali boʻlaklari
maqomini berish masalalari ham koʻtarilmoqda.
"Sintaksis" termini, garchi ayni hozirgi maʼnoda boʻlmasada, dastlab mil. av. 3-asrda
Yunonistonda stoiklar tomonidan qoʻllangan. Sintaksisning ilk prinsiplarini yunon grammatisti
Apolloniy Diskol morfologik negizda, xususan, soʻz turkumlari Si tarzida asoslagan. Sintaksis
tarixi yevropa va rus tilshunosliklarida boʻlganidek turkiy tillarda (oʻzbek tilida) ham oʻziga xos
rivojlanish bosqichlarini oʻtgan. Qomusiy alloma Mahmud Koshgʻariyning 11-asrda "Javoxir
unnahvi fi lugotitturk" ("Turkiy tillar sintaksisi kridalari") asarini yaratganligi buning yaqqol
isbotidir. 20-asrda oʻzbek
tili sintaksisiga, qisman, sintaktik qurilishiga rus tilshunosligidagi
nazariy tadqiqotlar maʼlum darajada taʼsir oʻtkazgan. Oʻtgan asrda oʻzbek tili sintaksisi
sohasida Fitrat, Ayub Gʻulomov, F. Abdullayev; Gʻ. Abdurahmonov, M. Asqarova, A.
Nurmonov,
N. Mahmudov va boshqa jiddiy tadqiqotlar olib bordilar.
Ad:. Oʻzbek tili grammatikasi, 2j., T., 1975; Mahmudov N., Nurmonov A., Oʻzbek tilining nazariy
fammatikasi. Sintaksis, T., 1995.
Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.