Tadqiqotning tuzilishi va hajmi:
kirish, 2 bob, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat bo’lib, hajmi betni tashkil qiladi.
9
I.BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA MILLIY
QADRIYATLAR
VOSITASIDA
XULQ
MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
1.1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda milliy qadriyatlar vositasida xulq
madaniyatini shakllantirish – muhim pedagogik muammo
Prezident I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV
sessiyasidagi “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” mavzuidagi ma’ruzasida “Biz
mamlakatimiz istiqboli yosh yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy
fazilatlar egasi bo’lib, voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog’lik faol
munosabatda bo’lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog’liq ekanini
hamisha yodda tutishimiz kerak”, - deb alohida ta’kidlaydi [12.23-b]. Mazkur ko’rsatma
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xulq madaniyatini shakllantirishga aynan
bog’liq.Madaniyat – jamiyat va insoniyat taraqqiyotining muayyan darajasi bo’lib,
kishilar hayoti va faoliyatining turli ko’rinishlarida, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy
qadriyatlarda o’z ifodasini topadi. Madaniyat – moddiy va ma’naviy darajasi
ko’rsatgichlari. Shu bilan birga inson faoliyati yoki turmushining o’ziga xos sohalarini
ham belgilaydi. Buni mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati,
ma’naviy madaniyat va boshqa madaniyatlarda ko’rish mumkin. Lekin madaniyat tor
ma’noda kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ham qo’llaniladi.
Ma’naviy madaniyatga ong, bilim, axloq, ta’lim-tarbiya, huquq, falsafa, xulq-odob, fan,
san’at, adabiyot kabilar kiradi. Juda ko’p olimlar, shu bilan birga lug’atlar va
ma’lumotnomalarda madaniyat, xulq-odob ta’rifida ularning har biri mazmuni va
mohiyatini ajratib yuboradilar. Ular birgalikda talqin etiladi. Lekin tushunchalarning asl
mohiyati tahlil etilsa, ularning har biri o’z mazmuniga ega. Masalan, “axloqiy madaniyat
– insonni ma’naviy va madaniy jihatdan kamolotga yetkazuvchi jarayon” deb ta’rif
beradi, tadqiqotchi U.Mahkamov .Vaholanki, axloqiy madaniyat madaniy va ma’naviy
madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, u kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari
majmui sanaladi. Xulq-odob esa kishilarning tabiati, fe’l-atvori majmui bo’lib, xulq-odob
madaniyati – shaxsning jamiyat talablariga ko’ra turmushda, kishilar bilan muomala –
munosabatida, faoliyatning turli ko’rinishlarida ifodalangan odob me’yorlariga rioya
etish bo’lib hisoblanadi.
10
Xulq madaniyati shundan iboratki, jamiyatda inson alohida kishilarga va o’z-
o’ziga munosabatini ma’lum g’oyaviy, ma’naviy e’tiqodlarda namoyon bo’lgan xatti-
harakatlarda va faoliyatida ifodalaydi.
Kishilarda kuzatiladigan xatti-harakatlar, faoliyatlar majmuining jamiyat hamda
xulq-atvor qonun-qoidalari talablariga javob bera oladigan darajasi uning madaniyatliligi
belgisi sanaladi.
Madaniyat odatda shartli ravishda ichki va tashqi madaniyatga bo’linadi. Ichki
madaniyat – insonning botiniy dunyosi, ichki ma’naviy qiyofasi. Inson aqlan va ahloqan
rivojlanagan, dunyoqarashi keng, o’z xatti-harakatlarini ongli boshqara oladigan, erkin,
o’z qadr-qimmatini saqlay biladigan darajada tarbiyalangan bo’ladi. (
Do'stlaringiz bilan baham: |