“Бухгалтерия ҳисоби” кафедраси


I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/197
Sana10.06.2022
Hajmi5,53 Mb.
#653120
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   197
Bog'liq
9.ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-11.09.2019

I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni 
 
Bugungi kunda iqtisodiyotimizga bozor elementlari va xalqaro tajribalarning 
tadbiq etilib borishi barcha xo‘jalik mexanizmini hamda oliy ta’lim tizimini 
takomillashtirishni va uni axborot ta’minotining asosi bo‘lgan moliyaviy hisob va tahlil 
sohasida tub islohotlarni o‘tkazish zaruriyati yuzaga keldi. 


377 
 
Ma’lumki, yaqin yillargacha hisob tizimi faqatgina xo‘jalik muomalalarini qayd 
qilish va hisob hujjatlarini saqlash vositasi bo‘libgina xizmat qilardi.
Bozor munosabatlariga o‘tish esa buxgalteriya hisobining haqiqiy vazifalarining 
naqadar serqirra ekanligini yanada kengroq ochib berdi. Birinchidan, buxgalteriya 
hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini boshqarishning ajralmas bo‘lagiga 
aylandi. Ikkinchidan, turli xil foydalanuvchilarni buxgalteriya axborotlari bilan 
ta’minlash markaziy masalalardan biriga aylandi. Va, nihoyat, zamonaviy buxgalter 
faqatgina hisob ishlarini yuritibgina qolmay, balki buxgalteriya ma’lumotlarini tahlil
qilish, korxona iqtisodiy holatini tavsiflovchi turli xil koeffitsiyentlarni hisoblash, 
xo‘jalik jarayonlariga baho berish, korxona istiqbolini belgilay olishi kerak. Bundan 
tashqari malakali zamonaviy buxgalter auditorlik faoliyati bilan shug‘ullana olishi 
kerak. 
Shunga ko‘ra, iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan buxgalter kadrlarga alohida 
talablar qo‘yildi. Moliyaviy hisob fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, iqtisodiyot 
bo‘g‘inining ajralmas qismi hisoblangan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kadrlar 
etkazib berishda muhim rol o‘ynaydi.
 
 
II. O‘quv fanining maqsad va vazifalari 
 
Fanning maqsadi – magistr talabalarda xo‘jalik subyektlari faoliyatini 
boshqarishda mol-mulk, uning harakati hisobi bo‘yicha nazariy va amaliy asoslangan 
takliflar ishlab chiqish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga moliyaviy hisobning xalqaro va buxgalteriya 
hisobining milliy standarlarining keyingi rivojlanish bosqichlari elementlari asosida 
uning amaliy qismini davlatimiz qonunlari, hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlari 
asosida o‘rgatishdan iborat. 
Moliyaviy hisob fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar 
doirasida talaba: 
-
moliyaviy hisob va uning kontseptual asoslari haqidagi tushuncha, 
-
asosiy vositalar ijarasi hisobi, nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalar 
hisobi; 
-
investitsiyalar hisobi, tovar-moddiy zahiralarini baholash va ularning sof sotish 
qiymati;
-
chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar hisobi, qarzlar bo‘yicha xarajatlar 
hisobi;
-
aktsiyadorlik kapitali hamda aktsiya uchun daromad hisobi, maqsadli tushumlar 
hisobi, balans reformatsiyasi bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi; 
- uzluksiz ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazilishiga 
ko‘maklashishni (o‘quv personaliga);
- tadqiqotlarda ishtirok etish, magistrlik dissertatsiyasi uchun zarur ma’lumotlarni 
to‘plashni;
- umumlashtirish va tahlil etish, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy 
ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishni;
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini egallash hamda uni tadbiq 
etishni bilishi va ulardan foydalana olishi; 


378 
 
- talaba korxona va tashkilotlar faoliyatida o‘z bilimi va ko‘nikmasini egallagan 
lavozimida professional darajada qo‘llash;
- moliyaviy hisob tizimi rivojlanishi tendentsiyalarini aniqlash maqsadida ilmiy-
amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish;
- yuridik shaxslarda nazorat-iqtisodiy ishlarini tashkil etish bo‘yicha 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 
- moliyaviy hisob sohasidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish 
usullarini bilish; 
- iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish; 
- moliyaviy hisob tizimi faoliyatini xalqaro amaliyot mezonlari, me’yorlari va 
talablari asosida tahlil qilish; 
- moliyaviy hisob faoliyatiga doir moliyaviy va statistik hisobotlarini tuzish 
hamda ularni tahlil qilish; 
- moliyaviy hisobga oid xizmatlarni ko‘rsatishda axborot-kommunikatsiya va 
internet texnologiyalari vositalaridan foydalana olish bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi 
lozim. 
 
III. Fanni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari hamda o‘quv mashg‘ulotlarini 
loyihalash 
Fanni o‘qitishda interfaol, kommunikativ, perseptiv yondashuvlardan maksimal 
darajada foydalanish, o‘quv adabiyotlaridan tashqari autentik materiallar: audio, video, 
jurnallar, internet manbalaridan o‘zlashtirilgan bilimlar majmuasini amaliyotda 
kuzatilayotgan dalil va hodisalarga bog‘lay olish, olingan natijalarni baholash, tahlil 
qilish orqali kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka va kompetensiyalarni 
innovatsion tafakkur layoqati negizida shakllantirishga alohida e’tibor qaratish talab 
etiladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash jarayonida: 
- mezonni tanlash; 
- o‘quv maqsadlarini toifalash; 
- o‘quv materiallarini modullashtirish; 
- ularni o‘rganish, tahlil qilish va qayta ishlash;
 
- o‘rganish natijalarini aniqlash kabi omillarga qaratish orqali ta’lim oluvchida 
nazariy bilimlar puxta egallanishi hamda ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini 
shakllantirish, mustaqil ta’limni samarali tashkil etish talab etiladi.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish