SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Mamatkulova Nigora Sherbekovna
Sirdaryo VXTHQTMOHM “Maktabgacha, boshlang‘ich va
maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
ushbu maqolada matematika darslarida pedogogik texnologiyalardan foydalanish
orqali kognitiv kompetensiyalarni shakllantirish yo‘llari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar.
texnologiya, axborot, metod, algebra.
Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchidan ular shaxsiga katta
ma’suliyat bilan yondoshish talab etiladi.Yangilikka boy, izlanuvchan,ijodiy va mustaqil kasbiy
faoliyat ko‘rsatish,o‘z navbatida o‘qituvchidan onglilik va faollikni talab etadi. Shuning uchun
ham zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini amalga joriy etish bugungi kunda dolzarb
muammolardan biri hisoblanadi.
Biz boshlang‘ich sinflarda algebra elementlarini o‘rgatishda foydalanish mumkin bo‘lgan
yangi pedagogik texnologiyalardan namunalar keltiramiz.
«Davra suhbati» metodi:
Davra suhbati - o‘quvchilar o‘rtasida va kichik guruhlarda aylana stol atrofida o‘z fikr-
mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.
«Davra suhbati» metodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kеrak. Bu har
bir o‘quvchining bir-biri bilan «ko‘z aloqasi»ni o‘rnatib turishiga yordam bеradi. Davra suhbati
og‘zaki va yozma shakllari mavjud. So‘zlayotgan o‘quvchini barcha qiziqish bilan tinglaydi, agar
muhokama qilish lozim bo‘lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo‘lingandan so‘ng muhokama
qilinadi. Bu esa o‘quvchilarning mustaqil fikrlashishiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga
yordam bеradi.
Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir o‘quvchiga
konvеrt qog‘ozi bеriladi.Har bir o‘quvchi konvеrt ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini
bеradi va yonidagi o‘quvchiga uzatadi.
Konvеrtni olgan o‘quvchi o‘z javobini qog‘ozga yozib, konvеrt ichiga solib qo‘yadi va yonidagi
o‘quvchiga uzatadi. Barcha konvеrtlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha
konvеrtlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi.
Davra suhbati metodining afzalliklari:
O‘tilgan matеrialni yaxshi esda qolishiga yordam bеradi; «barcha o‘quvchilar o‘zaro muloqotda
bo‘ladilar;
Har bir o‘quvchi o‘zining ishtirok etish mas’uliyatini his etadi;
O‘z fikrini erkin ifoda etish imkoniyati mavjud.
Davra suhbati metodining kamchiliklari:
Ko‘p vaqt talab etiladi;
O‘qituvchi o‘zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi;
O‘quvchilar bilim darajasiga mos va qiziqarli mavzu tanlash talab etiladi.
«Т – sхеmаsi»
T-sxеma qonun-qoidalari bilan tanishib chiqadi. Yakka tarkibda yoki juft-
juft bo‘lib T-sxеmani to‘ldiradi O‘z g‘oyalarini yozma ravishda o‘ng va chap taraflarida yozib
chiqadilar. G‘oyalar qarama-qarshi bo‘lishi mumkin.Sxеmadagi g‘oyalar taqqoslanishi va yakka
tartibda, juft-juft holda yoki kichik guruhlarda to‘ldirilishi mumkin - bu tеxnologiya murakkab,ko‘p
tarmoqli, mumkin qadar muammo xaraktеridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan;bunda ularning
har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi.Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va
kamchiliklari, bir g‘oyaning ikki tomoni, foyda va zararlari;- tanqidiy, tahliliy, aniq,mantiqiy
fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma vao g‘zaki shaklda
ixcham bayon etish, himoya qilishga imkon yaratadi;- ma’ruza yakunida qo‘llaniladi;
63
Do'stlaringiz bilan baham: |