Mavzu: Kasbiy mahoratni rivojlantirish yo‘llari, usul va vositalari
Reja:
1. Kreativlik va pedagogik kreativlikning mohiyati
2. Kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar
Kreativlik va pedagogik kreativlikning mohiyati
Bugungi kunga kelib
kreativlik nafaqat psixologlarning, balki pedagoglarning diqqat e’tiborini tortmoqda.
Bu tushuncha ilmiy adabiyotlarda keng qo‘llanilmayotgan bo‘lsa ham bu tushunchani
ma’lum darajada pedagogik iste’molga kiritishga doir harakatlar ko‘zga tashlanmoqda.
Pedagogikaga oid manbalarda kreativlik ijod bilan bog‘liq holda o‘rganiladi va
tushuniladi. Ijodkorlikning psixologik jihatlari haqida fikrlar bildirilib, bilim asosan
fikr yuritish va tasavvur qilish bilan bog‘liq holda tahlil etiladi. Ijodning psixologik
asoslari sifatida quyidagi elementlar qabul qilangan. Bular:
1. Qabul qilish.
2. Xohish va istak.
3. Tasavvur qilish.
4. O‘z-o‘zini kuzatish.
Shu bilan bir qatorda bilimning asosini tashkil qilishda asosiy o‘rinni
egallaydigan fikr yuritish bilan tasavvur qilish quyidagi elementlar
bilan belgilanishi
e’tirof etilgan. Bular:
1. Aqliy mehnat.
2. Intuitsiya.
3. Dunyoqarash
Pedagogika fanida kreativlik masalasiga bevosita murojaat etgan pedagog olim
pedagogika fanlari doktori, professor R.A.Mavlonova o‘zining ilmiy ishlarida
kreativlik haqida baholi qudrat fikrlar bildirgan. Uning “Boshlang‘ich ta’limda
innovatsiya”, “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, integratsiyasi, innovatsiyasi”
nomli
o‘quv qo‘llanma va darsliklarida kreativlikka alohida to‘xtalib o‘tgan.
Buyuk olim V.A.Slastyonin pedagogning innovatsion faoliyatiga bo‘lgan
qobiliyatlarining asosiy xislatlarini quyidagicha belgilagan:
shaxsning ijodiy motivatsiyani qo‘llaganligi. Bu qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish,
ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o‘z kamolotiga intilish;
kreativlik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o‘z kamolotiga
intilish;
kasbiy
faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va pedagogik
tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati;
mualliflik kontseptsiyasi va ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyatlari;
ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o‘zaro yordam berish qobiliyati;
o‘qituvchining individual qobiliyati, bu - ijodiy faoliyat sur’ati va ish qobiliyati;
qat’iyatlik, mas’uliyatlik va xalollik, o‘zini tuta bilish.
Pedagog olima R.A.Mavlanova an’anaviy psixologiya va pedagogikada
kreativlikka shaxs kategoriyasi sifatida qaralishini, uni talqin qilish, aniqlash borasida
bahslar yuritilganligi haqida quyidagicha fikr bildirganlar:
- kreativlik tafakkur sifatida (J.Gilford, Y.K.Tixomirov) yoki intellektual faollik
sifatida (D.B.Bogolevskaya, L.B.Yermolayeva-Tomina),
- yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar).
Biroq oliy ta’lim pedagogikasi (kreativ androgogika)da uning sifat ko‘rsatkichini va
namoyon bo‘lish darajasini aniqlashning o‘zi yetarli emas.
Kreativlik biryoqlama
salbiy jihat sifatida qaralsa-da, uning muammolar tizimi umumlashtiriladi va bir
butunlikni tashkil etadi, bu ayniqsa o‘zida ta’lim jarayonida ijodiy ta’lim va tarbiyani
mujassamlashtirgan shaxsning ijodiy imkoniyatlari va kreativlikni rivojlantirish
jarayonida oliy maktab pedagogikasiga taalluqlidir. Shu sababli, olima kreativlikni
rivojlanish imkoniyatlarini kreativ ta’lim va tarbiya jarayonida
shaxs kategoriyasi
sifatida o‘rganish zarurligini e’tirof etadi.
O‘tgan asrning 60-70-yillari pedagogikada kreativlik muammosini o‘rganishda
keskin burilish yillari bo‘ldi. Shu davrda ijodiy izlanuvchan pedagog-novatorlar paydo
bo‘ldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat pedagoglarni, balki psixologlarni ham
qiziqtirdi, ular ijodiy ta’limining psixologik tomonlarini, ijod faoliyatining pedagogik
psixologiyadagi mexanizmini o‘rgandilar. (V.V.Davidov, A.Zimnaya,N.V.Kuzmina,
A.M.Matyushkin, Y.A.Ponomarev, R.A.Mavlonova rahbarligidagi pedagogika fanlari
ilmiy-tekshirish instituti jamoasi.)
Kreativlikni o‘rganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy anrogogikada
qo‘llashning umumiy qonuniyatlari va o‘ziga xosligini aniqlash imkonini beradi
(V.M.Morozov). Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelib chiqib, unga shaxsning
o‘ta intellektual-evristik jihati sifatida emas,
balki shaxsni qadrlovchi,
tabaqalashtirilgan ta’lim sifatida qaraymiz.
Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma’naviyatining
ajralmas qismi bo‘lib, shaxsni o‘z-o‘zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning
asosi, shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi
g‘oyalarga intilishda va o‘rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh
qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish
jarayonida kutilmagan va
noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi.
Shu bilan bir qatorda filologiya fanlari doktori M.Ayimbetov ham
o‘qituvchilarning pedagogik mahoratiga doir o‘z fikrlarini bayon etish bilan bir
qatorda pedagogning shaxsiy va kasbiy faoliyati masalalariga to‘xtab o‘tgan. Olim
«kreativlik» yoki «ijodkor» tushunchalarini bevosita qo‘llanmagan bo‘lsalar ham
ijodkor o‘ituvchining sifat ko‘rsatkichlarini yoritib berishga doir fikrlarini bayon
etgan. Olim mahoratli zamonaviy o‘qituvchining strukturaviy komponenlarini
ko‘rsatib bergan. Shu bilan bir qatorda olim bunday pedagoglarning oltita belgisini
alohida e’tirof etgan. Bular:
1. Pedagogik jamoada katta obro‘ga ega bo‘lishi.
2. O‘zlarini juda jiddiy tutishi va pedagogik taktga ega bo‘lishi.
3. Darslarini oliy darajada tashkil etishi.
4. O‘quvchilar bilan do‘stona munosabatda bo‘lish.
5. Murakkab vaziyatlarda o‘zlarini tuta bilishi va pedagogik faoliyatini bir
maromda olib borishi.
6. Pedagogik jamoada hamda mahallada katta ta’sir ko‘chiga ega bo‘lishi
sanab
o‘tilgan sifatlarga biz o‘qituvchining kreativlik faoliyatini ham qo‘shicha qilgan bo‘lar
edik. Negaki, o‘qituvchilarning oliy darajada darslarni tashkil etishi o‘z- o‘zidan
bo‘ladigan holat emas, balki o‘qituvchining izlanishlari, o‘z sohasidagi yangiliklarni