“Zig-zag strategiyasi” metodi
– sinf o‘quvchilari 7 guruhga bo‘linadilar va guruhlar
nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan
qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O‘quvchilar matnlarni
diqqat bilan o‘rganadilar va gapirib beradilar. vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan
liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh
a’zolari tomonidan to‘ldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning o‘quvchilari o‘zlariga topshirilgan
matn mazmuni xususida so‘zlab berganlaridan so‘ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi
faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. Shu tarzda barcha matnlar
mazmuni guruhlar tomonidan o‘rganib chiqilgach o‘quvchilar o‘tilgan mavzu bo‘yicha asosiy
tushunchalarni ajratadilar, ularning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan
g‘oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. So‘ngra o‘zlashtirilgan bilim asosida
o‘quvchilarning o‘zlariga shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.
“Arra”metodi
– pedagogik amaliyotda mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 ta o‘quvchidan
tashkil topadi. Dars davomida o‘rganiladigan mavzu mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi.
Har bir qism yuzasidan o‘quvchilar bajarilshi lozim bo‘lgan o‘quv topshiriqlari tuziladi. Har bir
o‘quvchi guruhi mazkur topshiriqlarning bittasini bajaradi va shu qism bo‘yicha mutaxassisga
aylanadi. Bu guruhlarda har bir qism mutaxassis bo‘lishi shart, mazkur mutaxassislar o‘zlari
egallagan bilimlarini xuddi arra tishlari ketma-ket kelganidek navbat bilan o‘rtoqlariga bayon
qilishadi. Mazkur guruhlarda o‘quv materiali mantiqiy ketma –ketlikda qayta ishlab chiqiladi.
“Aqliy hujum” –
mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda
keng qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va
har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish
borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi.
Bu usullar asosan bosqichlarga ajratilgan dars jarayonida qo‘llanadi va har birida o‘qituvchi
o‘quvchilarga tegishli topshiriqlar beradi. Bu metodlar va usullar o‘quvchida kommunikativ
qobiliyatning o‘sishiga, o‘quvchilar orasida hissiy aloqa o‘rnatilishiga, muammoli vaziyatlar
yechimiga, guruhlarda ishlashni, o‘zgalarning fikrini tinglay olishni va o‘z fikrini mustaqil bayon
etishni o‘rgatibgina qolmasdan, unda o‘ziga ishonch, bilimiga tayana olish, qiziqishlarining
kuchayishiga, keng fikrlashga olib keladi. Mazkur metodlar yordamida o‘quvchilarni ma’naviy
barkamol, aqliy salohiyati yuqori, mustaqil va erkin fikrlovchi, ijodkor bo‘lib shakllanib, voyaga
yetadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.
1. Yo‘ldosheva J.R, usmomova S.A. zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy
qilish. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2008-yil.
2. S.qurbonov Didaktik o‘yinlar. urganch, 2011-yil
90
Do'stlaringiz bilan baham: |